Qadimgi Nasaf shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/160
Sana01.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#421855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
2 5384179158408500150



Saylanma. Abdulla Oripov 
Buyuk o'zbek shoiri.O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston xalq shoiri. Shoir o'z hayot
yo'lini shunday tasvirlaydi: Mening tug'ililib o'sgan, bolaligim o'tgan joylar Qarshi
(qadimgi Nasaf) shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov
etaklaridir: Bobolarimizning aytishicha, qaysi bir zamonlarda Navoiy bobomiz
Samarqanddan Buxoroga ana shu Qo'ng'irtovni oshib o'tgan emishlar. Albatta, bu gaplar
xalqning xotirasida o'qtin-o'qtin chaqnab turadigan xayol uchqunlari bo'lishi mumkin.
O'sha Qo'ng'irtovda bizning bolalik yillarimiz o'tgan. Bahor kelganda havoni o't-o'lanning
yoqimli xushbo'y hidi qoplar, sharros yomg'ir quyganda biz tog' cho'qqisi unguridagi
kichik-kichik g'orlarga bekinib olardik. O'sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil
bepoyon kengliklarni tomosha qilar edim, to'yib-to'yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu
joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go'zal bo'lar edi. Tim qora osmonda
qo'l cho'zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda
bunday go'zal manzaralarni keyin uchrata olmadim.
Biz oilada to'rt o'g'il, to'rt qiz o'sganmiz. Akalarim Buxoro, Toshkent oliy o'quv yurtlarida
til-adabiyot fakultetlarida o'qishardi. Tabiiyki, ular ko'tarib yurgan kitoblarning aksariyati
badiiy adabiyot namunalari edi. Mening allaqachon savodim chiqqan, kitoblarni
sharillatib o'qiy olardim. Men bugungi kunda g'oyatda ajablanib shularni eslayman.
Negadir bolaligimda hotiram nihoyatda kuchli edi. Bir o'qiganim esimda qolaverar edi.
Radio, televidenie yoxud boshqa tomoshalar bolmaganidan keyin ermagim kitob edi-da.
Duch kelgan narsalarni o'qib, duch kelgan narsani yodlab olardim. Bu kitoblar orasida
halq dostonlari ham, Navoiy bobomizu Pushkindan tarjimalar ham, G'afur G'ulom, Hamid
Olimjon she'riyati va yana boshqa ko'p ro'monu qissalar bo'lardi. Darvoqe, qish
kunlarida to'ylarga qo'shni tumanlardan nomdor baxshilar kelib, tong otguncha doston
aytishardi. Biz bolalar baxshini tinglay-tinglay bir-birimizga biqinishib uxlab ham qolar
edik. Yanglishmasam, o'shanda Umur shoir degan baxshining dostonlarini ko'p
eshitganman.
Endi birinchi she'rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo'lganini aniq bilmayman. Har
holda so'zlarni qofiyalashga ishqiboz bo'lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki
zavqim toshib, nimanidir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo'q. Yozmaslikning ham iloji yo'q.
Shuning uchun ona, ota, maktab, brigadir Nodir kabi gaplarni o'zimcha she'rga solib
aylantirib yurardim.
Maktabni oltin medal bilan bitirdim va 1958 yil Toshkent Davlat universiteti filologiya
fakultetining jurnalistika bo'limiga kelib qoldim. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish