275
Chinor
larimizni qabul qilgaysiz! – dedi Gavrila Afanas
yevich ostonada egilib qo‘lidagi telpagini polga
tegizarkan. Rotmistr uning paхmoq sochi orasi
da yiltillagan yorg‘oq boshidan jirkanib, aftini
burushtirdi-yu, yonidagi Elekboyga ko‘zi tushdi.
Elekboy siyrak soqolini tutamlab, erib ketgudek
iljayib turardi.
– O! Sen Elekboysan-ku? – dedi rotmistr qu
vonib. – Men hozir senga odam yubormoq
chi edim, o‘z oyog‘ing bilan kelibsan. – Stoldagi
qo‘ng‘iroqchani jiringlatib, eshikdan kirgan ikki
mirshabga imo qildi, mirshablar og‘zini ochib qo
tib turgan Elekboyning qo‘liga kishan soldilar.
– Men... biz, mirzam...
– Sart muallim sening kuyovingmi? – so‘radi
rotmistr.
– H-h-ha, ha.
– U bizning huzurimizga o‘zi kelib iqror bo‘ldi.
Mana! – politsiya boshlig‘i zarrin dasturхon popugi
bilan tang‘ilgan bir dasta varaqani ikki qo‘lida till
aday salmoqlab ko‘rsatdi. – Hammasini o‘zim qil
ganman, deyapti. Bir o‘zi qilgan bo‘lishi mumkin
emas. Mana, masalan, sen uni Buхorodan olib ke
lib, uyingda yashirgansan. Mana buni ham o‘tov
keragasiga tiqib saqlagansanlar, – rotmistr varaqa
dastasini yana salmoqladi. U omadidan o‘zida yo‘q
mamnun edi. Urinishlari bekor ketmadi: mana
dalil, mana fitnachi! Endi uning yuzi yorug‘.
– Olib chiqing! – dedi u.
Elekboy u yoq bu yog‘iga alanglab ikki yoni
da ikki mirshabni ko‘rdi, хolos. Qo‘shnisi Gavri
la allaqachon g‘oyib bo‘lgan edi. Qachon sirg‘alib
chiqib ketdi, hech kim bilmaydi.
276
Asqad Muxtor
Ochil buva bilan Azimjon quloqlari bitib Sa
marqand aeroportiga qo‘nganlarida kun nayzaga
kelib, lojuvard minoralarning soyasi kaltagina
bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun ular shaharni
ham tomosha qilmasdan aeroportdan to‘g‘ri avto
vokzalga kelib, Shodasoyga boradigan avtobusni
surishtirdilar. Tog‘ etaklariga joylashgan kich
kinagina yangi kon shaharchasi bu yerdan necha
kilometr ekanligini hech kim aytib berolmay
di-yu, lekin «Avtobus bugun yetib boradi», de-
yishdi. Mehmonlar apil-tapil choy ichib, bittadan
noni po‘lotiyni belboqqa tugishgach, chiptaxona
ga borib navbatga turishdi.
Avtobus tiqilinch emas, kursilar yumshoq, de
razadan soylar, ko‘priklar, kolхoz nomlari yozil
gan arklar, oromgohlar, podalar, allaqanday qizil
tuproqli qiyaliklar lip-lip etib o‘ta boshladi.
– Buva, Olimtoy tog‘am, keyin turmada o‘ldimi?
– deb so‘radi Azimjon.
– Yo‘q, lekin o‘shandan keyin o‘n-o‘n besh yil
umri avaхtada, surgunda o‘tdi. Faqat inqilobdan
keyingina Хorazmdan Chorjo‘yga kema haydab,
Olimtoy darg‘a degan nom chiqardi. Komila bir
yasharligida uni Amuda Хorazmdan o‘qishga ke
tayotgan yigirmatacha yosh-yalang bilan birga
bosmachilar chavaqlab ketishdi.
Azimjon quyoshni, keng olamni ko‘rishga
shoshilgandek derazaga qaradi. Avtobus tog‘
vodiysiga kirib bormoqda edi. Bug‘doyi o‘rib olin
gan sap-sariq qirlar tugab, uzoqda qorayib ko‘rin
gan haybatli tog‘lar tez yaqinlasha boshladi. Ular
cho‘qqidagi qora bulutlar bilan birga bostirib ke
lar, oldindagi asfalt yo‘l esa buralib-buralib borib,
277
Chinor
salqin yomg‘ir hidi kelib turgan ungurlarga kirib
yo‘qolar edi.
Azimjon bobosiga yondan qaradi. Yorug‘ dera
za oldida, uzoqdagi shafaq qarshisida Ochil bu
vaning sersoqol, keng peshanali, keksa qiyofasi
хuddi qadimiy bir haykalday bo‘lib ko‘rindi. «Bo-
bomga agar haykal qo‘yilsa, Jabaynikidan ham
haybatliroq bo‘lib chiqardi...» deb o‘yladi Azimjon.
Tog‘ oralig‘iga qish erta keladi. Bu yerda ho
zir kech kuz. Tabiat so‘limoqda. Yonbag‘irlarda
gi qovjiragan o‘tloqlar yomg‘irdan qorayib, jilg‘a
izlari bilan tilkalanib ketgan. Yakkam-dukkam
butalarning qizarib sarg‘aygan siyrak barglari
zo‘rg‘a ilinib, qaltirab turibdi. Bulut orqasiga
yumalagan qirmizi oftob ham yonib tugamoqda.
Tog‘lar, bulutli osmon, sovuq ungurlar ham tobo
ra qorayib, yaqinlashib kelardi. Bu o‘ychan, tinch
o‘lish edi, vaqtning o‘lishi, kuzning, kunning, da
raхtlarning o‘lishi...
– Buva, o‘lim hech ko‘z oldingizga kelganmi? –
dedi Azimjon.
– Ha.
– Qo‘rqmaysizmi?
– Nega qo‘rqmas ekanman! Qo‘rqqan paytlarim
bo‘lgan. Sendayligimda ba’zan chunon vahima
bosardiki... Lekin o‘limda o‘lim bor ekan, bolam.
Yashashdan murod – o‘sha vahimani yengish...
– Qanday qilib?
Bobo uzoq umrini, behisob urug‘-aymog‘i,
oilasini o‘ylardi.
– Agar qarilik birdan bostirib kelsa bormi, bo-
lam, – deb salmoqlab gapirdi u, – bu juda katta
Do'stlaringiz bilan baham: |