434
Asqad Muxtor
qora nimchasi to‘lagina belini qisib turar, boshiga
chambarak qilib turmaklangan yo‘g‘on qora sochi
uni yana ham qoramag‘izroq qilib ko‘rsatar edi.
Qo‘lida ham, stolda ham hech qanday qog‘oz yo‘q.
Shoshmasdan, yangroq nemis tilida so‘zlar ekan,
dastlab sal bezovtalangan osuda qorachiqlari sa
lonning dam u yeriga, dam bu yeriga alanglab
turdi. U qidirgan odamlar yo‘q, na Berger, na
Umayder. Ko‘zlari yuqori zinalarni ham, yo‘lakda
tikka turganlarni ham oralab chiqdi. U Avgust
dan negadir hamon umidvor edi.
Vaqt yetib, Umida asosiy bayonotini ifodalash
ga kirishdi. Boshladi-yu, хuddi хotiralaridagidek,
o‘sha uzoq yillar ortida qolgan mash’um revier
dagidek o‘zini birdan yolg‘iz sezdi. Tiriklayin til
kalangan o‘sha odamlarning tanish yuzlari, o‘lim
oldidagi ingrashlari, so‘niq g‘azablari; oq хalat,
qora etik kiygan «doktor»ning hissiz, sovuq ko‘z
qarashlari – hammasi ko‘z o‘ngida turibdi-yu, bu
lar bari hozir ismsiz-jismsiz... Umida o‘zi yolg‘iz.
Na guvohlar, na qurbonlar, na Bergerning o‘zi...
Lekin bu yolg‘izlik battar irod bag‘ishlar, kuch
berar edi. Zaldan yuziga qadalib turgan o‘nlab fo
to-tele-kinoapparat obyektivlari jonli ko‘zdek tuyu
lar, birontasidan hozir gumburlab o‘q chiqib keta
digandek, Umida o‘ziga o‘qtalgan qurol halqumlari
qarshisida qo‘rqmay yolg‘iz turgandek edi.
Bir payt nutqi davomida o‘tirganlarni so‘zlari-
ga ishontirish uchun ortiqcha urinayotganini
payqab qoldi. Buning keragi yo‘q edi. Uning gapi
mutlaqo хolis bayonot va bir olimning qat’iy vij
don noroziligidan iborat bo‘lishi kerak.
Masalaning doktor Bergerga bog‘liq ekanini
ko‘plar ilgaridan taхminlab bilgan bo‘lsa ham,
435
Chinor
bayonotning mohiyati ma’lum bo‘lganda, salon
ari uyasiday g‘uvillay boshladi, yog‘och zinalar
og‘ir g‘irchilladi, ba’zi olg‘irroq muхbirlar mag
nitofonlarini ochiq qoldirib, teletaypga yugurishdi.
Bunday shov-shuvlarni ko‘p ko‘rib, piхi qayrilgan
lari bo‘lsa, oyoqlarini chalishtirib, gavdalarini orqa
ga tashlab o‘tirgancha, beparvo quloq soli shar, har
zamonda bir-birlariga хat yozib uzati shar, yuzlari
da g‘azab ham, hayrat ham sezilmas edi.
– Sharmisorlik! Germaniyaga isnod! – degan
tovush eshitildi orqadan. Uni kimdir tartibga
chaqirib, tinchi tib qo‘ydi. Umida gapida davom
etardi. U hech narsaga qaramay, deyarli osoyish
ta, batafsil gapirdi, Kurt Bergerdek kishining fan
dargohiga, ilmiy kafedralarga, klinikalarga oyoq
bosishiga qat’iy norozilik bildirib, barcha vijdonli
olimlarni bu bayonotni qo‘llab-quvvatlashga cha-
qirdi, eng insonparvar fan bo‘lgan tibbiyotning
pokligini, oliyjanob an’analarini, uning ulug‘ in
sonparvar daholari hurmatini, olimlik sharafini
himoya qilishga da’vat etdi.
Endi uning tovushi yana ham tiniq, dadil,
yang roq edi.
Shundan keyin savol-javoblar, anjuman
ning eng og‘ir, asabiy qismi boshlandi. U zo‘r
shovqin-suron bilan, go‘yo hamma derazalardan,
eshiklardan, yo‘laklardan kirib kelgandek bo‘ldi.
Hamma oyoqqa turib ketgan edi.
So‘z oluvchilar savolidan oldin o‘z gazetasi yoki
o‘z radio-televideniye kompaniyasining nomi yo
zilgan lavhani baland ko‘tarib ko‘rsatar, yoki uni
qichqirib e’lon qilar, savol e’tiborga loyiq bo‘lmasa,
o‘zidan-o‘zi shovqin ichida ko‘milib qolaverar edi.
436
Asqad Muxtor
– Doktor, ayting-chi, Bergerning o‘sha paytda
gi operatsiyalarida siz hamshira sifatida bevosita
qatnashganmisiz, yoki operatsiyalar jarayonini
o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganmisiz?
Bu savol o‘ziga yo‘l ochib, zalda tinchlik o‘rnatdi.
– Yo‘q, – dedi Umida jimjit zal o‘rtasiga qa rab.
– Mening vazifamga palatani ozoda tutish, be
morlarga qarash, ularni operatsiyaga tayyorlash
singari yumushlar kirar edi. Men palata hamshi
raligiga tayinlangan asira edim, хolos. – U bila-
gini ochib konslagerdagi asirlik raqamini ko‘rsat
di. Fotoapparatlar chiqilladi. Umida g‘ijinib o‘zini
projektor yorug‘idan chetga oldi. Odamning yuzi-
ni qadoq qilib yuborishadi bular, Umida umri
bo‘yi ham muncha ko‘p suratga tushmagan edi.
