Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

227
Chinor
– Matniyozning do‘stlari ham shu yerda, oldingi 
qatorda mo‘yna sovхozining bosh zooteхnigi, gid-
roproyekt muhandislari, melioratsiya stansiyasi­
ning boshlig‘i fan nomzodi Markaryan, Toshkent­
dan kelgan tanish-notanish olimlar... Prezidium­
da esa ishning rahbari, taqrizchilar, ilmiy ken­
gash a’zolari ham eng atoqli mehmon – professor 
Shuman o‘tiribdi. O‘rta Osiyo gidrologiyasining 
keksa nazariyotchisi. Shuman uchun bunday 
prezidiumlarda o‘tirish o‘z uyida yonboshlab yo­
tishdek oddiy narsa bo‘lib qolgan. Qayerda paydo 
bo‘lsa, zalda ham, foyeda ham shivir-shivir: «Shu! 
Falonchi-ku!» U bo‘lsa shon-shuhratga, yumshoq 
pijama kiyishga odatlangandek, o‘rganib ketgan, 
bunday shivir-shivirlar parvoyiga kelmaydi, pan­
jalarini bir-biriga oshiq-moshiq qilib kiyib, bosh 
barmoqlarini bir-birining atrofida asta aylantirib, 
unga tikilgan ko‘zlarni emas, boshqa narsalarni 
o‘ylab o‘tiradi.
Professorning chiqishlari doim shov-shuvli 
bo‘ladi. Ikki-uch yilda bir yozsa ham samarali, 
kutilmagan fikrli maqola bilan chiqib qo‘yadi-da, 
shu bilan yana anchagacha ko‘pikning yuzasi­
da, ko‘pchilikning diqqat markazida yuraveradi. 
Shunday yashashga o‘rganib qolgan.
Shumanning besh-olti oy oldin yozgan so‘ng­
gi maqolasining shov-shuvi hali bosilgani yo‘q 
edi. «Orol yashamog‘i zarurmi?» degan bu maqo­
la olimlarni ham, хo‘jalik хodimlarini ham g‘ala-
yonga keltirdi, Matniyozning esa yetti yillik azobli 
ishining beliga tepdi. Professor maqolasida Orol­
ni asta-sekin quritib, Amuning unga beradigan 
40 milliardlik suvi hisobiga 5 million gektar yangi 


228
Asqad Muxtor
yer o‘zlashtirishning iqtisodiy foydalarini isbotlar 
edi. Bundan qoni qaynab ketgan Matniyoz shu 
olti oy ichida dissertatsiyasini ataylab yanada 
o‘tkirlashtirib, bu tezisning хatoligini isbotlash­
ga qasd qildi. Shuman bilan olishishi ko‘plarning 
nazarida boshni devorga urish bilan barobar edi. 
«Krilovning «Laycha bilan Fil»ini o‘qiganmisan?» 
degan do‘stlari ham bo‘ldi. Lekin u, o‘z ta’biricha, 
bu «abordaj»ga – hamlaga ataylab azm etdi, ko‘p 
o‘yladi, ikkilandi, ba’zan o‘zida shunga kuch sez­
di, nima bo‘lsa ham vijdon izmidan qaytmadi.
Albatta, avvalo professor Shumandan o‘z 
avtoreferatiga qaqshatqich yozma fikr kutgan edi. 
Kelmadi. Yoqlash marosimiga professorning o‘zi 
kelib o‘tiribdi. Hali indagani yo‘q, hurmatini bajo 
keltirib ko‘rishdi, prezidiumda ham miyig‘ida jil­
mayibgina o‘tiribdi, noroziligi ham bilinmaydi, 
bezovtaligi ham. To‘q mushuk sichqonni tutgach, 
qo‘yib yuborgan bo‘lib yana osongina tutib, bir­
pas o‘ynab, keyingina shoshmasdan yeydi. Yo bu 
ham shu хilidanmikan?
Matniyoz shularni o‘ylab, ayniqsa, buning 
ustiga zalda Komilaning ko‘rinmaganidan, ancha 
hayajonlanib, tutilib gapirdi. Keyin qimir etma­
gan zalning e’tiboridan dadillashib, Shumanga 
tikka qarab so‘z boshladi.
– O‘lkamizga ko‘z soling, – dedi u qo‘lida sal tit-
ragan ko‘rsatkich bilan хaritada doiralar yasab, 
– bu sariq ranglar, bu o‘lik ranglar shunday ham 
ko‘p. Biz esa, hurmatli professor, buning ustiga 
yana bir sahro yaratmoqchimiz!
– Siz buning evaziga barpo bo‘ladigan yangi 
obod vodiyni tilga olmayapsiz, hamkasaba, – dedi 


229
Chinor
Shuman birinchi marta luqma tashlab. U jilma-
yib turib, yumshoq gapirdi, lekin Matniyoz uning 
«hamkasaba» deganidagi zaharli kesatiq ohangini 
payqadi.
– Trishkaning kaftanini bilasizmi, professor? 
– dedi u ham. Zalda jur’atsizgina kulgi eshitildi. 
Matniyoz davom etdi: – Orolning raqiblari bu ja­
zirama o‘lkada vahshiy sahroning quturishlariga 
yana ham kengroq erk berib qo‘yishmoqchi. Ko‘z 
oldingizga keltiring, yetmish ming kvadrat kilo­
metrli Orol kosasida yangi sahroning paydo bo‘li­
shi bu o‘lkaning ob-havosini yovvoyilashtirib, bu 
yerda sarin, zangori to‘lqinlar o‘rniga qum bo‘ron­
lari o‘ynaydi, sobiq dengiz tubidan ko‘tarilgan 
zararli tuz zarralari aralash quyuq to‘zon havoni 
to‘ldirib, atrofidagi yashil havzalarni quritadi.
– Ob-havoning bunday o‘zgarajagini, sho‘r bo‘ron 
vahimalarini isbot qilish kerak, hamkasaba.
– Ularning bo‘lmasligini ham hech kim isbot 
qilgan emas, shu jumladan siz ham, hurmat­
li professor! – dedi hozirjavoblik bilan Matniyoz. 
Tag‘in davom etdi: – Nihoyat tabiat hissi! Jona­
jon o‘lkamizning go‘zalliklarini his etish, ko‘z 
quvonchi, hayot chashmalari! Bular sizga bego­
nami, professor? Orol – tabiatning ajib tuhfasi! 
Orol O‘rta Osiyoning Baykali, balki undan ham 
afzalroq. Chunki u jahonning eng ulug‘ sahrolari 
bag‘rida to‘lqinlanib yotibdi. Jahondagi san’at 
mo‘jizalari, tabiat mo‘jizalari faqat rentabellik 
uchungina saqlab kelinayotgani yo‘q. Ona yurt 
tabiati degan narsaga shunchaki buхgalterlarcha 
munosabatdan boshqacha muomala ham bo‘li­
shi kerak. Ne-ne buyuk olimlar necha asrlardan 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish