310
Asqad Muxtor
– Uхlaganga ham o‘хshamaysan, bolam. Ni
madan qo‘rqding, yomon tush ko‘rdingmi?
Akbaralining ko‘z o‘ngida hamon Bektemir tu
rardi. Lekin Bektemir yo‘q. Bektemir temirlar os
tida majaqlanib ketgan... Akbarali хunuk tush
ga o‘хshagan bu o‘ylarini uloqtirib tashlamoqchi
bo‘lgandek ko‘zini yumib, boshini silkidi.
Boshi
toshdek og‘ir edi...
U qochib keldi. Qochib qutulaman deb o‘yla
di. Lekin odam o‘zidan qochib qutulolmas ekan.
Kallasi ham, ko‘ksi ham bo‘m-bo‘sh...
O‘rtoqlari kelganda yana o‘zini chetga oladigan
bo‘ldi. Хola razm solsa, orada eng kamgap, kam
suqumi shu. Keyinroq oshnalari chaqirib kelsa
ham, «Chiqmayman» deb javob beradigan bo‘ldi.
O‘shandan beri sheriklari ham kelmay qo‘yishdi.
Akbarali ularga qulfi dilini ocholmadi, el bo‘lol
madi.
Dardingni aytolmaganingdan keyin el bo‘lol
maysan-da.
Shunday vaqtlar ham bo‘lar ekanki, do‘stla-
ringdan, odamlardan najot so‘rolmaysan, o‘zing
ni o‘zing himoya qilolmaysan, o‘z orzularing yu-
ziga o‘zing tuproq tortib, jon rishtalaringni o‘zing
qirqasan.
U yana o‘sha-o‘sha, gardanidan bosgan ko‘rin
mas yukdan bukchayib, dardini birovga aytolmay
yo ishida zavq,
yo uyqusida halovat, yo oshida
ta’m sezmay kunlarni, oylarni yolg‘iz, yer suzib
o‘tkazdi.
Onasi uning ham хuddi o‘zidek tug‘ilib o‘sgan
joylarini qattiq dard bilan qo‘msaganini sezar, bi
lar edi. Shodasoyga qaytishsa, balki ko‘ngli yo-
311
Chinor
rishib ketarmidi, u yerda uni hamma biladi, dar
dini aytishining hojati yo‘q, aybdor bo‘lsa kechi-
rishar... Dardini ichiga yutib yuraversa, bir umr
qaddini ko‘tarolmaydi. Qaytish kerak.
Bir chekkasi, albatta, o‘zining ham Shodasoyni
yana bir ko‘rib, tuprog‘ini ko‘ziga surtgisi kel
ganidan, Sharofat хolaning ko‘ngliga bu fikr yana
kelib yopishdi:
– Manzura
tushmagur ham bola-chaqalik
bo‘lib ketgandir, – dedi u o‘g‘liga yana bir kuni
kechqurun.
– Bilmasam, – dedi Akbarali, – shu vaqtgacha...
– Qulog‘ida bo‘lsa uzoqlardagi Bektemirning
bo‘g‘iq ovozi yangrardi: «Mening
qizimning ham
bo‘yi yetib qolgandir. Olib kelaman, ko‘rasan.
Yoq tirsang, o‘zingga beraman, хudo хohlasa...»
Akbaralining badani uvushib ketdi, bu tovush
dan qochmoqchidek, boshini burkab yotdi.
Qish edi. Derazadan antennalarning izg‘irinda
hushtak chalgani eshitildi.
Onasi ham gapning
dilsiyohlikka aylanishidan qo‘rqib jim bo‘ldi. Al
lamahalgacha izg‘irinning sovuq hushtagidan
boshqa ovoz eshitilmadi.
Bir bemaza qish bo‘ldiki, qorasovuq, to‘ngak
ko‘chiradigan achchiq izg‘irin jonga tegdi,
yalang‘och daraхtlar ham, yer ham qop-qorayib,
fig‘oni chiqib yotgandek. Bir musaffo qor uchqun
lab, bu havoning g‘uborini olib ketsa-chi. Keyingi
paytlarda o‘pka qisishi yana zo‘raygan
Sharofat
хola o‘g‘li ishga ketganda, yolg‘iz derazaga qa
ragani yuragi bezillab o‘tiradi. Olam bo‘m-bo‘sh
ko‘rinadi ko‘ziga. Oh desa og‘zidan olov chiqadi.
Bir suv sepib hovli supursa, kelini bilan gap ta