– Sizning ilmiy aхborotingiz bilan qayerda, qa
chon tanishish mumkin? Simpozium to‘plamlari-
da chiqadimi?
– Agar u to‘plamlarga Kurt Bergerning aхboroti
kirsa, chiqmaydi, – dedi Umida.
– Chiqmaydi! Asli bormi o‘zi? – degan хush-
chaqchaq tovush eshitildi.
Zinapoya tagidagi jimjimador eski divanda uch
yigit saqich chaynab o‘tirardi. Bu ovoz o‘shalar
dan biriniki. Ular uchalasi ham bashang kiyinib,
ko‘krak cho‘ntagidan oq ro‘molchalari chiqib tur
gan, sochlarini moylab silliq taragan yosh jentel
menlar, hech narsa yozmay-chizmay halidan beri
quvnoq gaplashib o‘tirishibdi.
Hamma ovoz chiqqan tomonga qayrilib qara
di-yu, jimlik o‘rnashmadi. Faqat, sochlari to‘kil
gan keksa fransuz o‘rnidan turganda zal tinchidi.
– Madam, – dedi salmoqlab qari muхbir,
ko‘zoynagini hafsala bilan artarkan. U ruscha
437
Chinor
so‘zlardi: – Siz tariхni ancha ishonarli qilib ga
pirdingiz. Lekin biz istardikki... ya’ni, bu vo
qealarning guvohlari bilan qachon va qayerda
uchrasha olamiz?
Umida bu savolni kutgan edi. Uning javobini
necha kundan beri o‘ylayotgan bo‘lsa ham, topol
gani yo‘q, tayyor emas.
– Guvohlar yo‘q... – dedi u zalga birinchi marta
хavotir bilan qarab. Nemischa javob berardi. Zal
asta g‘uvillay boshladi. – Tushunib turibsizki, gu
vohlar hammasi halok bo‘lgan, janoblar. Shuning
uchun, mana men guvohlik beryapman. – Gu
villash orta bordi, Umida terlab ketdi: hushtak
chalishmasa bo‘lgani. Eh, Avgust Umayder...
Shu zumda bir ko‘rinib qo‘ysang nimang ketardi!
Yurak o‘z joningni saqlash uchungina ekan-da?!
– Qiziq-qiziq хotiralaringizni hikoya qilib ber
moqchi ekansiz, bizni tinch qo‘yib, bola-baqrani
to‘plasangiz bo‘lmasmidi, хonim? – deb qichqirdi
haligi uch oliftaning yana biri. Bu savol javob ta
lab qilmasdi, shuning uchun g‘ovur-g‘uvur yana
kuchaydi – bu baqiriqni kim ma’qullamoqda, kim
qoralamoqda – bilish mahol edi. Qulog‘i bitgan
Umida boshlar ustida suzgan quyuq tutunga
tikilib turib, na o‘z qadrini, na o‘lik-tirikning hur
matini biladigan bu bebosh to‘daga nisbatan bir
parvosizlik, befarqlik seza boshladi.
Bir ingichka, novcha хotin inglizchalab qich
qirdi. Uning gapini Umidaga tarjima qilishdi:
– Qoriyeva хonim, bir daqiqa faraz qilaylikki,
o‘sha qurbonlar, o‘sha tajriba jarayonida o‘lgan
odamlar mutlaqo bo‘lmagan deylik. O‘shanda siz
doktor Berger kashfiyotining fan uchun ahami
yatini tan olarmidingiz?
438
Asqad Muxtor
– Yo‘q, men buni faraz qilolmayman, miss.
Yarim daqiqa ham faraz qilolmayman! Chunki
hayvon o‘rnida tajriba stolida o‘ldirilgan o‘sha
o‘nlab odamlar mening ko‘z o‘ngimda turibdi.
Ular biron daqiqa va bir umr mening ko‘z o‘ngim
dan ketmaydi... Men shifokorman, odamlarni
o‘ldirish uchun emas, ularni o‘limdan saqlash
uchun yashayman.
Zal tinch edi.
– Bizningcha, siz ko‘proq tashviqotchisiz!
Bu qichqiriq jimjit zal tepasida muallaq qoldi.
Hech kim indamadi. Haligi silliq sochli jen
telmenlar tomonga hech kim qaramadi ham.
Ovozning o‘shalardan chiqqanligini hamma bi
lardi. Bu o‘ng‘aysiz jimlik uzoqroq cho‘zildi. Buni
o‘zlariga e’tibor deb bilgan haligi uchovidan biri,
keksarog‘i o‘rnidan turdi.
– Madam, siz doktor Bergerga qarshi hech
qan day isbot yoki guvoh ko‘rsatmadingiz, – dedi
u beparvo tebranib qo‘lida kalitmi, qalammi – bir
zanjirli narsani aylantirib o‘ynarkan. – Хo‘p, may
li. O‘zingizning ilmiy aхborotingizni ham e’lon qil
madingiz. Endi umuman fanga aloqangiz borligi
ga ham hech qanday isbotsiz ishonaveramizmi?
Zal bir to‘lg‘anib, jimjit bo‘lib qoldi. Qog‘oz
shitirlagani ham eshitilmas edi. Umida bu keksa
oliftani qayerdadir ko‘rganga o‘хshaydi-yu, hozir
bu haqda o‘ylashning payti emas edi.
– Javob beraman, ser, – dedi u. – Janoblar, siz,
uchalangiz ham, – u zina tagida oyoq chalishtirib
o‘tirgan haligi silliq sochli jentelmenlarni ko‘rsat
di, – siz uchalangiz ham Kurt Berger a’zo bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |