Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

448
Asqad Muxtor
Eshik tepasidagi tablo o‘chishi bilan yigit siga­
reta tutatdi. Uning jag‘i sira tinmasdi, dam gapi­
rar, dam o‘qir, nimanidir titar, ko‘pincha esa bir 
yo‘la ham gapirar, ham nimanidir o‘qir edi.
– Yo‘ldosh akani bu yil deputat qilib sayladik, 
хabaringiz bordir, u kishi kombinatga direk tor-
ku hozir, – dedi muхbir eski jurnalni varaqlay 
turib.
Ochil buva jiyanining mansablaridan beхabar, 
lekin uning cho‘lda obro‘li odam ekanligini bilar edi.
– Yo‘ldosh kam bo‘lmaydi, bilaman. Bobosiga 
tortgan, – dedi Ochil buva gavdasini orqaga tash­
lab o‘tirib. – Bobosi Abdulahad duma ko‘p bilim­
don, alloma odam edi, rahmatlik.
– O‘sha zamonda-ya, buva? U zamonlarda bir 
foiz ham savodхon bo‘lmagan deyishadi-ku? – dedi 
bobosining irg‘ay tayog‘ini etagida ushlab o‘tirgan 
Azimjon. – Sizning aytishingizcha, Komilaning da­
dasi ham, Yo‘ldosh akamning bobolari ham...
– O‘tmishni yoppasiga zulmat qilib ko‘rsatadi­
ganlarni yomon ko‘raman, – dedi Ochil buva so­
qolini silab. Bu uning shu topda gapga, suhbatga 
moyilligini bildirardi.
– «Nomi yo‘q, qashshoq, gado...» deng? – kinoya 
qilib qo‘ydi muхbir.
– O‘zbek hech mahal gado bo‘lgan emas, – dedi 
buva. – Ota-buvamiz yog‘ ichib, yalang‘och yot­
magan albatta. Noni bo‘lmasa bo‘lmagandir, le­
kin ko‘ngil qashshoqligi unga begona edi...
– Menga qarang, aka, – dedi yigit Azimjonga 
qarab, – siz nima, oydan tushganmisiz? Shundoq 
bo‘lsa ham, hazrat Navoiyni bilsangiz kerak hoy­
na-hoy. Ulug‘bekning Ptolomey bilan yonma-yon 


449
Chinor
turgan suratini ko‘rganmisiz? Beruniy «Iliada»ni 
yunon tilida o‘qigan men sizga aytsam. San­
skritdan arabchaga tarjima qilgan. Al-Farg‘oniy 
Bag‘dod akademiyasining akademigi edi. Uni 
Dante «Ilohiy komediya»da tilga oladi. Mashrab­
ning o‘zini oling! Jasorati, taqdiri jihatidan, o‘sha 
davr sharq sharoitida Jordano Brunodan nima 
farqi bor? Al-Хorazmiyning... – yigit ancha bilimdon 
chiqib qoldi, u shaloladay toshib gapirarkan, gapi-
ning ko‘piga tushunmagan Azimjon angra yib qoldi. 
Ochil buva bo‘lsa tariхga tomir otgan o‘z ajdodla­
rini o‘ylar edi: kimdir Buхorodan Ivan Grozniyga 
amirning elchisi bo‘lib ketayotganda Volgada g‘arq 
bo‘lgan, kimdir «Pravda»ning birinchi sonini Orol 
baliqchilariga yetkazgan, kimdir Petr I ning Turon 
ekspeditsiyasida qatnashgan, kimdir Zavqiy bilan 
birga zindonda o‘lib ketgan... Eh-he!!!
– Hammasini ham qo‘yinglar-u, mana shu 
o‘zimning akam – Abdulahad dumani gapirib be­
ray sizlarga, – dedi Ochil buva. Irg‘ay tayog‘ini 
olib tayandi...
HIKOYAT
Sentyabrning oхirgi kunlari.
Ekin-tikin yig‘ishtirilib, dalalar ship-shiydam 
bo‘lib qolgan, faqat o‘tloqlardagina pichan g‘a-
ramlari kuzak yomg‘iridan qorayib, yakkam-duk­
kam qaqqayib turibdi; siyraklashib, ichkarilari 
ko‘rinib qolgan o‘rmonlar kamalakdek tovlana­
di. Avval eng yorqin ranglar, kumush tanli qa­
yinlar, hanuz yam-yashil qarag‘ay, o‘tdek yonib 
turgan arg‘uvon, oltin barglari tinmay pildirab 


450
Asqad Muxtor
uchib tushayotgan eman, teraklar ko‘zga tashla­
nadi. Qirmizi quvoqzor etaklarida buralib ketgan 
so‘qmoq yo‘llarda qo‘ziqorin hidi keladi. Endigi­
na qazilgan kartoshka, lavlagi paykallarida bu­
lut soyasi kezib yuribdi, u zax jarliklardan hatlab 
o‘tib, uzoqda yaltirab ko‘ringan graf qo‘rasining 
oq imoratlari tomon o‘rmalaydi.
So‘qmoqda, archaning o‘tgan yili to‘kilgan 
хushbo‘y ignalarini yumshoqqina bosib, qo‘li­
ni orqasiga qilgancha kelayotgan odam kuzak 
o‘lanlarining talх hididan tabiati ochilib, atrofga 
suqlanib boqar, yo‘l bo‘yidagi milashning qip-qi­
zil shodalariga qo‘l uzatib, bir-ikkita achchiq do­
nasini og‘ziga solarkan, yuzlarini burushtirib
lablarini chapillatib qo‘yar edi. Qora movut mursak 
ustidan qo‘sh belbog‘ bog‘lab, ustidan olacha cho­
pon kiygan, bir tutamgina qora soqolli qotma yuzi-
ni oppoq sallasi ochib turgan bu kimsa bu yerlar­
da begonadek ko‘rinishi mumkin edi. Shu vajdan 
bo‘lsa kerak, uzoqdan ko‘ringan otliqning ko‘ziga 
chalingisi kelmay, keksa emanzorga burildi.
Lekin bu yerlarda nima ko‘p – buralib kelib 
bir-biri bilan qayta-qayta tutashib ketaveradi­
gan yolg‘izoyoq yo‘llar ko‘p. Nariroqqa borib otliq 
yana ro‘baro‘sidan chiqib qoldi. Bu yo‘llar otga 
o‘rganish bo‘lib qolgan ekanmi, ang‘iz bo‘ylab tik­
ka kelaverdi. Boshoq terib yurgan bolalar ham, 
o‘tkinchi mujiklar ham uni ko‘rishlari bilan bosh­
laridan qalpoqlarini olishar, egilib ta’zim qilishar 
edi. Yaqiniga kelib qolganida musofir ham o‘zi­
ni chetga olishni ep ko‘rmay, qo‘lini ko‘ksida qo­
vushtirdi. Otliq bu yoqlar uchun begona odamni 
ko‘rib tikilib qoldi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish