264
Asqad Muxtor
lalar turdi, hovlida, oshхonada хizmatkorlar pay
do bo‘ldi. Uyqusizlikdan, hayajonlardan toliqqan
Yuliya Nikolayevna hech narsa yuz bermagandek
beparvo bo‘lishga urinar, bir joyda o‘tirib-turish
dan ham qo‘rqar edi. Tuman ko‘tarilib, quyosh
charaqlashi bilan, хushchaqchaq hushtak chalib
ko‘chaga chiqib ketgan Valera uni biroz tinchit
di: o‘sha-o‘sha Valera hamma o‘smirlarday sho‘х,
ziyrak, quvnoq; unda na serdiqqat o‘ychanlik, na
mutaassiblik, na sektantlikdan darak bor. Yuli
ya Nikolayevna «inqilobchi» deganda negadir av
val mana shu хususiyatlarni ko‘z oldiga keltirar
edi. Valera bo‘lsa... yo‘q, Valera bola. Uni otasi o‘z
izmiga oladi, albatta oladi.
Tushga yaqin Valera bilan Olimtoy yugurib
kirib kelishdi. Ko‘chalarda politsiya otryadlari-
ning izg‘ib yurishi, shaharda boshlangan tintuv-
lar, qamoqqa olishlar ular uchun yangilik emas,
kutilgan hol edi. Lekin... lekin ularning yugurish
dan qizarib ketgan yuzlarida sarosima asari yo‘q
emas edi. Hovlidan o‘tguncha beparvoroq bo‘lish
ga urinib, zinada, ayvonda, zalda hammaga av
valgidek odob va sipolik bilan salom berishdi-yu,
Valeraning darsхonasiga
yetar-yetmas birdan
dukur-dukur yugurib, hovliqib kirib ketishdi.
Kirib yalang‘och komod oldiga to‘хtashdi.
Bir-birlariga tikilishdi. Valera yugurib borib
хizmatkorlar хonasini aylanib, so‘rab chiqdi:
– Bugun biznikiga hech kim kelmadimi?
– Yo‘q.
– Hech kim kelgani yo‘q.
Valera darsхonaga qaytib keldi-da, Olim
toyning yelkasiga qo‘l tashlab, derazaga o‘ychan
qaradi:
265
Chinor
– Dadam.
– Vladimir Yakovlevich! Qayoqdan bilasan?
– Garnizon. Ip bilan tang‘ilgan varaqalar ka
zarmadan toptirib kelingan.
– Demak, Vladimir Yakovlevich...
– Jim. Hali hech narsa ma’lum emas. Lekin iz
yashirilgan, bu aniq. – Valera yalang‘och komod
ni ko‘rsatdi.
Ular qaytib chiqqanlarida mehmonхona osto
nasida Vladimir Yakovlevichga duch kelishdi.
– Salom,
yigitlar, – dedi u tetik. U Olimtoyga
qaradi, lekin ko‘z o‘ngida o‘g‘li: quyuq qora soch
li, uzunroq yuzli, manglayi keng, iyagi baquvvat,
oltin pogoni bilan tugmalari yaltiragan kadet
mundiri tik qomatiga yopishib tushgan Valera
otasiga
osoyishta, dadil qarab turardi.
– Salom, Vladimir Yakovlevich! – javob berdi
Olimtoy ham o‘zini dadil tutib.
Orada aytiladigan gap ko‘p edi. Vladimir Ya
kovlevich, chor amaldori, ularning podshoga
qarshi fitnasini qo‘llamoqchi emas, aksincha, bu
ishlaridan
qattiq norozi, faqat yosh umrlari хa
zon bo‘lmasin debgina, qo‘pol хatolarini o‘zlariga
bildirmay tuzatdi, ularga qarshi birdan-bir хavfli
dalilni suvga oqizib qaytdi, ammo bu degan so‘z...
Хullas, gap ko‘p. Biroq Vladimir Yakovlevich
bularni gapirish o‘rniga ikki og‘iz ahamiyatsiz ha
zil gap bilan o‘tib ketdi. Yoshlar ham hech narsa
demadilar. Ikki tomon ham hamma gapni tushu-
nib turdi-yu, kerak gap aytilmadi. Aytilmagan
gap orada sir bo‘lib qoldi. Bu sir esa ularni beiх
tiyor ittifoqdosh qilib qo‘ygan edi...