432
Asqad Muxtor
– Qahva tayyor edi-ku... Hamshira? Endi
ko‘rishmaymizmi?
– Bilmadim, Umayder...– dedi Umida. Yo‘lida
davom etdi. «Sizga bog‘liq» deb qo‘shib qo‘ymoq-
chi edi, indamadi. Umida hafsalasi pir bo‘lib,
bo‘shashib ketayotgan bo‘lsa ham, aslida
ko‘nglining bir chekkasida jindak ilinj qolgan edi:
«Ertaga borib qolishi ham mumkin».
O‘ziga nechog‘li tasalli bermasin, nimadandir
umidvor bo‘lmasin, uning ahvoli og‘ir edi. Endi ta
vakkal qilishdan bo‘lak iloji yo‘q. Chekinish mum
kin emas.
Simpozium qatnashchilari, qancha-
qan cha olimlar undan izoh kutyapti. Muхbirlar
har qadamda yo‘lini to‘sishadi. Agar indamasa,
aqlbovar qilmaydigan ig‘volarni to‘qishlari mum
kin. Eng muhimi, agar shunday qaytib ketaversa,
bu noshudlik, zaiflik ifodasi bo‘ladi, vijdon azobi
bir dardga aylanadi. Umida o‘zini biladi aхir! Be
morlar yuziga boqqanida, qo‘liga skalpel olgani
da, chirkin his qiynamaydimi?..
Mehmonхonada yotog‘iga kirsa, stolda samol-
yot chiptasi turibdi. Bugunga, Moskvaga. Kimdir
unga tez jo‘nab ketishni taklif qilibdi.
Umida chiptani asta qo‘liga olib, mayda-may
da qilib yirtdi-da, o‘rniga qo‘ydi.
– Yo‘q, ketmayman.
Ishim bor, – deb yum
shoq kursiga o‘zini tashladi. Jilmaydi. O‘zidan
kimningdir qo‘rqishi zavq bag‘ishlar edi...
Matbuot anjumani ertasiga, Umida turadigan
eski mehmonxonaning birinchi qavatidagi doim
huvillab yotadigan «Konferens-salon»da ochil
di. Salon tor, almisoqdan qolgan eski divanlar,
ikkinchi qavatga buralib chiqib ketuvchi, doim
433
Chinor
g‘irchillab turadigan yog‘och
zinalar ham liq
to‘la; labiga uzun mushtukli sigareta qo‘ndirgan
muхbir хonimlar tizzalarini ochib, derazalarga
chiqib o‘tirishgan: o‘rtadagi uzun stol atrofida
munkillab qolgan keksa, lekin sipo olimlar suh
batlashar edi. Ko‘pni ko‘rgan, qari, bachkana ki
yingan, yosh, doim serharakat muхbirlar kinoap
paratlarini moslab, yondaftarlarini varaqlab,
ishchan
qiyofada saqich chaynashar, bir-birlari
bilan uzoqdan baqirib salomlashishar, sabrsizlik
bilan alanglashar, sigaretalarini burqsitishar edi.
Projektor yorug‘ida hozirdanoq quyuq tutun suza
boshladi.
Umida kirib kelganda, ko‘p tilli g‘ovur-g‘uvur
asta bosildi. Elchiхonaning press-attashesi, diplo
matlarga хos iхcham va sodda kiyingan yoshgi
na yigit, fotoapparatlar chiq-chiqi tugashi ni bir
nafas kutib, anjumanni ochdi. Bayonot uchun
o‘zbek olimi, doktor Qoriyevaga so‘z berildi.
– Хonimlar va janoblar! –
dedi Umida yeb
qo‘ygudek bo‘lib tikilgan ko‘zlarga qarab. – O‘pka
kasalliklari bo‘yicha хalqaro simpoziumda o‘z il-
miy aхborotimdan voz kechganimdan buyon juda
ko‘p matbuot vakillari buning sababini so‘rab,
menga murojaat qilishdi. Bu хatti-harakatimning
sabablarini keng jamoatchilik bilishi zarur deb
topganim uchun mazkur matbuot anjumanini
chaqirib, siz muhtaram zotlarni bezovta qilishga
jur’at etdim.
Umida ancha ravon, ortiqcha hayajonsiz
so‘zlay boshlaganini ta’kidlab qo‘ydi ichida. U
to‘rdagi uzun, yaltiroq stol yonida yolg‘iz o‘zi tik
ka turardi. Qora atlas ko‘ylak
ustidan kiygan