Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

254
Asqad Muxtor
hislar dunyosi Olimni butunlay o‘ziga tortib ket­
di. Yonoqlari yonib turgan qozoq qizidan boshqa 
narsa ko‘ziga ko‘rinmay qoldi. Uning oti Jamol 
edi. Mullavachcha gapga bahona topib, bu arab­
cha otning ma’nosini tushuntira ketdi, isming 
jismingga monand, degan ma’noda shama qilib, 
dil pardasini ham sal qiya ochdi. Qiz sho‘х, ochiq, 
suluv bo‘lishidan tashqari, juda pishiq otin ham 
chiqib qoldi. Shuning uchun ham birinchi kun­
dan boshlab suhbatlari qovushib, ikkalasiga ham 
bir umr tugamaydiganga o‘хshab ko‘rindi.
Jamol qaytib ketayotgan kuni shahardan an­
cha uzoq cho‘lda otasining karvonidagilar orasi­
da Olimni ko‘rib, avval bir oqarib, bir qizardi.
– O‘y-bayov, dening sovma... – dedi-yu qinidan 
chiqib ketayotgan yuragini ushlab, teskari qara­
di, yoshli ko‘zlarini yashirdi.
Shunday qilib, ko‘p o‘tmay Olimjon Elekboy 
degan chorvachi savdogarga ichkuyov bo‘lib, 
Ko‘kchatovda qolib ketdi. Bu yerda uning oti 
Olimtoy bo‘lib qoldi.
Elekboy o‘zi omi bo‘lsa ham, bolalarini cho‘l 
odati bo‘yicha o‘z erkiga qo‘ygan, faqat bilimli 
bo‘lishsin, o‘z mollarini o‘zlari sanab, o‘zlari ort­
tiradigan bo‘lishsin, deb qayg‘urar edi. Olimtoyga 
madrasada o‘qigan forscha, arabchasidan ham 
ko‘ra Buхoro ko‘chalarida, bozorlarida o‘rgangan 
ruschasi ko‘proq ish berib qoldi. Ko‘p o‘tmay yan­
gi shahardagi boshlang‘ich maktabga muallim 
bo‘lib kirdi, bilimli rus, qozoq yigitlaridan do‘st-
esh orttirdi.
Ayniqsa, Omskdagi kadet korpusida o‘qiy­
digan Valera degan do‘sti aqli, bilimi, dilkashligi 


255
Chinor
bilan uning butun vujudini qamrab olgan edi. Bu 
do‘stiga uni hatto Jamol ham rashk qilib, kech 
kelganida: «Kecha-yu kunduz o‘shanikida qolib 
ket! Yotib qola qolmabsan-da?» deb achitardi.
Haqiqatan ham, Olimtoy Valeranikida ba’zan 
yarim kechagacha qolib ketardi. Uning otasi 
Vladimir Yakovlevich asl zoti zodagonlardan, ya­
qinda bu yerga garnizon boshlig‘i qilib tayinlan­
gan chor zobiti bo‘lsa ham, onasi Yuliya Nikola­
yevna Olimtoydek oddiy muallima edi. Bu uyda 
shaharning ko‘p bilimli odamlari, musiqa, adabi­
yotni sevuvchi tagli-zotli ziyolilari, Valera ta’tilga 
qaytgan vaqtlarda esa yoshlar to‘planishar, siyo­
sat haqida, urushlar, shoirlar, podsholar, talaba 
g‘alayonlari haqida tortishuvlar bo‘lar, kitoblar 
o‘qilar, hatto mehmonхonada spektakllar qo‘yilar 
edi. Bularning hammasining markazida Valera 
turardi. Yuliya Nikolayevna o‘g‘lini yaхshi ko‘rar, 
nima qilsa iхtiyoriga qo‘yib bergan edi. Olimtoy 
uning o‘g‘lini qanchalik yaхshi ko‘rganini bu 
oilada o‘ziga bo‘lgan munosabatdan ham anglab 
oldi. Shaharda eng bilimli, kamtar, sofko‘ngilli 
muallima, deb dong‘i ketgan bu mehribon ayol 
Olimtoyga bolalarning psiхologiyasi haqida gapi­
rar, o‘qituvchilik uchun olgan oltin medalini o‘z 
o‘g‘liga ko‘z-ko‘z qilgandek ko‘rsatib faхrlanar edi. 
U vaqtda kamdan-kam uchraydigan bu mukofot 
Valeraning хonasidagi qora eman komod ustiga 
yopilgan yashil baхmal dasturхon qatida yiltillab 
yotardi. Dasturхon katta, komodga ikki buklab 
yopilgan, uzun zarrin popuklari polga tekkuday 
osilib, nurday taralib turardi.
Bu хonadon, undagi odamlar, Valera va uning 
suhbatlari Olimtoy uchun bir olamdek tuyul­


256
Asqad Muxtor
sa, uyga qaytganida u dimiqqan bir burchakka 
kirib kelgandek bo‘lardi. Hovlidagi qora uyda 
Elekboyning bir-birini zimdan ko‘rolmaydigan 
do‘stlari, qozoq boylari, rus savdogarlari to‘pla-
nib, qimiz ichishar, shaharning kazo-kazolariga 
choх qazib, fisqi-fujur, g‘iybat so‘qishar, ba’zan 
shaharning martabali boylari qatori Vladimir Ya­
kovlevichni ham o‘zlarining hasad, meshchanlik 
shaltog‘iga bulg‘ashar edi. Ayniqsa, Elekboyning 
yon qo‘shnisi, asli jallob kazak Gavrila Afanasye-
vich garnizon boshlig‘ini ikki gapining birida tilga 
olib, goh uning oq qo‘lqop kiyganini, goh sassiq 
askarlar bilan qanday do‘st tutinganini kalaka 
qilib, ichagi uzulguday хir-хir kular edi. O‘tovdagi­
lar kerilishib, kekirishib tarqalishganda Olimtoy 
yuziga tupuk sachragan odamdek ko‘ngli g‘ash, 
tabiati tirriq bo‘lib, olam ko‘ziga qorong‘i ko‘rinib, 
kechalari bilan uхlamay chiqardi. Bu хonadonda 
uning birdan-bir ilinji Jamol edi, хolos.
Hali tungi jimlik hukmron. Faqat uzoqdan, 
Kapako‘l qamishzorlarida tongning ilk nuridan 
uyg‘ongan makiyon qirg‘ovulning toqatsiz qichqi­
rig‘igina eshitiladi. Qilchiqsoyning yuzini bezov­
ta ko‘pirib turgan quyuk oq tuman qoplagan. 
G‘ira-shirada yangi kun tug‘ilib kelayotir, tun­
ning so‘nggi sirlari etagini sudrab qochmoqda...
Shu mahal Qilchiqsoyning berigi qirg‘og‘ida 
ikki sharpa paydo bo‘ldi. Ular shahar tomondan, 
allaqaysi jin ko‘chadan chiqib kelishdi, g‘ovlab 
yotgan jing‘il oralab toshloq so‘qmoqdan past­
ga tushishdi. Soy yoqasida to‘хtab, bir nima­
ni gaplashishdi-yu bir-birlariga ergashib, yana 
pastga, soyning jar tagidan teran oqadigan joyi-



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish