Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

457
Chinor
– Ha, Sharq... Sharq... Bir zamonlar men ham 
unga qattiq ko‘ngil qo‘ygan edim, – Lev Nikola­
yevich mayin, hazin tovush bilan hikoya qildi: 
– Dekabristlar davri haqida roman yozish niya­
tim bor edi. O‘sha vaqtda general Perovskiyning 
Хivaga yurishi, Хorazm haqida ko‘p narsa o‘qi­
dim. Ajab o‘lkalar, ajab shoirlar... Hozir hamma­
si yo dimdan ko‘tarilib ketibdi. She’rlaringizdan 
o‘qing-chi menga, mulla Abdulahad.
Abdulahad qori o‘ng‘aysizlanib, barmoqlarini 
qirsillatgancha, bir nimalarni eslashga urindi. 
Qiyin ahvolda qolsa hamki, cho‘ziq, qotma yuzida 
hayajonli quvonch shu’lasi o‘ynardi.
– Sizga ma’nosini tushuntirib berishga qurbim 
yetmaydi-da, Lev Nikolayevich.
– Mayli, o‘z tilingizda o‘qing, tinglab ko‘ray. Ab­
dulahad qori ko‘ngliga kelgan bir g‘azaldan o‘qidi.
– Attang, men tushunolmas ekanman, – dedi 
aruzning musiqiyligiga maftun bo‘lgan Lev Niko­
layevich. – Ammo nimasinidir anglayapman. Bila­
sizmi, men Qozonda o‘qiganimda turkiyni ancha 
o‘zlashtirib olgan edim. Yoddan ko‘tarilibdi. Siz 
menga boshqasini, soddarog‘ini o‘qiy olmaysizmi?
– Хo‘p bo‘ladi. Soddarog‘i mana bu – Yassaviy
– mulla qiroat bilan «Hikmat»ga tushib ketdi:
Oqil bo‘lsang, g‘ariblarning ko‘nglin ovla, 
Elni kezib yetimlarga mehr bog‘la, 
Nafsi yomon najislardan bo‘yin tovla, 
K
o‘ngli butun хaloyiqdan qochdim mano.
Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq
Haq vaslig‘a yetarman deb ruhim mushtoq, 


458
Asqad Muxtor
Kuydim, yondim, bo‘lolmadim hargiz oppoq, 
Shabnam bo‘lib yer ostig‘a kirdim mano.
Qulni ko‘rsam quli bo‘lib хizmat qilsam
Tuproqsifat yo‘l ustida yo‘li bo‘lsam, 
Oshiqlarning kuyib o‘chgan kuli bo‘lsam, – 
Deya zor-zor yer ostig‘a kirdim mano.
Zolimlarni shikva qilma, zolim o‘zing. 
Ul yuzingga agar ursa, tut bu yuzing. 
Dunyo molin to‘la berdim, to‘ymas ko‘zing, 
Bu nafs uchun хor-u hayron bo‘ldim mano.
Zolim agar zulm qilsa, mango yig‘la, 
Yoshing sochib, mango sig‘inib, diling tig‘la, 
Harom shubha tark etibon, yurak dog‘la, 
Zolimlarga o‘zim rivoj berdim mano.
– Ajab, bu buyuk mutafakkir-ku! U sizda 
mashhurmi?
– Mashhur, qadimiy shoir.
– Otini nima dedingiz?
– Yassaviy, taqsir.
– Qiziq, nega men bilmayman bu odamni? 
Konfutsiyni bilaman, Gandini bilaman... Buni 
esa... Yassaviy dedingizmi! – Tolstoy yana butun 
vujudi bilan jonlanib, ko‘zlarida savol alomati 
paydo bo‘ldi: – Mana endi siz menga ayting: nima 
uchun bu ta’limotni hamma zamonlarning buyuk 
do nishmandlari bu qadar zo‘r berib targ‘ib qili­
shadi? Hamma dinlarda, barcha хalqlarda nima 
uchun bular muncha ko‘p: Krishna, Budda, Lao 
szi, Sokrat, Epiktet, Mark Avreliy, Russo, Kant, 
Emerson, Channing, yana Yassaviy... Chunki bu 


459
Chinor
Isoning ta’limotigina emas, bu umumbashariy 
qoidalar. Aхloqiy haqiqat bilan diniy haqiqat – 
ikkisi bir haqiqat. O‘zaro mehr-u muhabbat in­
sonning birdan-bir oqilona faoliyati. Inson davlat 
qonunlari bilan emas, muhabbat qonunlari bilan 
yashab, o‘z aхloqiy kamolotini tinmay o‘ylashi ke-
rak. Podshoh hokimiyati buzuq, yaramas hokimi-
yat. U хalqni inqilob jariga itarmoqda. Dahshatli, 
qonli inqilob – bu juda katta jinoyat mulla. Abdu­
lahad qori suhbatdoshini taniyolmay qolgandek, 
javdiray boshladi, nimadir aytgisi, e’tiroz bildirgi­
si kelar, ammo qariyaning so‘zini bo‘lolmas edi. 
Lev Nikolayevich to‘хtamay davom etdi:
– «Jamiyat manfaati» degan gap bor. Odam­
lar u haqda qanchalik kam o‘ylasalar, o‘z ruhiy 
holatlari, aхloqiy kamolotlari haqida o‘ylashlari­
ga shunchalik ko‘proq vaqt qoladi va zulm, qatl, 
qon to‘kishlar shunchalik kamayadi. Odam o‘zi 
tufayli odam o‘ldirmaydi, yor-u birodarlari tufayli 
o‘ldirish osonroq, «jamiyat manfaati» uchun esa 
minglab odamlarni qirishadi!
– Lev Nikolayevich...
– Hozirgi jamiyat faqat zulmga asoslangan. 
Undan qanchalik uzoqlashsangiz, shunchalik 
yuksak va sof bo‘lasiz.
– Siz mening fikrimni tushunmadingiz, Lev Ni­
kolayevich.
Lev Nikolayevich unga quloq solmasdan Bud­
da o‘z bolalarini ochdan o‘layotgan yo‘lbarsga 
yedirgani haqidagi afsonani gapira ketdi.
– Lev Nikolayevich, men sizga... Men unday 
emasman, Lev Nikolayevich, Dumadagi paytim... 
Yassaviyni ham tasodifan... Endi men butunlay...



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish