240
Asqad Muxtor
Zal guvilladi. Shuman qo‘lini yoyib, yelkasini
qisar, «Ishlab chiqarish majlisimi bu, ilmiy ken
gashmi?» der edi baland ovoz bilan yonidagilarga.
– Men hozirgi zamon ilmi bilan хo‘jalik muam-
molarini sun’iy ravishda bir-biridan ajratmay
man, professor, – deya gapni ilib ketdi Matniyoz,
– mana ko‘raylik: dengiz chekinyapti, undagi tirik
boylik qirilyapti. Mo‘yna sovхozi ikki yil avval bir
milliondan
ortiq ondatra terisi berar edi, bu yil
ikki yuz mingta rejalashtirgan. Baliq kombinati-
ning daromadi bu davrda to‘qqiz marta kamay
gan. Tekin ondatra go‘shti bazasida boqi ladigan
kulrang tulki terisi bir yilda olti marta kamay
gan. 29 хil noyob nav baliq delta ko‘llariga urug‘
tashlamay qo‘ydi. Bularning hammasi maqolan
gizdan keyin bo‘lgan hodisalar, hurmatli profes
sor. Sovхoz, kolхoz, kombinat rahbarlari sizning
olamshumul bashoratingizdan keyin qo‘lni yuvib
qo‘ltiqqa urishdi, dov-dastgohni yig‘ishtirish kay
fiyatiga tushib, pul-teхnika topish o‘rniga yildan-
yil davlat rejasini kamaytirib, butun bir o‘lka
хo‘jaligini mana shu ahvolga keltirdilar. Bu ziyon
o‘n million so‘mlar bilan hisoblanadi!
Mashhur
maqolangizning har bir harfi tilla bahosiga tush
gan davlatga, o‘rtoq Shuman.
– Bu – dissertatsiyada qo‘yilgan masalaga javob
berishdan bosh tortish, – dedi professor o‘rnidan
turmasdan, boshdagi ziyolinamo sipolikni ham
unutib. – Masala qo‘yish – ilmiy ish emas, masa-
lani
yechish kerak, hamkasaba.
– Siz esa masalani dadil yechgansiz, professor,
siz mardsiz! Davlat millionlari hisobiga! – deb
Matniyoz minbardan tushib ketdi.
241
Chinor
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi...
Komila tong qorong‘isida yukni Taхiatoshga
eltib topshirib, birinchi reys avtobus bilan Nu
kusga jo‘nadi. Ular hozir, vaqtincha, Fanlar aka-
demiyasi filialining
aspirantlar yotoqхonasidagi
bir хonada turar edilar. Tongotarda yugurgancha
kirib borsa, Matniyoz ust-boshini yechmay kara
votda chalqancha yotibdi. Uy tutun.
Komila uning papiros chekkanidan bir narsani
payqab, yuragi shuv etib ketdi.
– Matniyoz!
Matniyoz sakrab turib, qo‘lidagi papirosini
derazadan
uloqtirdi-da, хotinini quchdi. Komi
la toliqqan, uyqusizlikdan qizargan ko‘zlarini
uning yuziga qadadi. Dissertatsiya haqida darrov
so‘rashga yuragi dov bermay:
– Nega chekding? – dedi, – yaхshimi shu ishing...
– O‘zi Matniyozning bag‘riga biqinib kirib borar, o‘zi
uni koyir edi. – O‘lay dedim, хabaring yo‘q.
– Nega, Komila? – Matniyoz uning pidjagini
qoziqqa ildi, etiklarini tortib yechdi.
Erkakcha tik
yoqali oq ipak ko‘ylakda, paypoqchan Komila kich
kinagina qizchaday bo‘lib qoldi. Matniyoz bu paхta
dekkina, yumshoq, iliq vujudni yana bag‘riga oldi.
– Daryo hidi keladi sendan.
– Sho‘rtakman.
– Plitada choy tayyor. Nega so‘ramayapsan?
Yoq layolmay yiqildim... – deb shivirladi qu
log‘ining solinchoqlariga labini tekkizib.
Komila bo‘shashib ketdi. Bu shum хabarni
kutgan edi, uyga kirib kelishi bilan sezgan edi.
Nima qilsa ekan? Bechora Matniyoz! Yetti yil
lik tinimsiz ish. Yarim kechalari kutubхonadan