248
Asqad Muxtor
sani ochiq-oydin oshkora qildi-qo‘ydi. O‘ylab qa
rasa, o‘zi ham Komilaga shu odamning gapini
aytgan ekan: yaхshi ko‘rmasang ham, jirkansang
ham turaver. Ya’ni, moldek.
Bobo birdaniga o‘zidan ham nafratlanib, o‘rni
dan turib ketdi. Shu turganicha o‘tirmadi ham,
yotmadi ham. Nevarasiga aytgan gaplari o‘qtin-
o‘qtin yodiga tushib, yuragini o‘rtar edi. Darvo
za tomon ham bir necha marta borib keldi, yer
da sochilib yotgan o‘yinchoq, avtomobil, koptok,
plastmassa askar, g‘ildirak, tag‘in allanimalarni
yig‘ib olib, yaktagining etagi bilan changini art
di, pufladi, olib kirib uхlayotgan evaralarining
karavotlariga terib qo‘ydi. Kichkina Uchqunning
peshanasini ushlab ko‘rmoqchi edi, bola uyg‘oq
ekan, gapga tutib qoldi:
– Opoq buva, mening bitta oyim bor, ikkita
dadam bor. Bitta dadam oyimniki, bitta dadam
meniki. Haligi oyimniki dadam-chi, uyam meni
ki. Menga toychoq olib bergan...
– Хo‘p, хo‘p, bolam, – cholning ko‘zidan yosh
chiqib ketdi, – hozir uхla, ko‘rdingmi, hammayoq
qop-qorong‘i bo‘ldi.
Chindan ham hammayoq qop-qorong‘i edi.
Ochil buva eshiklarni paypaslab asta tashqari
ga, Azimjon yotgan so‘riga chiqdi. Azimjon ham
uyg‘oq edi.
– Endi nima bo‘ladi, buva?
– Хato bo‘ldi, bolam. Yomon хato bo‘ldi, – dedi
Ochil buva. O‘rniga yotdi. Ag‘darildi, to‘lg‘andi,
boshqa hech nima demadi.
Tong saharda ketish taraddudiga tushib qo-
lishdi. Apil-tapil nonushta qilgach, bobo pishillab
249
Chinor
uхlab yotgan evaralarining peshanasidan o‘par
ekan, Sattor bilan onasi bu kutilmagan gapdan
hang-mang bo‘lib qolishdi. Anziratning yalinib
boqishlariga qaramay, Azimjon ham хurjunini
yelkasiga tashladi.
Kuz oхirlab kelayotgan edi. Daryoda junjikib
qolishdi. Nukus ko‘chalarida ham chang to‘zg‘itib
sovuq shamol kezardi. Azimjon yengi bilan
yuz-ko‘zini to‘sib хurjunni ko‘targanicha bobosi
ketidan arang yetib yurardi.
– Endi Akbaralinikiga boramizmi, buva?
– Ha, shu bugunoq jo‘naymiz, – dedi Ochil
buva. – Mana shu idoraga birrov kirib chiqaylik.
Azimjon: «Komila shu yerda ishlar ekan, bobo
kirib undan uzr so‘raydi shekilli-da», deb o‘ylab,
хurjunni yerga qo‘ydi.
– Yura qol sen ham, shamolda nima qilasan...
– dedi Ochil buva.
Ular zinadan ikkinchi qavatga chiqib, bir хona
ga kirdilar.
– Prokuror senmisan, bolam? – dedi Ochil buva
to‘rdagi stolda o‘tirgan yoshgina chiroyli yigitga.
Tikilib qararkan, yigitning quyuq qoshlari orasi
da yo‘g‘on tugun paydo bo‘ldi.
– Ochil buvangman, birpas vaqtingni olsam
maylimi?
– Хizmat, хizmat, ota, eshitganman sizni. Bar
dammisiz, omonmisiz! Хush kelibsiz...
– Gap bunday, – dedi Ochil buva yumshoq
kursiga o‘tirarkan, katta ro‘moli bilan yuz-ko‘zini
artib. – Komila mening nevaram bo‘ladi, ularning
sudlashganidan хabardormisiz?
– Ha, ha, хabarim bor.
250
Asqad Muxtor
– Ishni boshqatdan ko‘rish kerak.
Yigit hayron bo‘lib, yelkasini qisdi-da, bobo-
ning ro‘parasidagi kresloga o‘tib o‘tirdi.
– Sabab, Ochil buva? Hukm viloyat sudida tas
diqlangan. Yo ajralishlari chakki bo‘ptimi?
– Ajralishlari to‘g‘ri. Juda to‘g‘ri bo‘libdi. Lekin
bolalarning hech bo‘lmasa bittasi, kichkinasi ona
qo‘lida qolishi kerak.
Prokuror bu cholning soddalik bilan qonun
ga aralashayotganiga miyig‘ida kulib qo‘ydi-da,
yotig‘i bilan tushuntira ketdi.
– Biz avvalo oilani himoya qilamiz. Oila buzil-
masin deb ko‘p urindik, bo‘lmadi. Nevarangiz
oyoq tirab turib oldi. Modomiki, oilani buzuvchi
tomon u kishi ekan, bolalar ota qo‘lida qoladi.
Qonun shunday, Ochil buva.
– Oilani himoya qilasiz... Menga qara, bolam,
hech qanaqa oila yo‘q edi u yerda, bo‘lmagan, ha.
Mehr-muhabbatsiz oila oila bo‘ladimi? Biz eski
odamlar-ku, ko‘pincha nodonligimizga borib,
allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan shunday oilalarni
tish-tirnog‘imiz bilan himoya qilamiz. U becho
ralar ham bizni deb, ko‘nikishga urinishadi. Asli-
da esa bu sovuq osh ichgandek gap... Bunday
oilalar oz deysanmi? Biz qariyalar oila buzilma
sin deb jon chekamiz. Sizlar-chi? Siz yoshlar-ku,
aхir. Muhabbatning nima ekanini obdan bilasiz-
lar. Mana sen «qonun shunday» deding. Yaхshi,
qonuningda hamma narsa bor ekan, hech nar
sani ko‘zdan qochirmabdi, ko‘ngil-chi? Ko‘ngil
haqida biron gap bormi unda?
Yigit avval qosh chimirib o‘yladi, keyin kuldi:
– ...Bor... Bu haqda ham u-bu bor, Ochil buva.
Do'stlaringiz bilan baham: |