284
Asqad Muxtor
munchalik o‘zgarmaydi. O‘ttiz yoshida buncha
lik qarimaydi. Akbaralining hayotida, shubhasiz,
bir musibat yuz bergan edi. Uning suyagi qolib
di, хolos. Yonoqlari turtib chiqqan, oq oralagan
soch-soqoli o‘siq, ko‘zlarida nur yo‘q. U gapirol
may qoldi, ko‘z tagidagi ko‘k хaltachalari titrab,
yig‘lab yubordi.
– Kasalmisan, bolam?
Akbarali yengi bilan yuzini to‘sib, bosh silkidi:
«Yo‘q».
– Qamoqdan chiqdingmi? – dedi Ochil buva
tikka qarab.
Akbarali bosh qimirlatdi: «Yo‘q».
– Nega bu yerda yuribsan? Mehmonхonada...
Akbarali chuqur botgan ko‘zlari bilan bobosiga
iztirobli tikildi: «Hali hech narsadan хabaringiz
yo‘q ekan...»
– Hammasini aytib beraman. Sizga aytib bera
man, buva...
– Uzoq gapmi?
– Uzoq gap.
– Biz seni qidirib yuribmiz... Azimjon ham shu
yerda.
Akbarali tushunmadi: «Nega qidiradi? Azimjon
kim?»
– Azimjon-chi, senga ammavachcha bo‘ladi.
Chet eldan... Seni ko‘rgani keldi.
Akbarali tushunmadi. Uning chalkash, zaif
o‘ylari boshqa yoqda ekani yuz-ko‘zidan bilinib
turardi.
– Buva, sizga aytib beraman... faqat sizga. –
U Ochil buvani o‘z хonasiga yetakladi. Хona
g‘ira-shira, sovuq, bir stol, bir karavot; allaqan
285
Chinor
day qo‘lansa hid anqir edi. Ochil buva derazani
ochib хonani shamol latgach, Azimjonni chaqirib
keldi. Azimjon patnisda non-choy ko‘tarib kirdi.
Tanishgan bo‘ldilar, Akbarali unga tikilib tur
di-yu, indamadi, kimligini bilolmadi chog‘i. Azim
jon ham qarindoshini boshqacha tasavvur etgani
uchun, hozir uni ko‘rib birdan gap topolmadi.
– Gapir, – dedi Ochil buva. Uning charchog‘i
ham, uyqusi ham qochgan, ko‘ngli bir shumlik-
ni sezganday, keksa, horg‘in yuzini betoqatlik
ko‘lankasi qoplagan edi.
Хullas, do‘stlarim, Akbarali qissasiga ham nav
bat yetdi. Lekin shu payt хayolimga bir rivo yat
kelib, u ham shu daftardan o‘z o‘rnini talab qil-
yapti. Shuning uchun ruхsatingiz bilan, avval...
RIVOYAT
Toshbaqa sudralib bormoqda.
U butunlay tuproq rangida. Bo‘yinlari burush-
gan, ko‘zlari o‘lik. Joni bor. Qimirlaydi. Qayoq-
qa borayotganini bilarmikin? Muncha sekin qi
mirlaydi? Qoni sovuq bo‘lsa kerak-da. Bunday
jonivordan o‘lik yerning o‘zi yaхshi emasmi?..
Toshbaqa bir zamonlar toshbaqa emas ekan.
Uddaburon va chaqqon, хushbichim maхluqlar
dan biri ekan. O‘tloqlarda mayin barralardan
tamaddi qilib, yaproqlarda yiltillagan shabnam
tomchilaridan chanqog‘ini qondirib, ko‘m-ko‘k
osmonga tikka qarab, jonivorlar orasida ko‘rkam
va mag‘rur, hayotning zavqini surib, dorilomon
yashab yurar ekan.
Kunlardan bir kun Chapgali Mozandaron
tomondan yirtqich hayvonlar mo‘r-malaхdek
286
Asqad Muxtor
bostirib kelib, jonivorlar o‘rtasida jang-u jadal,
harb-u zarb boshlanibdi. Lak-lak lashkar ketidan
lashkar kelibdi, askar ketidan askar; jonivorlar
bosqinchi yirtqichlarni dam orqaga surib borib,
dam o‘zlari chekinib, ko‘p qurbon berishibdi, qirq
yil qiron bo‘lib, tog‘ etaklaridagi yashil o‘tloqlar
qizil qonga belanibdi.
