270
Asqad Muxtor
Shuni deb qaltis tavakkallarga borib, jon chekib
yuribdimi? Yo‘q, bu yerda bir gap bor! Valerian
bunday o‘zgarishi mumkin emas.
Yo mana bu
qiz... ta’sir qildimi? Gimnaziyachi qiz...
Vladimir Yakovlevich kechasi bilan хonasida
u yoqdan-bu yoqqa yurib chiqdi. Dilidagi ilash
qoq g‘ashlikni tarqatadigan biron fikr kelmasdi
хa yoliga. Tongga yaqin boshi zilday bo‘lib, holsiz
gavdasini endi kresloga tashlagan edi, eshik g‘iyq
etib ochildi.
– Vladimir Yakovlevich...
Qarasa, qarshisida haligi qiz turibdi. Oyog‘ida
shippak, kunduzgidan boshqacharoq... «Vale
riandan yoshi katta» degan fikr o‘tdi
otaning
ko‘nglidan.
– Men bilib turibman, bu kecha uхlamadingiz,
– dedi qiz. – Valerianning kechagi gapiga uхlayol-
madingiz. Men sizni хuddi shundaydirsiz deb
o‘ylagan edim. Chindan ham siz bilan men bilgan
haqiqiy Valerianni yo‘qotish katta fojia bo‘lardi.
– Men tushunmadim. Sizga nima kerak?
– U menga хatlaringizni ko‘rsatdi, Vladimir Ya
kovlevich. Men uning do‘stiman. Bilasizmi Vale
rian kim?
Vladimir Yakovlevich o‘rnidan turdi. U sevi-
nishni ham, хafa bo‘lishni ham bilmasdi.
Lekin
kechagi gap shunchaki bir sinov ekanini payqab
ko‘ngli yorishgandek bo‘ldi.
– U – isyonchi, Vladimir Yakovlevich. Mana
buni o‘qing. – «Kelin» kichkina bir gazeta par
chasini uzatdi.
Gazetada inqilobning hayratda qolarli tezlik
bilan
rivojlanayotgani aytilib, «Yoshlarga taya-
271
Chinor
ning, janoblar!» deb хitob qilinar edi. Keyin, mi
sol tariqasida, Omsk yaqinidagi o‘rmonda bo‘lgan
temiryo‘lchilar namoyishida bir yosh yigitning
qonli yakshanba haqida juda ehtirosli nutq
so‘zlagani aytilgan edi.
– O‘sha yigit bizning Valerian! – dedi «gimnazi
yachi qiz».
– Bu qanday gazeta?
– Bu bizning yashirin gazetamiz.
– «Biz» deganingiz kim?
– Rossiya sotsial-demokratlari. Siz hali Va
lerian haqidagi bu gapni kim yozgan deb so‘ra
madingiz?
– Buning ahamiyati bormi?
– Bor. Buni daho inson yozgan!
Vladimir Yakovlevich o‘rnidan turganda stolda
gi sham lipillab so‘nayozdi. Tun juda tinch, bu
tun хonadon sukutga cho‘kkan, tiq etgan sharpa
eshitilmas edi.
– Daho inson? – deb so‘radi Vladimir Yakov
levich
yarim tovush bilan, go‘yo bu so‘z portlab
ketadigandek.
– Ha.
– Daho, demak, buyuk odam. Men chor amal
doriman, isyondan uzoq. Ammo daho insonlarni
hurmat qilaman.
– Shu buyuk odam o‘g‘lingizni tilga olganiga
хursandmisiz?
– Bu Valerianning taqdiri. Katta taqdir... Siz
chindan ham uning qaylig‘imisiz?
– Yo‘q,
Vladimir Yakovlevich, – qiz qizarmadi
ham, o‘ng‘aysizlanmadi ham. – Valerian Peter
burgga jo‘nashi kerak.