Qudrat Hikmat va Nosir Fozilov ijodi Avazova Dildora Mavzu:Qudrat Hikmat va Nosir Fozilov ijodi Reja: 1. Qudrat hikmat 2. Nosir Fozilov Qudrat hikmat (1925 - toshkent — 1968.10.4) — bolalar shoiri. Toshkent pedagogika instituti kechki boʻlimini tugatgan (1957). Respublika gaz.Larida adabiy xodim (1950—53), badiiy adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1960—68). Dastlabki sheʼriy toʻplami — "mening vatanim" (1950). "Baxtli bolalar" (1951), "obodlik" (1953), "doʻstlik" (1954). "Uch oʻrtoqning sovgasi" (1957), "nevara mehri", "chirchiq farzandi" (1961), "alisher va kitob" (1962), "ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak" (1963), "soatjonning soati" (1964), "toshbaqalar hujumi" (1965), "shamol botir" (1966), "daydi bola", "oʻgʻlim bilan suhbat" (1970), "olmos mening yuragim" (1983), "mening yuragim" (1986) va boshqa toʻplamlarga kirgan sheʼr, ertak va dostonlari onavatan madhi, tabiat va fasllar tasviri, bolalar hayoti hamda taʼlim-tarbiya muammolariga bagʻishlangan. Q.H.Ning vatan madhidagi "mening vatanim", tabiat va fasllar tasviridagi "bu qaysi fasl?", "Togʻ manzarasi", "ertalab", yangi yil taʼrifidagi "yasha, yangi yil", "biz ekkan archa", xalq ogʻzaki ijodidagi oʻyin qoʻshiqlari asosida yaratgan "oq terakmi, koʻk terak?", "Chillak oʻyini" singari sheʼrlari ifodasining soddaligi, serboʻyoq va yorqin manzaralar yaratilganligi bilan ajralib turadi. Q.H. Tugʻma bolalar shoiri sifatida oʻzbek bolalar sheʼriyatiga yangi badiiy tovlanishlarni olib kirgan, uning vazn, band, qofiya tizimini bolalar ruhiyatidan kelib chiqqan holda isloh etgan. Fozilov nosir (1929.10.6, qozogʻiston respublikasining turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). U rta osiyo universitetini tugatgan (1954). "Gulxan" jur.Da masʼul kotib(1955—59), gʻafur gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959—63; 1975—82), "sharq yulduzi" jur.Da masʼul kotib (196375; 198284; 198692). Birinchi toʻplami — "irmoq" (1959). "Oqim" (1962), "robinzonlar" (1964), "qush qanoti bilan" (1965), "qorxat" (1968), "koʻklam qissalari" (1970), "bolaligim — poshsholigim" (1989), "bir otar toʻpponcha" (1995), "shum bolaning nabiralari" (1995), "toshkentning nosi" (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1] Yozuvchi nosir fozilov adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir. U 1929 yili qozogʻistonning chimkent viloyatiga qarashli turkiston tumanidagi qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi tursunmuhammad aʼlam “gʻurbatiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, xislat, sidqiy-xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib ijod qilgan. Toshkentda uning uchta sheʼriy kitobi chop etilgan. Nosir fozilovning bolaligi urush davriga toʻgʻri kelganligi uchun ham oʻqib, ham ishlashiga toʻgʻri keldi. Shu tufayli u oʻz tengdoshlaridan ancha kech, yaʼni, 1949 yilda oʻrta maktabni tugatgan. Soʻng toshkentga kelib, oʻrta osiyo davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Uni 1954 yilda tugatadi. Shundan soʻng “gulxan”, “sharq yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi. E`tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |