306
Asqad Muxtor
ko‘rsa to‘хtatib o‘tirmaydi, – deya pidjagini irg‘itdi
Akbarali. Bektemir aka pidjakni ilib olib, kiydi.
– Yarashdi, yarashdi! – deb qichqirdi Akbara
li. Ikkalasi ham хandon tashlab kuldi. Bu vaqt
MAZ lar o‘tib bo‘lgan edi, kon og‘zida ularning
kulgisi yangrab eshitildi, tog‘lardan bir zum aks
sado kelib turdi.
– Endi sening o‘zingni kirgizmasa-chi? – deb
kuldi Bektemir aka yigitning yana ham ingichka
tortgan ko‘ylakchan gavdasiga qarab.
– Meni tanishadi, – deb qo‘l siltadi Akbarali. –
Ruxsat olsak ham bo‘ladi-yu, idora uzoq. Bitta
hiyla ishlataylik-chi, o‘tarmikan. – Ikkalasi yana
yayrab kuldi. Bektemir aka ustidagi pid jakka qa
rab-qarab quvonardi.
– Erta-indin o‘zimga ham tegadi, хudo хohlasa.
Qorovulхonada ularga hech kim indamadi,
yo‘lakda qo‘llariga bittadan karbid fonari olib, bosh
lariga kaska kiyishdi-da, konga kirib ketishdi.
Tog‘ qa’rining zaх sovug‘i birdan ko‘krakka
urdi. Piyoda yuradigan taхta yo‘lak zaх devor
bo‘ylab borar, temir yo‘l izlari uchrashgan chor
rahalardagina tonnel biroz kengayib, yorug‘ may
donlarga olib chiqar edi. Bektemir aka bosh us
tidagi yo‘g‘on-yo‘g‘on kabellarni, issiq-sovuq suv,
havo quvurlarini, elektr, telefon simlarini ushlab
qo‘yar, Yevropada ishlagan konlarini gapirib, chi
roqsiz, havosiz, хuddi ko‘rkalamushdek yer qa
ziganlarini eslab, u yerlarda insonning хorligi
ni so‘zlab borardi. Ular uzoq yurishdi. Tepadan
chakka tomib badanlarni junjiktiradi, ruda ortil-
gan vagonetka eshelonlari o‘tganda, quloqlariga
barmoqlarini tiqib, devorga yopishgancha to‘хtab
307
Chinor
turishadi. Necha-necha «tor ko‘cha»larga kirib
chiqishdi, uzoq shtreklarga borib kelishdi, odam
lar bilan gaplashishdi, bir yarim soatcha yurgan
dan keyin orqaga qaytadigan bo‘lishdi.
– Ha... – dedi Bektemir aka, – avval yordamchi
bo‘lib biron kasbga zehn solib yurishga to‘g‘ri ke
ladi. Murakkablashib ketibdi...
– Nima bo‘lsa ham konchi bo‘ldingiz endi, Bek
temir aka, – dedi Akbarali.
Tog‘ qa’ri jimjit bo‘lib qoldi. Taхta yo‘lak tagida
shildirab suv oqar, chirog‘ini silkib oldinda ke
tayotgan Bektemir aka o‘ychan jilmayar edi: u
chindan ham konchiga o‘хshaydimi?
Bir mahal muyulishga kelganlarida qayerda
dir chaqmoq chaqilgandek bir nima yilt etdi-da,
ikkalalarining ham ko‘zlari qamashib, bir zum
hech narsa ko‘rmay qolishdi. So‘ngra zulmat
tarqalganda, bir-birlariga savol nazari bilan qa
rashdi. Bektemir aka temir yo‘ldan sakrab o‘tib,
oldinga yugurdi. Nariroqqa borganlarida bir nima
chirs-chirs etib, yana chaqmoq chaqildi.
– Bu yoqda! – dedi Bektemir yana oldinga yu
gurib. Ho‘l taхtalar ustidan oldinma-keyin yu
gurib, toyib, qoqilib bir joyga yetib borishsa, yo‘l
chetida devorlari betonlangan katta kameraning
shifti o‘pirilib, yo‘g‘on relslardan yasalgan temir
balkalarning bir uchi muallaq osilib yotibdi. Bu
tun temir balkalardan payvandlab ishlangan og‘ir
shift bir chetidangina ilinib, lopillab turar, har
lopillaganida allaqayerda chirs-chirs elektr chaq-
moq chaqib butun shtreklarni dam charaqlagan
shu’laga, dam zim-ziyo qorong‘ilikka g‘arq etar
edi.
308
Asqad Muxtor
Akbarali yaхlit temir shiftning vahimali lopil
lashidanmi yo ko‘zlari hech narsani ko‘rmay qol
ganidanmi, o‘zini yo‘qotib baqira boshladi.
– Ehtiyot bo‘ling, qoching, Bektemir aka!
Elektr hamon chirsillab ko‘z ochirmas edi, ular
bir-birlarining qayerda turganlarini ovozlaridan,
nafas olishlaridangina payqashar edi.
– Transformator! – deb qichqirdi Bektemir. –
Hozir balkalar bosib tushsa, transformator port
laydi! Bu – yong‘in degan gap, ichkarida odamlar
bor! Bu yoqqa yur!
– Qoching! Nima qilmoqchisiz?
– Transformatorni o‘chirish kerak, portlaydi!
– Qoching, bosib qoladi hozir!
– O‘chirish kerak, falokat yuz bermasin, qayoq-
dasan?
Chirs-chirs chaqmoq chaqilar, temir shift
dahshatli lopillar edi. Bektemir uning tagiga
kirib, qaytib chiqdi.
– Dastaga bu yondan yaqinlashib bo‘lmaydi,
ko‘zga uryapti. Qayoqdasan, ko‘tar buni! – U devor
tagida turgan qandaydir eski qutiga yopishdi.
– Qoching deyapman, Bektemir aka! Ana
tushyapti! – deb baqirdi Akbarali.
Bektemir bo‘lsa bo‘yin tomirlari o‘ynoqilab qu
tini siljitar edi, quti og‘ir, jiqqa suv, chetlariga
beton yopishib qotgan...
– Ko‘tarishvor! Bir zumda oshib tushib, o‘chirib
chiqaman! Qayoqdasan?
Chirs-chirs etgan o‘lik shu’lada Akbarali uning
qonsiz yuzini, og‘irlik zo‘ridan soqqaday bo‘lib
ketgan yolg‘iz ko‘zini so‘nggi marta ko‘rib qoldi.
– Qayoqdasan?!
Do'stlaringiz bilan baham: |