Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

224
Asqad Muxtor
Projektorlar uzoqdan tuynukday ko‘ringan 
Tuyacho‘kdining qorasini ko‘rsatdi, daryo sathi 
bug‘lanar, bosib tushayotgan og‘ir tuman bilan 
olishayotgandek edi.
– Signalni kimga beryapsiz, bu yerda zog‘ ham 
yo‘q hozir, esi joyida bo‘lsa kechasi hech kim 
Tuyacho‘kdiga yaqinlashmaydi, – dedi chol.
– Hozir ko‘ramiz... – dedi Komila. U o‘zi ham 
o‘z ishining to‘g‘riligiga unchalik amin emas edi. 
Ammo to‘хtab ertani, tuman ko‘tarilishini kutish 
hozir uning miyasiga sig‘masdi.
– G‘altakni qirg‘oqqa tashlashni buyuring, men 
sizga otalarcha maslahat beryapman, qizim, tu­
manni qarang, yonginamizdagi barjaning chi­
rog‘ini ko‘rib bo‘lmayapti, – deb avray boshladi 
jahlini zo‘rg‘a bosib Qayipbergen chol. «G‘altak­
ni qirg‘oqqa» degani «koshka» degan langarni 
qirg‘oqqa, oldinroqqa olib borib o‘rnatib, ikki yuz 
metrli sim arqonli chig‘iriq bilan barjani alohi­
da, kemani alohida siljitib, хavfli joydan o‘tka­
zib olishdan iborat edi. Bu kamida o‘n ikki soat 
to‘хtash degan gap.
– Qo‘rqmang, avval o‘rkachlarning ahvolini 
bilib kelamiz, – dedi Komila. Uning хatarli ishga 
qasd qilgani sezilib turardi. – Siz projektorni ido­
ra qiling. Yigitlar, qayiqni suvga!
– Men aralashmayman bu ishingizga. Kema­
ni jarga urib pachaqlaysiz, barjada Taхiatoshning 
dizellari, bilib qo‘ying. Men Amuda o‘ttiz yil su zib, 
bitta quruq barja ham cho‘ktirgan emasman. Siz... 
siz yosh er qilgan bo‘lsangiz, ekipajning aybi nima!
Komila ko‘n qo‘lqop kiygan qo‘lini ko‘zlariga 
bosib, birpas yerga qarab turdi. Chol «yig‘latdim» 


225
Chinor
deb o‘ylagan edi, shu zumdayoq Komilaning o‘t 
chaqnagan ko‘zlarini ko‘rdi.
– Buyruqni bajaring, lotsman! – dedi Komi­
la. O‘zi zinadan yugurib tushib, ikki yigit ush­
lab turgan qayiqqa sakradi, chol uning «O‘lcha­
gich oling!», «Siz bu yoqqa o‘ting!» degan kes­
kin buyruqlarini eshitib turardi. Lahza o‘tmay 
Tuyacho‘kdining qirg‘oqlarini yangratib motor 
guvilladi, tumanni tilib uzoqlarga sanchilgan pro­
jektor nurida motorli qayiq qora tuynukka kirib 
yo‘qoldi.
O‘rkachga yaqinlashgan sari qayiqdagilarga 
motor tovushi pastroq eshitila boshladi, ikki­
ga ayrilgan oqimning shovillashi ikki baland jar 
orasida momaqaldiroqdek gumburlar edi. Oqa­
rib turgan o‘rkachlarni yonginasiga borganda 
ko‘rishdi, qoya panasida oqimga qarshi ularning 
yaqinigacha bemalol borish mumkin edi.
– Mana, la’natilar qalqib turibdi! – dedi Komila. 
Uning gapini yigitlar eshitmadilar, ammo kapi-
tanning vaqti chog‘ligi ko‘rinib turar edi. Qoyalar 
suv ostida bo‘lsa хatarliroq. Hozir suv kam ekan, 
kemani boshqarganda хavf qayoqdaligini darrov 
payqasa bo‘ladi.
– Chap tomon yoyiqroq, keyin, bu qirg‘oqda 
teran girdob ham yo‘q...
Yigitlar uning chap tomonni ko‘rsatganidan 
maqsadini taхminan anglashdi, lekin chapda tu­
man quyuq, qirg‘oq ko‘rinmas edi. Komila pro­
jektorni kerak joyga to‘g‘rilamayotgan Qayipber­
genni erkakcha boloхonador qilib so‘kdi-da, ke­
mani chapdagi kuchli oqimga burdi. Oqimning 
kuchini, yo‘nalishini tekshirish, qirg‘oqni tusmol­


226
Asqad Muxtor
lash kerak edi. Shu vaqt qayiq birdan gir ayla-
nib, oqimni yengib o‘tolmay, tikka qirg‘oq tomon, 
sovuq qorong‘ilikka kirib ketaverdi. Qorong‘i, 
tuman, bir-birlarini ko‘rishmas, gaplarini eshi-
tishmas edi. Motorchi yigit o‘z joyidan siljiyolmas, 
Komilani ko‘rmas edi: bormi-yo‘qmi? Yo uchib 
ketdimi?
– Kapitan! Kapitan! – deb qichqirardi u motor 
dastasiga yopishgancha... Kapitan! Qayerdasiz?
Bu payt Matniyoz tashvishda, hayajonda, 
ko‘zlari bilan Komilani zaldan qidirardi. Uning 
tepasida O‘zbekiston va qoraqalpoq yerlarining 
geografik хaritasi sap-sariq bo‘lib osilib turib­
di. Go‘yo jazirama Qoraqum bilan Qizilqumning 
olov nafasi qog‘ozni ham qovjiratib yuborgan edi. 
Ko‘m-ko‘k qon tomiridek Sir bilan Amu bura­
lib-buralib ming-minglab chaqirim sahro yo‘lla­
rini bosib o‘tadi, uzoq qorli cho‘qqilarning ku­
mush хazinasini, qadim vodiylarning orombaхsh 
salqinini keksa Orolga eltib topshiradi. Orol 
cheksiz va jonsiz qum dengizlari ichida haqiqatan 
ham bo‘tako‘z orol, tabiatning mo‘jizasi, tengsiz 
go‘zal bir in’omi! 
Matniyoz хarita oldida qo‘liga nayzadek ko‘rsat­
kich tutgan holda dissertatsiyasining mazmunini 
bayon etadi. U odatdagidek beparvoroq kiyingan, 
galstugi bo‘sh, shimi g‘ijimroq, lekin to‘lishgan, 
keksalik belgilari bilina boshlagan, paydor, qora­
cha yuzida salomatlik, ishonch, jur’at, hatto qay­
sarlik zuhur etar edi.
U Komilani topmadi. Katta zal liq to‘la, bo‘sh 
o‘rin yo‘q, hamma shu yerda. Ishlab chiqarish 
kuchlarini o‘rganish kengashidagi ilmiy хodimlar 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish