16-maruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli diodlar



Download 281,07 Kb.
bet1/3
Sana16.12.2022
Hajmi281,07 Kb.
#888979
  1   2   3
Bog'liq
16 (1)


16-maruza
Mavzu: Yarim o’tkazgichli diodlar
Yarim o’tkazgichli diodlar deb, bitta p-n o’tishga va ikkita chiqishiga ega bo’lgan yarim o’tkazgichli asbobga aytiladi. Barcha yarim o’tkazgichli diodlar ikkita sinfga bo’linadi: nuqtali va yassi diodlar. Nuqtali diodda germaniy yoki kremniyning plastinkali elektr o’tkazuvchanligi qo’llaniladi. Uning qalinligi 0,1-0,6 mm va yuzasi esa 0,5-1,5 mm 2 gacha bo’ladi.
Nuqtali diod yuqori chastotali toklarni to’g’rilashda qo’llaniladi. Boshqa hamma sohada nuqtali diodlar o’rniga yassi diodlar ishlatiladi, chunki bularning konstruksiyasi mustahkam, ko’rsatgichlari yuqori, ishlashi ishonchli. Bu diodlarda o’tkazuvchanligi turlicha bo’lgan yarim o’tkazgichlardan p-n o’tish hosil qilinadi. Yassi diodlarning o’tish maydoni yarim o’tkazgichlarning turiga qarab 0,01mk 2 dan (mikroyuzali yassi diodlar) 10 sm 2 gacha (kuch diodlari) bo’ladi.
Nuqtali diodning har xil haroratlardagi Volt-Amper tavsifnomasi (VAТ) quyida keltirilgan:

1-rasm. Yarim o’tkazgichli diodlarning tavsifnomalari.
Nuqtali diodlarning konstruksiyasi unchalik ishonchli emas, elektr kontakti ingichka prujina bo’lib uning bosimi katta bo’la olmaydi.
Yassi diodlar elektr tavsifnomalari orqali aniqlanadi. Diodlarni qo’llanishiga qarab p-n o’tishning kerakli tavsifnomalari qo’llaniladi. Quyidagi yassi diodlarni tafsifnomalarini ko’rib o’tamiz.
Тo’g’rilagichli yarim o’tkazgichli diodlar – o’zgaruchan tokni to’g’rilash uchun qo’llaniladigan diodlarga aytiladi.
Diodlarning klassifikatsiyasi va shartli belgilari quyida keltirilgan:

2-rasm. Yarim o’tkazgichli diodlarning turlari va shartli belgilanishi.
Yuqori chastotali va impuls zanjirlarida ishlatiladigan kichik quvvatli to’g’rilagich diodlarini tuzilishi (konstruksiyasi) nuqtali diodlarning tuzilishiga o’xshab ketadi. O’tish maydoning kattaligi sababli diodning to’g’ri toki 1-1000 ampergacha bo’lishi mumkin. Umuman diodga 1V dan katta bo’lmagan to’g’ri kuchlanish beriladi, bunda yarim o’tkazgichli diodning tok zichligi 1-10A/mm 2 gacha ortib ketadi va yarim o’tkazgichli diodlarda harorat ortib ketishi kuzatiladi.
Ish qobiliyatini saqlab turish uchun germaniyli diodning harorati 85 0 S dan, kremniyli diodlarniki esa 150 0 S dan oshmasligi kerak.

Download 281,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish