Ona tili va adabiyot
1. O’z tilini unutgan xalqning
Bog’larida o’sgan gullarin
Chirmab uxlar zaharli ilon.
Ushbu parchada nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 10 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta
2. Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan?
A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.
B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.
C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.
D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.
3. Gapirganda avvalgi baland ovoz bilan emas, shivirlab gapirdi.
Ushbu gapdagi gap bo’laklarini qaysi javobda to’g’ri ketma-ketlikda berilgan?
A) hol, aniqlovchi, aniqlovchi, hol, hol, kesim
B) hol, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim, hol, kesim
C) to’ldiruvchi, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim, hol, kesim
D) to’ldiruvchi, hol, hol, kesim, hol, kesim
4. Qaysi javobda bo’lishsizlik orqali tasdiq ma’nosi ifodalangan gap keltirilgan?
A) Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan boshini quyi solib, indamay qoldi.
B) Sizlar boyligingiz, kuch-quvvatingizga mag’rur bo’lib, aysh-ishrat bilan mashg’ulsiz.
C) Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas.
D) Ha, men u odamni baholaganimda yanglishmadim, to’g’ri so’zladim.
5. Bosh kelishik shaklidagi ismlarga ergashib kela oladigan vazifadosh ko’makchilar qatorini aniqlang.
1) sari; 2) tomon; 3) bilan; 4) bo’ylab; 5) qaramay; 6) sayin;
7) kabi
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6, 7
6. Nuqtalar o’rniga faqat tushum kelishigi qo’llanadigan gapni aniqlang.
A) Ko’p til… bilmoqlik… foydasi katta, u inson… katta boyligi sanaladi.
B) Yo’lchi arava… nimasi shikaslangani… payqamay hayron bo’lib turar ekan, arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi.
С) Qirq yil umri… sarf qilib, yulduzlar siri…, koinot siri… o’rgandi-yu, zamin siriga, insonlar hayotiga kelganda g’aflatda qoldi.
D) Mamlakat… kichik bir qismi bo’lgan oila… tinchligi… asraylik.
7. Uy eshigni ochsam, o’g’lim bilan o’rtog’i sovuqdan qizarib kirib keldi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so’z fonetik hodisaga uchragan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
8. Qaysi gapda qatnashgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ko’makchi qismining asosi shakldoshlik xususiyati ega?
A) Do’stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi.
B) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.
C) Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
D) U mavzuni tezda tushuntirib qo’ydi.
9. Qaysi javobda faqat jarangli undoshlardan tarkib topgan yasama so’z berilgan?
A) gulzor B) chopqir C) borliq D) dovon
10.Adovat kishiga uch narsadan yetar // avval kishiga mol-dunyo tama qilmoq bo’lsa, ikkinchi xaloyiqdan izzat-ikrom tama qilmoq, shuningdek, xalq o’rtasida ma’qul bo’lmoqni tama qilmoqdir.
Ushbu gapda // shartli belgisi o’rniga qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali bergul
11.1) nomoyish; 2) namoyon; 3) tomosha; 4) madomiki; 5) muhokama; 6) fuqoro.
Berilgan so’zlardan imloviy jihatdan to’g’ri yozilganlarini aniqlang.
A) 2, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4
12.Qaysi gapda sifat hol vazifasida kelgan?
A) Chakalakzor qorong’ulikda vahimali va sirli ko’rinardi.
B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi.
C) Hujra kichkina, lekin iliqqina edi.
D) Ko’kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turibdi.
13.Havoda ananas hidi aralash yong’oq xazonlarining o’tkir hidi gurkiradi.
Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishining qaysi turi kuzatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |