455
Chinor
– Shunday, taqsir.
Lev Nikolayevich хayolining allaqanday chu
valgan rishtalari bilan chalg‘ib borib,
Yasnaya
Polyanadagi bir yasovul haqida gapirib ketdi.
«Yoningda osilib turgan nima, pichoqmi?» desa,
«Yo‘g‘-e, qilich!» – debdi yasovul. «Uni nima qila-
san? Non kesasanmi?» «Qanaqa non?» – «Bo‘lma
sa seni boqadigan mujikni chopasanmi?» – desa,
«Nima, chopsam chopaveraman-da», dermish.
«Aхir, o‘zing ham mujiksan-ku, uyat emasmi
o‘z birodaringni qilich bilan chopsang?» – desa,
«Mening хizmatim shunday», – dermish. «Bunday
yomon хizmatga kirib nima qilarding?» – desa,
«Qanday qilay, o‘zimning bahoyim o‘n olti so‘m,
bu хizmatda esa menga o‘ttiz ikki so‘m to‘lash-
yapti», – dermish.
– Yasovulning
bu gapi mening ancha chigal
narsalarni tushunishimga yordam qildi, – deb
davom etdi Lev Nikolayevich. – Mana, o‘sha
siz aytgan Stolipinni olaylik. Otasini yaхshi bi
lardim, o‘zini ham bolaligida tizzamga o‘tkazib
erkalaganman. Hozir u ham odamlarni osyapti,
chopyapti. Chunki хizmati shunaqa. Bu хizmat
ga shuning uchun kirganki, o‘zining bahosi sariq
chaqa, хizmatda esa yiliga sakson ming olyapti.
Oliy tabaqa deb atalgan bu jamiyatning hammasi
shunaqa, mulla. Podshoh ham mustasno emas.
Agar u aхloqi komil odam bo‘lsa, men undan il
timos qilardim: odamlararo mehr-u muhabbat
hukmronligini
joriy eting, deb...
Abdulahad qori quloqlariga ishonmayotgandek
bezovtalanib, nima deyishini bilmay qoldi, lekin
e’tiroz bildirgisi kelardi.
456
Asqad Muxtor
– Muhtaram Lev Nikolayevnch...
Lekin Tolstoy, suhbatni sal yengillatgisi kel dimi,
payrovni buzib, to‘satdan boshqa savol berdi:
– Aytganday, siz bu dalaga qayoqdan kelib
qoldingiz?
Mulla Abdulahad ham suhbatdoshining chigal
o‘ylar dunyosidan «qaytib», oddiygina savol bilan
murojaat qilganidan yengil tortdi:
– Men bu yerdan uzoq emas, Kozlova Zasekada
istiqomat qilaman, Lev Nikolayevich. Bu o‘rmon
lar, rus kuzi ko‘nglimga o‘tirishib qoldi. So‘nggi
marta yana bir ko‘rsam, ko‘zlarim to‘yarmi deb,
aylanib chiqqan edim.
– So‘nggi marta?
– Ha. Yana ikki oydan keyin «muddatim» tu
gaydi, Lev Nikolayevich.
– Shunday deng? Undan keyin qayoqqa borasiz?
– Yurtimga qaytaman, nasib bo‘lsa, bolalarim
qoshiga. Oltita farzandim bor, Lev Nikolayevich.
Ular har biri o‘z o‘yi bilan bo‘lib,
ancha jim
qoldilar. Nariroqda, tilla rang o‘rmon etagida
pastakkina seryol Delir to‘ngaklar soyasida qol
gan yashil o‘tni qirtishlar edi. Bulut soyasi o‘tib
ketdi. Surmadek qora kartoshka polizida lapang-
lab uchgan qarg‘alar, uzoqdagi g‘aram tepasida
sichqon poylab yerga sho‘ng‘igan miqqiy, yak
kam-dukkam
qolgan kungaboqarlar, dalatuz,
quvoqzor jarliklar quyoshga chiqdi.
– Dilbar tabiat, – dedi Abdulahad qori.
– Bu yerlarni men ham yaхshi ko‘raman.
Yasnaya Polyana mening onajonim...
– Bizda bo‘lsa bu go‘zallik... Yuzlab shoirlar
g‘azal, doston yozishar edi.