Elektrodlar
orasidagi
sig’im, pF
Nuqtali diod
|
0,01-0,1
|
25-150
|
0,1-100
|
0,5-1,0
|
Kichik quvvatli tug’rilagichli diod
|
0,1-1,0
|
200-1000
|
10-200
|
100-10000
|
Quvvatli to’g’rilagich
|
1-2000
|
200-4000
|
1000-5000
|
–
|
Impulsli diod
|
0,01-0,5
|
10-100
|
0,1-50
|
1,0-20
|
Diodga teskari kuchlanish berilsa, p-n o’tishdan asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar harakatlanishidan kichik qiymatdagi teskari tok hosil bo’ladi. Demak o’tishning harakati oshsa, asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar soni ko’payadi va diodning teskari toki ortadi. Diodga katta teskari kuchlanish berilsa p-n o’tishni ko’chkili teshilishiga va teskari tokini keskin ortib ketishiga olib keladi, bu esa diodning qizishiga, agar tok yana oshaversa, issiqlikdan teshilishiga olib keladi, p-n o’tishning buzilishi mumkin. Ko’pchilik diodlar 0,7-0,8 teshilish kuchlanish kiymatlaridan oshmagan teskari kuchlanishda mustahkam ishlashi mumkin. Bu qiymatdan qisqa vaqtga oshishi ham p-n o’tishning teshilishiga olib keladi va diodni ishdan chiqishiga olib keladi. Ito’g’.
3-rasm. O’rta quvvatli yarim o’tkazgich diodning VAТi.
Yarim o’tkazgichli stabilitron – diodni teskari ulaganda uning kuchlanishi tokning oshishiga juda kam bog’liq bo’lish qismidan foydalanib, kuchlanishni stabillashtirishda qo’llangan yarim o’tkazgichga aytiladi. U tayanch diod ham deb ataladi. Stabilitronning VAТsi quyida keltirilgan:
4-rasm. Stabilitronning VAТsi.
Stabilitronning asosiy kattaliklari: Stabillash qismidagi kuchlanish U st ; stabillash qismidagi dinamik qarshilik R g =dU st /dI st ; minimal stabillash toki I st.min ; maksimal stabillash toki I st.max ; stabillash qismidagi kuchlanishning harorat koeffitsiyenti
16.1
Zamonaviy stabilitronlarning stabillash kuchlanishi 1-1000 V oralig’ida yotadi va p-n o’tishning yopuvchi qatlamining qalinligiga bog’liqdir.
Doimiy kuchlanshni stabillashishi diodni to’g’ri yo’nalishda ulash yordamida olish mumkin. Bu maqsadda qo’llaniladigan kremniyli diodlar stabilitron deb ataladi. Stabilitronlarni tayyorlashda kuchli legirlangan kremniy qo’llaniladi, sababi to’g’ri ulanganda kamroq dinamik qarshilik hosil qilinishi kerak.
Stabilitronlarni ketma-ket ulash mumkin, bunda stabillashtirish umumiy kuchlanishi stabilitronlar kuchlanishlar yigindisiga teng.
16.2
Stabilitronlarni parallel ulashga ruxsat etilmaydi, chunki barcha parallel ulangan stabilitronlardan faqatgina bitta eng kichik stabillash kuchlanishiga ega bo’lgan stabilitronda tok mavjud bo’ladi. Hozirgi paytda kuyidagi stabilitronlardan foydalanilmoqda: KD214A, GD412A, 2D504A, KV104A.
Savollar:
Тo’g’rilagichli diodlarning asosiy kattaliklari
Stabilitronning asosiy kattaliklari
Тo’g’rilagichli yarim o’tkazgichli diodlar ishlash prinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |