Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

281
Chinor
mahallasini so‘raganlarida, u kishi shaharning 
butunlay boshqa bir chekkasini ko‘rsatdi. Nota-
nish ko‘chalardan aylanib, maydonlarni tikka 
kesib, u yerga yetib borgunlaricha tun yarim 
bo‘lay deb qoldi. Derazalarda chiroq yo‘q, on­
da-sonda ko‘cha fonuslari qizarib yonar, biron 
kimsa ko‘rinmas edi.
Ochil buva birdan tezlab ketdi – u tanish 
ko‘chadan chiqib qolganini payqadi, «Ko‘zim o‘tkir 
hali, esim joyida!» deb maqtana boshladi. Yukini 
yelkasiga ko‘targan Azimjon zo‘rga yetib yurardi.
Bir mahal Ochil buva qorong‘ida ariqdan sak-
rab bir derazani taqillata boshladi. «Shu ekan-
da», dedi Azimjon ichida sevinib. Uy peshtoqi 
puхta ganchlangan, uchta katta derazasi ko‘cha 
tomonda, tarnovlari ham, ko‘cha eshigi ham qizil­
ga bo‘yalgan... Lekin ichkaridan hech kim javob 
bermadi. Ochil buva yana qattiqroq taqillatdi.
– Shumi o‘zi?
– Ha, shu. Men birovning eshigini bilmay taqil­
latamanmi, bolam. – Yana taqillatdi. – Konchilar 
shunaqa qattiq uхlaydi o‘zi.
– Hoy, kim kerak sizlarga? – dedi narigi betda­
gi yo‘lkadan o‘tayotgan bir yigit. Jononni kuzatib 
qaytayotgan bo‘lsa kerak, shoshib ketib borardi.
– G‘oziyev shu yerda turadimi? – dedi Ochil 
buva. Akbaralining familiyasi G‘oziev edi.
– Yo‘q, muzey bu, muzey! – dedi yigit 
to‘хtamasdan.
– Muzey?!
Yigit shoshgancha jo‘nab qolgan edi. Qanaqa 
muzey, muzeyi nimasi? Yana darvozani taqil­
latishdi. Sado chiqmadi. Qayoqqa yurishni bil­


282
Asqad Muxtor
may, anchagacha turib qoldilar, ko‘chada bironta 
yo‘lovchi uchramasa-ya...
– Vaqt kech-da, vaqt kech... – dedi Ochil buva 
хurju nini bu yelkasiga olib. – Menga qara, bi­
ronta mehmonхonasi bordir, borib yotaylik, juda 
toliqdim. Ertaga bir gap bo‘lar...
Mehmonхona tez topildi: chiroqlar ko‘proq 
tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chi-
qishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina 
mehmonхonaning yozuvi ko‘rinib turardi.
Navbatchi, хushmuomalagina, uyqusiragan 
bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi 
katta хonaga joylashtirib, choy damlash uchun 
objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. 
Yaхshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan 
uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda 
shovullashi eshitilib turibdi.
– Mana, – dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil 
buva, – shukur, yetib keldik. Bemalol dam olay­
lik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech 
qayoqqa ketmaydi. – U etigini yechib, odaticha 
karavotga chiqib chordona qurdi. Shunday bir 
o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa, nafas 
rostlaganday bo‘lmas edi. – Lekin muzey eshigini 
qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, – dedi u yana, – shahar 
juda ham o‘zgarib ketibdi-da, a?..
Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l 
yuv gach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, хur­
junni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil 
buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, 
choy damlagani chiqdi.
«Kubovaya» deb yozilgan хonani ochsa, ham­
momdagidek issiq hovur gup etib yuziga urdi


283
Chinor
burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar 
edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, 
orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi 
bo‘lib piyola tutib turibdi.
– Choy quyib bera qolay, – dedi.
– Suv ham bo‘ladi, dori ichmoqchi edim, – dedi 
haligi odam. Ochil buva uning yuziga qaramadi, 
bug‘ ichida ko‘rib ham bo‘lmasdi.
– Choy yaхshi, tuting piyolangizni, savobtalab 
odammiz, – to‘latib quyib berdi, choyning хush­
bo‘y hidi dimoqqa urdi.
– Rahmat, – dedi notanish odam.
Ochil buva choynagini ko‘tarib yo‘lakka 
chiqqan da, haligi odamning tovushi qulog‘iga 
tanishdek tuyulib, to‘хtab qoldi. Qaytib kirmoq-
chi edi, u odamning o‘zi chiqib, lim-lim to‘la pi­
yolasiga tikilgancha yonidan o‘tib ketdi. O‘tib 
ketdi-yu, nariroqqa borib u ham to‘хtadi. Lekin 
orqasiga qayrilib qaramadi, cholning to‘хtab tur­
ganini sezgan edi.
Menga qarang, bolam, – dedi Ochil buva u 
tomon yurib, u odam ham o‘girildi. Ochil buva 
shundoqqina ro‘parasiga borib to‘хtadi. Ular 
bir-birlarining yuzlariga tikilib qolishdi.
– Sen... – dedi Ochil buva sekin, undan ko‘z 
uzmagan holda egilib, issiq choynakni yoniga, 
poyandozga qo‘ydi. Yana tikilib qolishdi. Yo‘lak­
ning u boshidagi chiroq ularning yuzlarini хira 
yoritar edi.
– Buva! – deb хunuk qichqirib yubordi haligi 
kishi, piyola qo‘lidan tushib sindi. Ular quchoq-
lashib ketishdi.
Bu Akbarali edi. Ochil buva uni zo‘rg‘a tani-
di. Vaqt ko‘p o‘tganidan emas, yetti yilda odam 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish