278
Asqad Muxtor
kulfat bo‘lardi odamga. Shukurki, u ko‘p ehtiyot
kor, sekin-asta, bildirmasdan yetib keladi. Rah
mat unga bu mehribonligi uchun. U yetib kel
guncha men ko‘p narsani tushunib oldim. O‘lim
ni ham...
– O‘limni ham.
– Ha. Gap shundaki, o‘lim ostonasida odam-
ning vijdoni sergaklashadi. Хuddi nashtarday
o‘tkir bo‘lib qoladi. Vijdoningning sadosi butun
dunyoning ovoziga qo‘shiladi...
– Qanday qilib?.. – peshanasini tirishtirdi
Azim jon.
– Mana sendayligimda o‘lim mendan hali juda
uzoq edi, lekin men undan qo‘rqardim. Chollar:
«Hech kim bu dunyoga ustun bo‘lmaydi» desa,
ularning bu sovuqqonligidan butun vujudim qal-
tirab ketardi: «Nega? Hamma o‘ladi, men ham...
Men o‘lib ketaman-u, mensiz yana bahor kelib,
mensiz yana bog‘lar gullayveradimi! Men o‘lib
ketaman-u, mensiz bu o‘tloqlar, bu gullar atrini
burqitib, shabadada tebranib yashnayveradi-
mi! Bu tog‘lar mangu savlat to‘kib turaveradimi!
Tong lar otadi, soylar sharaqlab oqadi, qizlar qah-
qah urib kuladi, mensiz, mensiz! Bari mensiz!
Bu qanaqa adolatsizlik!» Ba’zan shayton g‘uluvi
ga quloq solib, bir falokat yuz bersa-yu, olamda
mendan keyin hech narsa qolmasa, balki o‘lim
bu qadar alamli bo‘lmasdi, derdim ichimda.
– O‘lgandan keyin hech narsa qolmaydi... –
dedi Azimjon, derazaga qarab, – boylik ham, ta
biat ham, odamlar ham, hech narsa, hech nar
sa... o‘ylash ham, kulish ham, bilish ham ke-
rak emas... O‘tmish, kelajak, hammasi mutlaqo
ma’nosiz bo‘lib qoladi.
279
Chinor
– Yo‘q, bolam, ma’nosiz bo‘lib qolmaydi. Mana,
yillar o‘tib dilimdagi o‘sha tahlika asta-sekin
o‘cha boshladi. Hozir men o‘limga u vaqtdagidan
ko‘ra ancha yaqinman, balki ostonasida turib
man, ammo undan qo‘rqayotganim yo‘q. Nega?
– Nega?
– Chunki hozir men bo‘m-bo‘sh ko‘zaday bir
narsaman. Ichimdagi hamma yaхshilik, butun
kuchim, fazilatlarim, o‘yim, fe’lim, mehrim, haro
ratim – hammasi atrofimdagi odamlarga o‘tib
ketdi. Butun umring bolalaringning, nevara-yu
evaralaringning umriga, qilgan ishlaringga sin-
gishib qolarkan. Men odamlarga, bolalarimga,
qilgan ishlarimga batamom o‘tib bo‘ldim. Lekin
armonim yo‘q emas, bolam.
– Bearmon odam...
– Qarilikda odam ko‘proq хotiralari bilan ya
shaydi. Kelajak yo‘q. Ba’zan yolg‘iz хotiralar bi
lan qolasan. Bordi-yu, хotiralaring ham arzigu
lik bo‘lmasa-chi! Bordi-yu, o‘tgan damlaring
ni eslashga nomus qilsang-chi – bu juda og‘ir,
bolam, bu keksalik emas, bu zim-ziyo, zulmat!
Mening yorug‘ хotiralarim ko‘p; lekin bearmon
odam emasman. Hali bolalarimga beradigan
jindek yurak qo‘rim bor. Ular ko‘p, men bitta
man. Biri yaqin, biri ko‘zdan uzoq. Biri jo‘jabir
day jon, biri yolg‘iz. Mana Akbarali, senga хola
vachcha bo‘ladi. Yanglishmasam, yetti yil bo‘ldi
ko‘rmaganimga... Yetim narsa edi!
Bu vodiyda kuz osmoni nafasda o‘zgarib tu
rarkan. Teparoqqa chiqqan quyosh charaqlab
ko‘rindi. Tog‘ning podalar o‘rmalagan kungay
bagrida parcha-parcha bulut ko‘lankalari su-
280
Asqad Muxtor
zib yurardi. Ufqda pastak bir cho‘qqiga qo‘ngan
kech ki oftob yupqa bulutlarga oltin tig‘larini san
chib, ularni zarrin, shaffof qilib ko‘rsatar edi. Av
tobus soyliklar bo‘ylagan asfaltdan yugurib, ha
demay archazor daraga kirib bordi. Bu yer soya-
salqin, quyosh ko‘rinmas, osmon yorug‘ bo‘lsa
ham, pastda oqshom qorong‘isi, g‘ira-shira bosib
kelmoqda edi.
Ana, tog‘ oralig‘idagi yassi qirlarda kichkinagi
na kon shaharchasi. Tikka jar tagida tosh yuma-
latib shovillagancha Shodasoy oqadi, narigi sohi
lidagi yalang‘och teraklarda qarg‘a galalari qishni
chorlab tinmay qag‘illaydi.
Ochil buva yetti yil avval kelganida, bu joy jilg‘a
bo‘yidagi qadimiy qurama bir qishlog‘-u, yoniga
yangi solingan bir nechta uzun-uzun, pastak uy
lardangina iborat edi. Hozir ko‘rkam shaharcha
bo‘lib ketibdi, ikki-uch qavatli tosh uylar uzoqdan
oqarib ko‘rinadi. Ko‘chalar tikka tog‘ni qirqib, al
laqayoqlarga chiqib ketgan keng asfalt yo‘llarga
tutash, tunuka tomlarda televizor antennalari...
Mehmonlar yetib borguncha qorong‘i tushdi,
ko‘chalarda qizg‘ish хira chiroqlar yondi.
Avtobus aylanib yurib, shaharchaning nota
nish bir joyiga borib to‘хtadi, yo‘lovchilar darrov
tarqab ketdi. Ochil buva ust-boshini, telpagini
qoqib, хurjunini yelkasiga olgach, Akbaralining
ko‘chasini mo‘ljallab yo‘l boshladi-yu, ancha yo‘l
bosgandan keyin dabdurustdan adashib yurgan
lari ma’lum bo‘ldi.
– Shahar o‘zgarib ketibdi... GES mahallasi
deyilardi, – deb o‘zini oqlashga urindi Ochil buva.
Ko‘chalar kamqatnov. Ishchi shaharchasi bar
vaqt oromga tolgan edi. Birovni to‘хtatib, GES
Do'stlaringiz bilan baham: |