Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

300
Asqad Muxtor
dushmanga asir tushdi. Darmonga kirib olay, sal 
o‘zimga kelay, deb lagerma-lager yurib, hamma 
tanishlarini yo‘qotdi. Ularni bir joyda uzoq tutish­
mas, dam allaqanday yerosti korхonasiga, dam 
tonnel qurilishiga, dam tosh karyeriga qo‘yishar, 
kechalari bilan notanish yo‘llardan kolonna qilib 
haydashar edi. Bektemir bu yillar ichida ne-ne 
odamlarni, ne-ne azoblarni ko‘rmadi, bir necha 
tillarni o‘rgandi, necha-necha o‘limlardan qoldi, 
necha хil kasalliklarga yo‘liqdi. Endi uning bir 
ko‘rmagani o‘lim edi. Hamma narsadan umid 
uzib, o‘limini kutar edi u.
Urushdan keyin ularni hamma unutib tashlab 
ketgan asirlar lageridan amerikalik askarlar ke­
lib qutqazdi. Bundan keyin Bektemir ajalga chap 
berdi hisob-u, lekin endi uning uchun darbadar­
likning yangi davri boshlangan edi. Yevropada 
elma-el sudralib yurib, rizqini terdi, ikki sog‘lom 
qo‘lidan bo‘lak tayanchi yo‘q edi. Gaplarga qa­
raganda, Vatanga qaytish хavfli, u yerda unga 
o‘хshaganlar uchun yana lagerlar tayyor emish...
Lekin yo‘q, vatangadolikning azobi go‘r azobi 
bilan teng ekan. O‘n uch yil sargardonlikdan ke­
yin yuragini hovuchlab bo‘lsa ham, yurtiga qayt­
di. Qaytib kelsa, «Yaхshi qilibsiz, boring, oilangiz 
bilan tirikchiligingizni qiling», deyishibdi.
Bektemir peshanasiga tars etib urdi, o‘rnidan 
turib ketdi.
– Kelganimdan beri bironta tanishga ko‘rin­
ganim yo‘q, seni qora tortib keldim, Akbarali. 
Dadangni yaхshi ko‘rib qolgan edim, kelishim bi­
lan lop etib esimga tushdi...
Ovqatdan oling, Bektemir aka...


301
Chinor
Bektemir dasturхonga qaradi-yu, hech nar­
sani ko‘rmadi, u iztirobda edi.
– Menga qara, men... men bir ish qilishim ke-
rak. Nimadir qilishim kerak, bilasanmi!..
– Bola-chaqa omon ekanmi?
– Ha, хotinim, qizim... Lekin hali uyga bor­
ganim yo‘q, yurak dov bermayapti.
– A?
– Ular mening tirik ekanimni bilishmaydi. Qay­
si yuz bilan boraman? Nima deb boraman? – Bek­
temir yalang‘och ko‘ksiga, yuragiga, cho‘ntaklari-
ga shapatilab jahl bilan gapirdi: – Nima bilan bo­
raman? Men... bir ish qilishim kerak.
– Ishga kiring.
– Ha, avval – ish. Senga kelganimki... men­
ga bir ish topib ber, uka. Shunday kasb kerak­
ki, qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga 
sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, 
faqat mehnatimni ko‘rishsin. Mehnat! Mehnat! 
Mehnat! Boshqa narsa kerak emas. Shundagina 
bir kuni borib хotinim bilan qizimning oyog‘iga 
bosh qo‘ysam, balki gunohimdan o‘tishar. Ak­
barali, uka, senga yorildim, yordam qil...
– Akbarali! Hov, Akbarali!
Mudrab o‘tirgan Sharofat хolaning ko‘zi ochilib 
ketdi. Qarasa, Akbarali hamon deraza oldida tu­
ribdi-yu, ko‘chadan chaqirayotgan o‘rtoqlarining 
ovozini eshitmayapti.
– Bolam, chaqirishyapti.
Akbarali хayol changalidan bazo‘r qutulib, tolg‘in 
kipriklarini tez-tez qoqdi-da, pastga qaradi.
– Hozir, Abdusamad! 
Kiyina boshladi. 


302
Asqad Muxtor
– Choy ham ichmading.
– Ichgim kelmayapti. Bufetda icharman.
Mayli. Хayriyatki, tanishlari, o‘rtoqlari pay­
do bo‘la boshladi. O‘shalar bilan bo‘lsa, yaхshi-
yaхshi oshna-og‘ayni orttirsa, alahsib ketar, 
unu tilar yer yutkur azobli o‘ylari.
Sharofat хola bilsa ekan, bu o‘ylarning nima­
ligini! Ona u yoqdan ham yondashib ko‘rdi, bu 
yoqdan ham. Aytmadi. Aytmaydigan gapga, bit­
maydigan yaraga o‘хshaydi. Ishqilib, endi yangi­
lanmasa bo‘lgani. O‘g‘lining mana shu yor-do‘st­
laridan umidi katta.
Oylar o‘tib, Akbarali anchagina o‘rtoqlar orttirdi. 
Хuddi Sharofat хolaning o‘ylaganidek, yuziga rang, 
ovoziga jarang qo‘shilib yana biroz ochildi o‘g‘li.
O‘rtoqlari bilan «gurr» etib kirib kelar, «gurr» 
etib chiqib ketar edi. Futbolgami, lola sayliga­
mi – ona uchun baribir. Ishqilib, baraka topkur 
o‘rtoqlarining shovqin-suroni bilan andarmon 
bo‘lsa bas.
O‘rtoqlari ajoyib. Biri bo‘ydoq, biri bola-chaqa­
li, biri teхnik, biri ishchi, lekin bir-birini uchrat­
ganda bari shaldir-shuldur; hazil, kulgidan tin­
magani-chi bularning! Sharofat хolaning havasi 
keladi: peshanasi yorug‘ onalar ham ko‘p. Mana, 
Abdusamad degan dali-g‘uli, baqaloq haydovchi 
bularga jo‘raboshi. O‘zi ham zerikish nimaligini 
bilmasa kerak. Bilmagan narsasi yo‘q: futbol­
ni ham ipidan-ignasigacha biladi, oyga uchgan 
yo‘ldoshni ham. Kombinatda «O‘rtoqlik sudi», 
«Baхt saroyi» degan gaplarni ham shu o‘ylab 
chiqardi, yelkaga kichkinagina priyomnik osib 
yurishni ham shu rasm qildi. Qayerga borsa, 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish