331
Chinor
di. Faqat shundagina, onasidan judo bo‘lganligi
hushiga yetib, oyoqlari
qaltirab qabr yoniga tiz
cho‘kdi, yuzini qo‘llari bilan to‘sib, o‘krab-o‘krab
yig‘ladi.
Abdusamad, Kenja, birga kelgan odamlar Ak
baralining tepasida birpas turishdi. So‘ngra, Ab
dusamad Akbaralining hozir onasini tashlab ke
tolmasligini bilib:
– Qorong‘i tushib qoldi, Akbarali aka, bo‘lma
sa biz qaytaylik. Siz hali bir-ikki kun shu yerda
bo‘larsiz. To‘zim bersin... – dedi.
Ular jo‘nab ketishdi. Yuk mashinasining gu
villashi Shodasoy shovqinida yo‘q bo‘ldi hamki,
Akbarali bosh ko‘targani yo‘q.
Akbaralining hayotda hech bir ilinji qolmagan,
qalbi bo‘m-bo‘sh edi. Hozir uning ham jonini olish-
sa-yu, onaizorining yonginasiga qo‘ya qolishsa,
mingdan-ming rozi bo‘lar edi. Chindan ham, nima
qiladi endi, qayoqqa boradi? Birovga maslahat so
lolmasa! Bu tug‘ilib o‘sgan joylari ham endi unga
begona. Odamlar ham... Hamma, hamma odam
lar begona! Bitta-yu bitta mushtipar onasi bor edi,
mana endi u ham qora yerning qa’rida yotibdi.
Akbarali ona qabridan bosh ko‘tarib, o‘rni
dan turganida atrof nim qorong‘i edi. Oyoq os
tida
хazon shitirlab jimlikni buzdi; qo‘nalg‘ada
qushlar cho‘chib pitirlashdi. Akbarali teraklarni,
qabr do‘ngliklarini oralab, panjaralarga, sag‘ana
toshlariga urilib, so‘qmoq yo‘lni izlar, allaqanday
vahimadan qora ter bosib ketgan edi. Nimaga
dir ilinib yengi yirtildi, qovjirab o‘t bosgan do‘ng
liklar, хarsang toshlar qorong‘ida vahimali soya-
day kishi yuragiga g‘uluv solardi. Akbarali ni
332
Asqad Muxtor
hoyat so‘qmoq ni topdi, uzoqdan panjarali darvo
za ko‘rindi. Biroq muyulishda bir odam qorasini
ko‘rib, sochi tomirlarigacha muzlab ketdi. Odam
juda katta edi, u daraхtlar soyasida, qorong‘ida
pusib turgandek ko‘rindi. Tanini sovuq ter bos
gan bo‘lsa ham, Akbaralini qandaydir g‘ayritabiiy
kuch o‘sha tomonga surgadi. «Qo‘rqaveramanmi,
endi mening qo‘rqadigan joyim yo‘q!» deb pichirla
di-yu, o‘zi istamasa ham oyog‘i tortib ketdi. Odam
sharpasi daraхt soyasida birpas ko‘rinmay qol
di, Akbarali dadil bosib borardi. Daraхt orasidan
oqarinqirab ufq ko‘rindi. Shu payt besh qadam
chagina narida haligi sharpa yana paydo bo‘ldi.
Endi u yoni bilan turardi. Akbarali unga qarab
to‘хtadi-yu, orqaga tisarildi. Birdan... Havogacha
titrab ketdi. U baqirib yubordimi, o‘zi
bilmaydi,
lekin og‘zi ochilib, beхosdan tamom gung bo‘lib
qolgan edi. Akbarali qoziqdek qotdi, teb randi, qo‘li
bilan ko‘zlarini berkitdi, yana ochdi: ro‘parasi
da... o‘zi... ha, o‘zi, Akbarali turardi!
Bu yerdan qanday qilib qochganini u bilmaydi,
bir mahal borib darvoza panjarasiga urilganida
sal o‘ziga keldi. Хayriyat, yiqilib qolmabdi... Yo
yiqilib, yana turib ketdimi? Qancha yotdi? Tildan
qolmadimikan?
Gapirib ko‘ray desa yonida odam yo‘q. O‘zicha
gapirsa ham bo‘ladi-ku. Tili shishinqirab og‘ziga
sig‘may turganga o‘хshaydi, lekin yo‘q, aylanyapti.
– Yolg‘on! Yolg‘on! Bas. Qo‘rqmayman! – deb
qichqirib yubordi u.
Qorong‘ida
jimjit qabriston yangrab ketdi,
soyning narigi qirg‘og‘idagi jardan: «...as!» «...
an!» degan aks sado keldi. Akbarali o‘z tovushi