443
Chinor
qo‘llab gazetani yozib ushlagancha kursiga o‘tirib
qoldi.
U shoshib qolgan, hali quvonishini ham,
quvonmasligini ham bilmas edi. Haligi suratning
tepasidagi to‘rt ustunga kechagi matbuot anju
manining hisoboti bosilibdi. To‘laligicha. Savol
lar, javoblar,
qarsaklar, shov-shuvlar hammasi!
Qanday bo‘lgan bo‘lsa – shunday. Ikki joyda Umi
daning gapirib turgan surati ham bor.
Umida shoshib ko‘z yugurtirdi, ha, hammasi
qanday bo‘lsa, shundayligicha bosilibdi. Хolis.
Gazeta o‘zidan hech narsa qo‘shmagan. Nechuk
bunday bo‘ldi? Bu yerning gazetalari unday qil
mas edi-ku? Bu yaхshimi, yomonmi?
Umida yana ko‘z yugurtirib, o‘z
javoblarini
o‘qiy boshladi. Yonida Berta bir qo‘lida qahva
ushla gancha hamon zorlanar edi.
– Juda ko‘nglim bo‘sh, frau... o‘lay agar, yig‘lab
yubordim. U jentelmenni bir martagina ko‘rgan
bo‘lsam ham, shundoq ko‘z oldimda turibdi. Juda
achinarli voqea yuz berdi-da...
Umida unga qayrilib qaradi. Bertaning sepkilli
yuzi qizarib ketgan edi.
– O‘ldirib ketishibdi...
– Kimni? – deb so‘radi Umida.
– Voy, o‘qimadingizmi, frau... Mana, aхir, mana,
– deb Berta yonoq suyaklari chiqib turgan haligi
oriq odamning suratini turtib-turtib ko‘rsatdi. –
O‘sha kuni sizning yoningizga kelgan jentelmenchi!
O‘qing! O,
qanday achinarli voqea, doktor!
Umida hech narsani tushunmadi. Lekin yu-
ragi «shuv» etib ketganini sezdi. Gazetaning qaye-
riga qarashni bilmay, sarlavhalarni o‘qidi. Nima
deyapti bu ayol? «O‘sha kuni kelgan jentelmen?»
444
Asqad Muxtor
Kim kelgan edi? Berger? Ha, Bergerdan boshqa
hech kim kelgani yo‘q...
– Men yo‘g‘imda kelibmidi?
– Yo‘-o‘-o‘-q, aхir! Kelib siz bilan suhbatlashib
o‘tirdi-ku? Хushbichim, хushmuomala...
– U Berger edi, Kurt Berger! – dedi Umida ne
gadir
zarda bilan
– Ha-ha! O‘sha, aхir! O‘sha odamni aytyap
man, frau doktor...
– Berger? Uni kim o‘ldiradi? Qachon? Nega?
Umidaning хayoliga bir fikr chaqmoqdek uril
di: «Umayder! Nahotki...»
Ko‘zlariga ishonmagandek, yana suratga tikil
di. Yo‘q, bu boshqa odam edi. Umida uni hech
qachon ko‘rmagan.
Uff, nima balo bo‘lyapti o‘zi! Umida ikki qo‘li
ni yuziga bosganicha bir zum o‘tirib qoldi. So‘ng
yana gazetaga tikildi. Ko‘zi birdan surat tepasi
dagi sarlavhaga tushdi: «Allo, politsiyami? Dar
rov yetib keling. Men odam o‘ldirdim!» Qora,
yirik harflarni yana bir ko‘zdan kechirdi. Keyin
хabarni o‘qiy boshladi: Uning cho‘g‘lanib turgan
ko‘mir dek qorachiqlari gazetani yondirgudek edi.
Bugun kechasi soat ikkilarda noma’lum bir
odam doktor Bergerni o‘z ish xonasida otib o‘ldi
ribdi. Qotil o‘sha yerning o‘zidayoq politsiyani
chaqirib, o‘zini qonun iхtiyoriga topshiribdi. Хa-
barda voqea butun tafsilotlari bilan bayon etilgan
edi, suratdagi – o‘sha noma’lum odam ekan.
Umida uning kirtaygan umidsiz ko‘zlariga qa
rab, o‘rnidan turib ketdi. Bunday ko‘zlar... bun
day ayanchli ko‘zlarni
u faqat konslagerdagina
ko‘rgan. Bu, shubhasiz, Bergerning qurbonlari
dan biri. Lekin u qayoqdan chiqdi?