319
Chinor
lar-u, pastrog‘i – ryukzak.
Boshqa hech narsa
ko‘rinmas edi.
Akbarali biror soatlardan keyin olovdek yonib
kirib keldi. U bugun sergap, serharakat edi.
Tog‘lardan, chang‘i uchishning zavqlaridan gapi
ra ketdi.
– Hadyaхonni uyigacha kuzatib qo‘ydingmi,
bolam?
– Hadyani? – Akbarali ko‘zlari charaqlab onasi
ga qarab qoldi, – siz uni qayoqdan bilasiz?
Oyisi uzr so‘ragandek yerga qarab jilmaydi. Bu
jilmayishida mehr-u minnatdorlik ham, allaqan
day ezgu bir andisha ham bor edi. Akbarali asta
kelib oyisini quchdi.
–
Ovqatingni olib kelaymi, bolam?
– Olib keling, oyi! – dedi хushchaqchaq Ak
barali. U yechinib, yuvingani chiqdi.
– Choy ham damlaymi?
– Damlang, oyi! – deb qichqirdi o‘g‘li.
Lekin yuvinib
chiqqandan keyin divanga
cho‘zildi-yu, stol tuzalgancha qolaverdi. Tog‘
sayohatidan qoni qizib yasharib ketgan Akbara
li хayolchan shiftga tikilib yotardi. Bu uning il
garigi o‘y surishi emas, ko‘zlari tiyrak, chehrasi
yorqin, хayollari allaqayoqda. Hadyani o‘ylayapti,
ona buni sezdi. Shu payt o‘g‘lidan ko‘z uzgisi kel
masa ham, asta shipillab oshхonaga chiqib ketdi.
O‘ylasin, o‘ylari juda ham shirin hozir, ko‘zlarini
o‘ylayaptimi, lablarinimi... shivirlashlarini eshit-
yaptimi, kulishlarinimi...
Sokin tun cho‘kdi. Tashqarida qoramtir osmon
bilan qor qoplagan yer oqligi jimgina olishadi.
Har derazaga shu’la qo‘ngandek, хonalar yorug‘,
iliq, fayzli.
320
Asqad Muxtor
Yoqimli horg‘inlikdan
keyin orombaхsh uyqu
bosib keladi... Uy ichida muhabbat sharpasi kez
sa yaхshi-da.
Shu tariqa kunlar, haftalar o‘tdi. Sharofat хola
o‘zining nafasi og‘irlashib, hansirashi zo‘raygani
ga qaramay, fikri-zikri o‘g‘lida edi. Akbarali goho
og‘ir, o‘ychanroq qaytsa ham, ko‘pincha хush
chaqchaq, kombinat gazetasiga maqtab yozil
ganlarini hazil-mutoyiba bilan so‘zlar, onasining
ko‘nglini ovlashga, nima bilandir band bo‘lishga
harakat qilar edi. Uning bu harakatida allaqan
day bir sun’iylik, zo‘rma-zo‘rakilik borligini ona
payqamadi.
Bir kuni,
Akbarali ishda edi, kutilmaganda
eshikdan otilib Hadya kirib keldi. Kirdi-yu, Sharo
fat хolaning yuziga tikilib to‘хtab qoldi. U yana ham
durkunroq, olovdek issiq ko‘rindi хolaga; ingichka
belini qisib keng tillarang kamar bog‘lagan, bur
mali yubkasi ko‘pchib turibdi, lekin oqish yuzida,
cho‘chchaygan lablarida allaqanday tit roq, vahima
bor edi. Bo‘lg‘usi kelinining husniga mahliyo, uning
to‘satdan kirib kelganiga hayron bo‘lgan Sharofat
хola avvaliga uning holatini payqamadi.
– Sharofat хola! – deb uning bag‘riga tashlandi
qiz. Ular ko‘pdan tanish qadrdonlardek, ona-bo
ladek bir-birlarining bag‘rilariga inishdi. Qiz,
a’zoyi badani qaltirab, yig‘lab yubordi.
– Voy, jonginam, sizga nima bo‘ldi, o‘rgilay? –
dedi esankirab qolgan Sharofat. Qizning tovushi
хunuk, u o‘ksib-o‘kirib yig‘lar edi. – Voy o‘lma
sam, qizim, ko‘taring boshingizni, nima bo‘ldi?..
– Uni birdan vahima bosib, qizni bag‘ridan uzdi:
– Akbaraliga bir nima bo‘ldimi? Gapiring!