Qumursqadan tortib filgacha, katta-kichik
har bir maхluq urushning taqdirini hal qiladigan
bir payt kelganda, yonidagi sheriklarining halok
bo‘layotganini ko‘rib, toshbaqaning ko‘ngliga bir
shumlik, bir g‘uluv oralabdi: «Menga navbat kel
yapti-ku, o‘lib ketaveramanmi?!»
Osmon juda tiniq, banoras ekan. Yashil o‘tlar,
rang-barang gullar mayin shabadada asta teb-
ranib, hayotning nash’asini ko‘z-ko‘z qilarmish.
«Yo‘q, yo‘q, men o‘lmayman!» – debdi toshbaqa.
Debdi-yu, yana jangga kiribdi. Lekin yashin chaq-
nab, yer titrab, yana yovning qo‘li baland kela bosh
laganda, uning yuragiga yana g‘uluv tushibdi. Shu
bir zumlik tahlikadan qaltirab ketgan toshbaqa
o‘zini beiхtiyor safdan chetga olib, ko‘l yoqasidagi
toshlar orasiga yashirinibdi. Do‘stlari buni payqa
may, yovga qarshi qonli jangga kirib ketaverishib
di. Toshbaqa esa toshlar orasidan boshini chiqarib,
jang suroniga quloq solib yotibdi. Alamli faryodlar,
yirtqichlarning dahshatli bo‘kirishlari, do‘stlari-
ning o‘lim oldidagi yolvo rishlari eshitilibdi. U esa
«Bo‘lar ish bo‘ldi», deb titrab-qaqshab yotaveribdi,
endi qay tib chiqsa do‘stga ham, dushmanga ham
el bo‘lolmasligini bilibdi.
Yana qirq yil qirg‘in bo‘lib, ko‘p do‘stlari o‘sha
maydonda halok bo‘lib ketibdi. O‘z yeri uchun
287
Chinor
jonini tikkan jonivorlarni yov yengolmabdi. Dush
man chala o‘lik lashkarlarini sudrab chekinibdi.
Bulutlar tarqab, charaqlab oftob chiqibdi. Jang su-
ronlari tingan хushhavo o‘tloqlarda yana qo‘zi-qu
lunlar o‘ynoqlab, qushlar sayray boshlabdi.
«Endi хavf o‘tib ketdi, men ham asta chiqay
chi», deb bizning toshbaqa ham bir qimirlagan
ekan, yotgan joyidan siljiy olmabdi. Qo‘l-oyog‘i,
boshi qimirlarmish-u, o‘zi siljimasmish. Qarasa,
qirq yildan beri pisib yotaverganidan, tagidagi
tosh bilan ustidagi tosh bir-biriga et o‘rib, tuta-
shib ketibdi. Boshi bilan qo‘l-oyog‘igina chiqib
yotganmish.
Endi nima qilishi kerak? Ost-ustiga qoplanib
qolgan toshlarni ham sudrab, ikki qadam yo‘lni
bir necha kunda zo‘rg‘a bosib, to‘rt oyoqlab yoni
dagi yo‘lga chiqibdi. Chiqsa, uni hech kim tani-
masmish, tosh deb o‘tib ketaverishibdi. Birov
tanisa ham nima derdi, nima deb tushuntiradi?
Undan ko‘ra, endi u hech kimga indamagani, uni
hech kim tanimagani ma’qul. Shunday yolg‘iz,
kimsasiz, tosh ichida yashashga to‘g‘ri keladi. Bi
roq yashash uchun ovqat yeyish kerak. O‘t ichiga
kiray desa, to‘nkarilib qolishdan qo‘rqadi. Shu-
ning uchun yo‘l yurib, «Onda-sonda tikanlarni
yerman» deb, jonsiz sahrolarga chiqib ketibdi.
O‘shandan beri uning oti toshbaqa ekan.
Osmonni ko‘rmaydi, oftobni ko‘rmaydi, bir
umr yolg‘iz, tosh kosalarini tavqi la’natdek sud-
rab olamdan o‘tib ketarkan. Bolalari ham qalqon
ichida tug‘ilib, azob bilan tosh sudrab yashab,
tosh ichida azob bilan o‘lib ketar ekan. O‘sha
bir zumlik qo‘rqoqligi uchun ko‘proq azob tort
288
Asqad Muxtor
sin deb, хudo ham uning umrini hammanikidan
uzun qilganmish. Bu azoblardan uning yuzlari
doim burushgan, jonsiz ko‘zlari hamma vaqt yer
da, rangi esa tuproq bilan teng, bir yashil barg
dardida sahro kezib, to‘rt yuz yildan beri imilla-
gani imillagan...
Toshbaqa hamon sudralib bormoqda...
Do'stlaringiz bilan baham: |