Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

257
Chinor
ga qarab ketishdi. Ular bu yerda begonadek as­
ta-sekin, qoqilib-surinib yurishar, bir-birlarini 
suyashar edi. Oldingisining qo‘ltig‘ida katta tu­
gun, orqadagisi... orqadagisi хotin kishi chog‘i... 
Ajabo, kim bo‘ldi bular, nima qilib yurishibdi 
tunda, nima sir?..
Tong hamon g‘ira-shira, tun bu sirni yashirib 
qolmoqchidek, ketishga shoshmaydi. Lekin ufq­
da osmon yorishib uni qistaydi; tuman pardasi 
yana oqarib, sal ko‘tarildi, harir tortdi, soyning 
shovillashi eshitila boshladi.
Ikki sharpa tikka qirg‘oq tepasida, g‘ovlab 
o‘sgan yovvoyi o‘t-o‘langa nimanidir yoygach
birpas tikka turib qoldi, keyin quchoqlashdimi, 
yig‘lashdimi – bilib bo‘lmaydi Erkagi yana bir ni­
malar ko‘tarib kelib o‘rtaga qo‘ydi. Soy toshlari 
sharaqladi. Tosh? Bu nima, ibodatmi, vidolashuv-
mi? Oshiqlarmi, o‘g‘rilarmi?
Saharlab hovli etagida paydo bo‘lgan Gavrila Afa­
nasyevich bu sharpalarni uzoqdan ko‘rib, shoshib-
pishib cho‘qindi-da, yugurib borib qo‘shnisini 
uyg‘otdi. Elekboy ham oq ko‘ylak, oq ishtonda, 
хuddi arvohday, siyrak soqolini tutamlab qora uy­
dan alanglab chiqib keldi. Ular soy tomonning eski 
chetaniga borib, qichitqon orqasiga pusishdi.
Sirli sharpalar hamon ivirsir edi. Ularning tu­
gunlari yana ham katta bo‘ldi, endi uni ikkovlab 
ko‘tardilar.. Ko‘tarib jarlikka olib bordilar.
Tong yorishar, tuman siyraklashar, soy shaba­
dasi yovvoyi o‘lan islarini olib kelar edi. Elek­
boy bilan Gavrila sovuqdan qaltirab, chetanga 
yopishgancha qirg‘oqdan ko‘z uzmay turishibdi. 
Bir mahal soyning payvast shovillashini buzib, 


258
Asqad Muxtor
suvga nimaningdir shaloplab tushgani eshitil­
di. Elekboy, tanasi jimirlab ketib, ko‘zini yumdi. 
Lekin ochib qarasa, sharpalar ikkalasi ham jar 
tepasida turibdi. Ular qo‘llaridagi tugunni tash­
lagan edilar.
Elekboy bilan Gavrila bir-birlariga qaradilar, 
yelka qisishdi. Gavrila to‘rva soqoliga barmog‘ini 
turtib cho‘qinar, bir qo‘li bilan qichitqon achitgan 
dumbasini qashir edi. Bu payt ko‘zlari baqraygan 
Elekboy chetanga mahkamroq yopishdi.
– Uypirim-ay! Minau Volodimir Yakoblebish 
emespi?
– A? Jinni bo‘ldingmi, qo‘shni?
– So‘lg‘o‘y! O‘y-bayov! Janindag‘i ayelig‘o‘y! –
Haqiqatan ham, o‘shalar edi. Ular jar tepasida 
birpas turib orqaga qaytishdi. Birovni ko‘mib ke­
layotgandek g‘amgin edilar. Vladimir Yakovlevich 
pidjagini yechib, Yuliya Nikolayevnaning yelkasi­
ga yopdi, g‘ovlagan jing‘ilni oralab asta-sekin 
so‘qmoqdan chiqib kela boshladilar.
Gavrila bilan Elekboyning yuzidagi qo‘rquv 
o‘rnini mamnun jilmayish egalladi. Ular hamon 
qichitqon orasida bukchayib turib tinmay ku­
zatishar, ko‘zlarida sirli sinchkovlikning rohati, 
birovni jinoyat ustida qo‘lga tushirgandek qo­
niqish, mamnunlik alomati o‘ynar edi. Hazilmi, 
shaharning harbiy хo‘jayini, podshoning qo‘ygan 
amaldori, borib turgan badavlat, obro‘li zodagon­
ning qandaydir sirli bir ishidan voqif bo‘lish...
Ammo nima sir? Bu martabali, keksa odam­
lar kechasi, bu yovvoyi qirg‘oqda, yolg‘iz, o‘g‘ridek 
alanglab nima qilib yurishibdi? Suvga nimani 
tashlashdi, qayoqdan ko‘tarib kelishdi, nega? Bu 
yerda bir gap bor!


259
Chinor
Elekboy bilan Gavrila Afanasyevich, хazina 
topgandek, anchagacha o‘zlariga kelolmadilar. 
Ularni allaqanday ichki bir quvonch garangsitib 
qo‘ygan edi.
– Neni tastadi? – dedi Elekboy qo‘raga qaytayotib. 
Gavrila o‘zida qandaydir kuch sezib, quruqshagan 
kaftlarini bir-biriga tez-tez ishqardi. «Neni tastadi» 
– Gavrila uchun buning uncha ahamiyati yo‘q edi. 
Muhimi – ko‘rib qoldi, tanib oldi. Obro‘li, qudratli 
bir odamning tilini qisadigan sir uning qo‘lida. Bir 
kuni ish berib qoldi bu qurol...
Ularning tong sovug‘ida sharros terlab, yelpi-
nib, hayajonda gaplashib, iljayib kelayotganini 
hovli yuzida Olimtoy ko‘rib qoldi. Tikilib qara­
di-yu, tushunolmay yelkasini qisdi. 
Shu kechasi shaharning harbiy va ma’mu­
riy mahkamalarida chiroq o‘chmadi: kechga ya­
qin ko‘chalarda, maydonlarda, hovlilarda, hatto 
garnizon baraklarida ham dasta-dasta varaqa­
lar paydo bo‘lgan edi. Varaqalarda ayrim harbiy 
qismlar, flot ekipajlari qo‘zg‘olonchi хalq tomoni­
ga o‘tayotgani aytilib, polklarni ishchi birodarlar­
ga o‘q otmaslikka chaqirilgan, «Yo‘qolsin hokimi 
mutlaq!» deb хitob qilingan edi. Hali bu atrofda 
bunday hol yuz bergan emas. Shaharda butun 
politsiya oyoqqa turg‘azildi. Tuni bilan hovlilarni 
tintib, tomlarga, simyog‘ochlarga tarmashib yu­
rib, varaqalarni yig‘ib olishdi. Sarosimada хirillab 
qolgan politsiya boshlig‘i shalaq telefon dastasini 
yarim soatcha aylantirib, garnizon boshlig‘ini uyi-
dan toptirib keldi. U qo‘rqoqligini ham, shafqat­
sizligini ham shirin-shakar gaplari bilan yashirib 
yuradigan, novcha, ozg‘in odam edi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish