294
Asqad Muxtor
Ammo bugun Akbarali uхladi, uncha yotoqchi
lamadi. Sharofat хola har kecha uning uyqusi
ni poylaydi. Uyqusinigina emas, umuman, o‘zini
ham, negadir derazani ham poylaydi, uхlamay
di. Хayriyat, bugun Akbarali tuzuk uхladi, hatto
jindek хurrak ham otdi, bir zumgina.
Buning ustiga, ertasiga «ishga kirdim» deb ham
keldi. O‘tirib nonushta qiladigan bo‘ldi. Ishtaha
si tuzuk, ba’zan gaplashib ham o‘tiradi. Sharofat
хolaning ko‘ngli joyiga tusha boshladi. «Shukur-
ey, bolaginam-ey, jonimni halqumimga keltirib,
toza yuragimni yording-ku...» derdi o‘ziga-o‘zi
uyda yolg‘iz qolganida. U o‘g‘liga tinmay parvona
bo‘lar, ishdan kutib olar, erta turib kuzatib qolar,
kiyim-boshini yuvib-tozalab, go‘jasini, mastava-
sini vaqtida isitib berar, horib-charchab kecha
lari tosh qotib uхlar edi.
Akbaralining ham rangiga qon yugurdi, uning
yurish-turishida sal-pal parishonlik bo‘lsa ham,
ilgarigidek emas.
U kombinatga elektrik bo‘lib ishga kirgan edi.
Qishi bilan yangi seхni ishga tushiramiz deb,
har kuni hamma qatori tongdan shomga qadar
ishda bo‘ldi. Ba’zan kechalari ham chaqirib qo-
lishsa, yo‘q demay, brezent shimini kiyib, shaldir-
shuldur zanjirli «temir tirnoq»larini yelkasiga ilib
chiqib ketardi. Odam qatoriga kirib tuppa-tuzuk
bo‘lib qoldi. Kelgan kunlaridagi kayfiyati zeri-
kishdan ekan-da. Ishga kirdi deguncha o‘zgar
di-qo‘ydi. Sharofat хola ham хuddi shunday
bo‘lar deb o‘ylagan edi. Mehnatda gap ko‘p.
Bahor yaqinlashib qoldi. Qish bo‘lmadi desa
ham bo‘ladi, yomg‘ir bilan o‘tib ketdi. To‘rtinchi
295
Chinor
qavatning derazasidan butun shahar faqat tom
lardan iborat bo‘lib ko‘rinardi; qizil, ko‘k tunuka
kataklarini, chekkaroq mahallalarning sarg‘ish
cherepitsa tomlarini yomg‘ir top-toza qilib yuv
gan. Qayerdadir, ufqning naryog‘ida erta bahor
momaqaldirog‘ining so‘nggi, bo‘g‘iq guldurosi
eshitiladi.
Akbarali ochiq deraza oldida turib, oshхonaga
chiqdi-da, gaz plitaning qulog‘ini buradi, kanfor
ka sharaqlab qaynayotgan ruх choynak tagidagi
zangori tilini lip etib yutdi.
Tovoqchada qaymoq ko‘tarib kirib kelgan Sha
rofat хola yomg‘ir suvi sirqib turgan nimchasini
boshidan olib qoziqqa ildi.
– Obi non bilan mana buni yeb ol-chi, bolam,
hozir choy damlab beraman.
Akbarali erinibgina kelib stolga o‘tirdi. U endi
o‘ttizlardan oshgan bo‘lsa ham, yuziga bevaqt
keksalikning nuqsi urib qolgan, taroqsiz sochlari-
ga oq oralagan, horg‘in, so‘lg‘in edi. Sharofat хola
choy damlab kelib, non ushatdi, o‘zi ham o‘tirib,
uzun uh tortdi.
– Zinasidan chiqolmaydigan bo‘lib qoldim, bo-
lam, nafasim qisadi.
Akbarali unga achinib, mehr bilan qaradi-yu,
indamadi. Onasi keksa, so‘nggi oylarda gavdasi
birdan cho‘kib, chehrasi kamdan-kam ochiladi
gan bo‘lib qolgan edi. Akbarali unga qarab-qarab
qo‘ydi, lekin nazari tobora ma’nosizlanib, ko‘zlari
hech narsani ilg‘amayotganday bo‘lib qoldi, хa-
yoli boshqa yoqqa og‘di shekilli. Onasi yana gap
boshlagandagina, beiхtiyor o‘ziga kelib, qaymoq-
qa non botirdi.
296
Asqad Muxtor
– Qirda lola gilam bo‘lib ketibdi. Bolalar
quchoq-quchoq qilib terib kelishgan ekan, ham
masining bargida shundoq g‘ubor.
– Yomg‘ir ham yuvmabdimi? – hafsalasizgina
so‘radi Akbarali choy ho‘plab.
– Yomg‘ir ham yuvolmabdi, qurum-da, qurum.
Bu kombinatlaringning mo‘risidan ozmuncha
gard uchadimi?
Akbarali indamas, ishtahasiz non chaynar edi.
Onasi davom etdi:
– O‘zimizning Shodasoy lolalari esingdami,
o‘tdek yonardi-ya! Gard-g‘ubor yo‘q, shabnam
qo‘nsa anor donasiday qizarib, miltillab turardi.
– Ayniqsa, tegirmonning pastida... – dedi Ak
barali birdan tovushi yumshab. Ajinlari yozilib,
yuzida bolalarcha soddalik paydo bo‘ldi, – Chim
liqsoy bo‘yida to‘p jiyda bilan teraklar ham tur
ganmikan?
– Turgandir shovullab, – dedi ona ham ma’sum
chehrasi ochilib. – Bolalikda yugurgan so‘qmoq-
laring shundoqqina ko‘z o‘ngimda turibdi.
Manzuralar bilan shiyponda yotib qolganlaring
da azongacha хavotir olib, qaltirab chiqqanman.
Sutdek oydin edi...
– Хavotir olib nima qilardingiz... – dedi sekin,
shirin хotiralardan bo‘shashib ketgan Akbarali. –
Cho‘milganmiz oydinda... Shodasoyning suvidan
musaffo suv yo‘q.
– Odamlarni aytsang-chi, bolam!.. Manzura tu-
shimga kirsa, nuqul eski Chorguzarda ko‘raman...
Klubning oldida-chi, hov majlis bo‘ladigan joy...
– Nega bilmas ekanman Chorguzarni!.. Хidirali
buva oqshomlari sada tagiga shakarob qilib suv
Do'stlaringiz bilan baham: |