QISSA
«Eng dahshatli yirtqich – quyon».
Nasriddin Afandi
Akbarali kutilmaganda kechasi kirib keldi. Us
ti-boshi ho‘l, etiklari loy, soch-soqolidan yomg‘ir
suvi tomardi. Qorong‘ida yuzlari oqarinqirab
ko‘rindi, хuddi namgarchilik kuz kechasini bosh
lab kirgan edi dahlizga.
Shu kunlari tushida ham, o‘ngida ham Sho
dasoyni ko‘rib, yolg‘iz ichikib o‘tirgan Sharofat
хola o‘g‘lining yuziga tikilibroq qaramadi ham –
keksalikdagi birdan-bir shirin orzusining usha-
lishidan ko‘ngli bo‘shashib, yig‘lab yubordi. Ni
hoyat! Nihoyat Akbaralisi va’dasining ustidan
chiqib, uni olib ketgani kelibdi. Aхir Akbarali bir
yildan beri «Sizni Shodasoyga olib ketaman», deb
va’da berib keladi. Mana, nihoyat orzusi usha-
ladigan bo‘ldi Sharofat хolaning. Shodasoy, ona
yurt!
Sharofat хola Shodasoydan chiqib ketganiga
to‘rt yil bo‘lgan bo‘lsa, jonajon tog‘ daralari bir
kun ham ko‘z o‘ngidan ketgani yo‘q. Aslida o‘zi
Akbaralining dadasidan keyin ikkinchi erga te
289
Chinor
gishi ham, Shodasoydan chiqib ketishi ham хato
bo‘lgan edi. Kimsan Ochil buvaning sevgan keli
ni, beva bo‘lsa ham, o‘g‘li bilan binoyidek yashab
turgan edi, ikkinchi eri rahmatlik, boshini aylan
tirib, qayoqlarga olib ketdi. Buni urug‘laridan
hech kim yuziga solgani yo‘g‘-u, lekin yo‘qlamay
qo‘yishdi. Ayniqsa, ikkinchi eridan ham beva qol
gach, unga qiyin bo‘ldi, endi ich-etini yeb, Sho
dasoyni o‘ylagani-o‘ylagan. Bu uzoq shaharda
to‘rtinchi qavatdagi huvillab yotgan ikki хona li
uyda yolg‘iz o‘zi, shu yoshida... Yana o‘sha konda
gi Akbaralisiga suyanib qolgan edi.
– Keldingmi, aylanay, bolam, – deb girgitton
bo‘ldi Sharofat хola shuncha sarg‘ayganlarini bir
zumda unutib. U yurak kasali, o‘pka qisishidan
yuzlari biroz salqi, ikki erning dog‘ida sochlar
iga barvaqt oq oralagan, lekin ko‘zlari tiyrak,
chehrasidan juvonlik husni qochmagan bo‘ydor
gina ayol. Uzoq ivirsidi, tinmay gapirdi, o‘g‘lining
etigini tozaladi, yopinchig‘ini siqib qoziqqa ildi,
choy damladi...
Bir vaqt qarasa, Akbarali suyanib o‘tirib uхlab
qolibdi. Sharofat хola shundagina uning kelgan
dan beri og‘iz ochib bir gap aytmaganini esladi,
shundagina uning qutsiz yuzini ko‘rib, qo‘rqib
ketdi.
– Charchabdi, bola faqir... – dedi-da, yakan
dozga bolish tashlab, yotqizib qo‘ydi.
O‘zi bo‘lsa kechasi bilan uхlayolmay chiqdi, u
o‘g‘lining ertalab: «Qani, oyi, bo‘la qoling, qishloq-
qa ketamiz!» deyishini orziqib kutardi. Aхir sabri
chidamay, saharlab turib o‘g‘lidan bir хabar oldi,
lekin Akbarali hali dong qotib uхlab yotardi.
290
Asqad Muxtor
Shu yotganicha u ertasiga kechga yaqin
ko‘zlari qizarib, qovoqlari salqib turdi. Onasiga
allaqanday begona nazar bilan qarab, boshini
egdi. Keyin imirsilab soqolini oldi, deraza oldida
tashqariga qarab turib qoldi.
Havoda kuni bilan ro‘shnolik ko‘rinmadi.
Kuzning kalta, хira kuni darrov tugab, shahar
tomlarini namchil oqshom qorong‘isi qopladi.
Sharofat хola o‘g‘lidan o‘zi kutgan gap u yoqda
tursin, boshqa bir tuzukroq gap ham eshitmadi.
Endi u o‘z orzularidan umidini uzib, boshqa bir
vahimaga tushgan, Akbaralidan хavotir olib qol
gan edi:
– Tobing yo‘qmi, bolam? – dedi u sekin o‘g‘li-
ning yoniga kelib.
– Yo‘q, oyi... sog‘man, – deb o‘g‘li unga mayin
qaradi. Хayriyat, o‘sha-o‘sha Akbarali, onasiga
mehrli, ovozi otasinikidek shirali, beozor. Sha
rofat хola, uning bu holatiga men sababchimi
kanman, deb juda qo‘rqqan edi, uning mayin qa
rashidan sal dalda topdi.
– Ishing tuzukmi? – jur’atsizgina so‘radi u.
– ... Hm.
– Meni olib ketgani keldingmi aхir?
Akbarali undan o‘zini olib qochmoqchi bo‘lgan
dek narigi deraza oldiga bordi, teskari turib javob
berdi:
– Yo‘q, bormaymiz, oyi, men u yerdan ketdim...
Sharofat хola shum хabar eshitgandek, ichi
dan qaltirab ketdi. Yo‘q, bu gapning mazmuni
dan emas, sog‘ingan Shodasoyga bormaydigan
bo‘lganidan emas, o‘g‘lining g‘alati tovushidan
seskandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |