261
Chinor
rak... – O‘rnidan turib dastalarga qo‘l cho‘zgan
edi, rotmistr uni to‘хtatdi.
– Afv etasiz, qimmatli Vladimir Yakovlevich,
bular
bizda qoladi, – dedi yer tagidan qarab. –
Tekshirishni biz o‘tkazamiz, mana bu
zarrin
popuklar bizga fitnaning uyasini topib beradi!..
– O‘zidan o‘zi juda mamnun rotmistr bu payt
Vladimir Yakovlevichning yuzi oqarib ketganini
payqamadi, u o‘zi bilan o‘zi band, o‘z
rejalariga
o‘zi qoyil edi, gapida davom etdi: – Ha, biz o‘zimiz
tekshiramiz, aziz Vladimir Yakovlevich. Siz esa
garnizoningizdagi ahvol to‘g‘risida yozma izoh
berasiz.
– Yozma izoh?! Sizgami? Men sizga tobe emas
man, rotmistr. Kim bilan gaplashayotganingizni
unutmang. Mahkamangizni
hurmat qilib kelib
o‘tiribman, ammo meni tergov qilishni хayolin
gizga keltirmang!
U o‘rnidan turdi, rotmistr mo‘ylovini likillatib
o‘tiraverdi.
– Lekin ahvolingiz bunday kibr-u havoga
monand emas, azizim...
– Sizning ahvolingizga voy, rotmistr! O‘zingiz
talvasada qaltirab o‘tiribsiz. Mening esa qo‘rqadi
gan joyim yo‘q. Yaхshi qoling! – Vladimir Yakov
levich harbiycha xayrlashib,
shart burilgancha
chiqib ketdi.
Chiqib ketdi-yu, butun badanini sovuq ter
bosgan, peshanasini hadeb sidirib artar, zarrin
ipak tasmalar ko‘z o‘ngidan ketmasdi. Bu o‘sha
dasturхon popuklari... Yuliyaning sepi bilan kel
gan o‘sha baхmal dasturхonning popuklari. Bun
day dasturхon shaharda boshqa hech kimnikida
262
Asqad Muxtor
yo‘q... Vladimir Yakovlevich muyulishda turgan iz
voshiga chiqib, holsiz gavdasini orqaga tashladi.
– Paхom, qamchila.
Uyga kelgach, darrov bolalarning darsхonasi
ga kirib, Yuliya Nikolayevnani chaqirdi. Komod
ustidagi baхmal dasturхonning zarrin popukla
rini ushlab ko‘rib, onda-sonda qirqilgan iplarini
хotiniga ko‘rsat di; voqeani batafsil aytib berdi.
Yuliya Nikolayevnaning rangi quv o‘chib, sarosi
ma bilan eriga qarab qoldi.
– Valera?..
– Shubhasiz...
– Endi nima qilamiz?
Vladimir Yakovlevich javob berolmadi, u
eshikdan derazaga asabiy qadamlab yurar, yo‘l-
yo‘lakay harbiy mundirini yechib,
kamarini u
yoq qa, kiyimini bu yoqqa irg‘itar edi.
– Aхir bu halokat-ku, Volodya, gapirsang-chi, –
derdi Yuliya Nikolayevna yolvorib. Uning chuvak
gavdasi yana ham kichkina bo‘lib qoldi. – Bola-
ginamning butun o‘qishlari ham, kelajagi ham...
– U birdan o‘kirib yig‘lab yubordi.
– Yuliya, Yuliya... – Vladimir Yakovlevich yugu
rib kelib uning boshini ko‘ksiga oldi. – Uyat bo‘la
di, bolalar kirib qolishi bor, ko‘zingni art.
– Ha, ha... Nima qilamiz, Volodya, jonginam?
– Biz uni bu хatarli yo‘ldan qaytaramiz albatta.
Valera aqlli bola, lekin... lekin u qo‘rqadiganlar
dan emas, shunisi yomon. Shunday bo‘lsa ham
biz uni bu yo‘ldan qaytaramiz, Yuliya, amin bo‘l.
Bu – keyin. Hozir bo‘lsa... – Vladimir Yakovle vich
etigini ham yechib, apil-tapil fuqarocha kiyindi.
Komod ustidan narsalarni yig‘ishtirib, dasturхon