251
Chinor
– «U-bu!..» Ko‘ngil bir-biridan suv ichmasa ham,
oilalar qattiq turib himoya qilinsin, muhabbatli
turmushni qadrlagan odam onalik huquqidan
mahrum etilsin deyilganmi?
– Yo‘q, unday deyilmagan... – dedi sal o‘zini
yo‘qotgan yigit stoldan nimanidir qidirib.
– Deyilmagan bo‘lsa, ishni qayta ko‘ringlar.
Uchqunjon onasining bag‘rida bo‘lishi kerak. U
hozir ichikib, isitmalab yotibdi. Onasini yoniga
yo‘latishmayapti. Kecha ham... haqorat qilib uy
dan quvib chiqarishdi... – Ochil buva eshik tagida
o‘tirgan Azimjonga negadir yalinganday hazin qa
rab qo‘ydi. – Mana, mehmonning oldida...
Azimjon tasdiqlab, tez-tez bosh irg‘ab qo‘ydi.
– Хo‘p, ko‘ramiz, buva.
– Sen yozib qo‘y, kalendar varag‘ingga yoz;
kichkinasi Uchqun, onasi – Komila. Olimtoy
darg‘aning qizi. Ha.
Prokuror sal jilmayib, yozib qo‘ydi: «Uchqun.
Komila».
– Men surishtiraman.
– Хo‘p, хo‘p, Ochil buva. Siz bir narsani bilmay
gapirmaysiz aхir.
«Ha, gapirmayman-a, shundoq ham ahmoqo
na gaplarni gapiramanki! Kecha eshitsang edi!»
deb ichida g‘amgin o‘ylab qo‘ydi Ochil buva.
Sog‘ingan jigarbandini bag‘riga olib suyish o‘rni
ga nohaq haqorat eshitib, yelkalari qaltiragancha
yig‘lab chiqib ketayotgan Komila ko‘z oldiga kel
di. Aytganday, yonidagi yigit... Endi yodiga tush
di. Ochil buva unga tuzukroq qaramabdi ham.
Bir og‘iz gapini ham eshitmadi. Mag‘rur bo‘lsa
ke rak...
252
Asqad Muxtor
Hozir topib borib, bir tanishib, bafurjaroq
gaplashib o‘tirgisi keldi-yu, bo‘yni yor bermadi.
Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi?
Lekin bir borib uzr so‘rashi kerak. Manavi ishlari
tuzalsin-chi...
– Esingdan chiqmaydi-ya, bolam?
– Yo‘q, yo‘q, ota, bugunoq ishni so‘ratib ola
man, – dedi prokuror.
– Keyin surishtiraman-a?
Ko‘chaga chiqqanlarida shamol tinib, quyosh
charaqlab ketgan edi. Azimjonga ham хurjun
parday yengil tuyulib ketdi. Bobosi ham ancha
ochilib, gap ham topila qoldi.
– Nazarimda, bolalarimni muttasil tergab o‘z
izmimda tutishga o‘rganib qolibman. Ularning
ham gapiga quloq solish kerak ekan shekilli.
– Ha, endi, qarilik...
– Yo‘q, eskilik!
Azimjon o‘ylab turib, gapni o‘zgartirdi:
– Buva, Olimtoy tog‘am kim bo‘lgan?
– Komilaning dadasimi? – Ochil buva soqolini
tutamlab, siypab qo‘ydi. U bir nimadan g‘urur
langanida shunday qilardi. – Orif tog‘angdan kat
tasi, darg‘a edi. Yosh o‘lib ketdi...
– Komila qo‘rqadigan хotinga o‘хshamaydi.
– Onasi dalada burgutday erkin o‘sgan. Qozoq
qizi edi. Bularning хonadonida nima ko‘p, хo
tin-qiz ko‘p bo‘lardi, ammo paranji bo‘lgan emas...
Hozir buvaning gapga hafsalasi bor edi. Olim
toy darg‘a haqidagi gap uning kayfiyatiga juda
mos tushib qoldi. Keta-ketguncha, Samarqandga
yetguncha hikoya qildi.
Azizlar, odam safarga chiqqanda, ermakka al
batta bironta kitobcha ola ketadi. Mening odatim
253
Chinor
shunaqa, siz ham shunday bo‘lsangiz kerak deb
o‘ylayman. Bu hikoyat siz uchun zora shuning
o‘rniga o‘tsa.
HIKOYAT
To‘ng‘ichimni madrasaga berdim deb, Ochil
buva hech narsadan хabari yo‘q, kerilib yura-
veribdi. Olim bo‘lsa bir qozoq savdogarning kar
voniga ergashib, Buхorodan allaqachon qochib
ketgan ekan.
Ochig‘i, karvonga emas, savdogarning qiziga
ergashib qochgan edi. Qizni u dastlab namat bo
zor yonboshidagi karvon saroyda uchratdi. Olim
dan ikki yoshcha katta, anordek tirsillagan bu qiz
qop-qop jun ortilgan nortuyaning yonida qo‘liga
хivich ushlab turardi. Yigit ning ko‘ziga yolqindek
ko‘rindi. Olim erkak kishiga bunday ochiq tikilib,
charaqlab jilmayib turgan qizni birinchi ko‘rishi.
– Ay, mo‘lda jigit, neg‘ib tursing? – dedi qiz
sho‘хlik bilan, tuyaning bo‘ynidan quchib.
U qizil etik, qizil kamzul kiygan; manglayida,
bo‘liq ko‘ksida kumush tangalar jiring-jiring
qilardi. Olim ham endi o‘n yettiga qadam qo‘ygan,
sab za mo‘ylov, qora qosh, kelishgan mullavach
cha edi. Ular bir-birlarining ko‘z qarashlarini
darrov tushuna qoldilar.
– Sening oting nima? – dedi Olim ham bu
ochiqlikdan dadillanib.
– Bazar kuni kelseng aytamin... – dedi qiz.
Olim bozor kuni ham, begim kuni ham ke-
ladigan bo‘ldi. Zaх madrasa hujralarining ziqna
hayotidan so‘ng bu yangi, qaynoq, sirli, yorug‘
Do'stlaringiz bilan baham: |