342
Asqad Muxtor
ko‘zlari nursiz. Odamga tikiladi-yu, hech narsani
ko‘rmayotgandek. Shuncha hikoyadan keyin
ham u Azimjonga begonaligicha qoldi.
Uzoq jimlik cho‘kdi. Vaqt yarim kechadan og‘ib
qolgan, tun salqin edi. Ochiq derazadan Sho
dasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan behi
hidi anqib kirdi. Qizg‘ish
chiroq zirillab yonar,
Ochil buvaning ajin peshanasida ikki tomchi ter
yaltirar edi.
O‘rtadagi stolda o‘sha to‘ldirilgan so‘rovno-
malar yotibdi. Azimjon bu jimlikdan nima bilan
shug‘ullanishini bilmay, stolda yotgan qalamni
olib, so‘rovnomaga bir nimalar chizdi. Kirill harf-
larini mashq qilib, «Akbarobod.. Akbarobod» deb
takrorlab yozdi. Qiziq... U Akbarobodda o‘tiribdi.
O‘z хolavachchasi Akbaralining shahri. Chiroyli
shahar. Chiroyli afsona. Sirli mangulik... (Azim
jonning ko‘zi Akbaraliga tushdi.) Faqat mana bu
odam.
Хona hamon jimjit. Tun ham bu uch odam
o‘rtasidagi
sirni saqlashga qasd qilgandek, og‘ir
sukutga tolgan edi. Lekin Ochil buva jimlikni
buzdi:
– Ha, bolalarim... Odam deb o‘lgan odam –
doim tirik bo‘ladi.
Bobo o‘zi o‘ylab o‘tirgan gapni yakunladi shek
illi. Azimjon bunga uncha tushunmadi. Voqea
butunlay buning aksini ko‘rsatib turibdi-ku:
odamlarni deb o‘lgan Bektemir aka degan kishi;
u o‘lib nom-nishonsiz ketgan. Tiriklar – boshqa...
Lekin Azimjonga bobosining gapi yoqdi: «Odam
deb o‘lgan odam – doimo tirik». Azimjon buni
hatto so‘rovnoma qog‘ozining
orqasiga mashq
343
Chinor
qilayotgan ruscha harflari bilan yozib ham qo‘ydi,
yana bir o‘qib ko‘rdi.
Akbarali ma’nosiz ko‘zlari bilan bo‘shliqqa
tikilib o‘tirar edi. Ochil buva «Yotib dam olish
kerak», deb o‘rnidan turganida u birdan ko‘zlari
mo‘ltillab unga yolvorganday termilib qoldi: «Ay-
tadigan gapingiz shumi? Endi men nima qila
man?» degan qo‘rquv bor edi ko‘zlarida.
– Ertalab miya tiniqroq bo‘ladi. Bir chorasini
toparmiz, hozir kech bo‘lib qoldi, sen ham yotib
damingni ol.
U soqolini silab o‘rnidan turganda, salobat
li gavdasi хonani to‘ldirgandek bo‘ldi.
Uning bir
maslahat bermay o‘rnidan turishi Akbaraliga
o‘lganning ustiga tepgandek bo‘ldi shekilli, battar
quti o‘chdi. Azimjon u bilan bir zum yolg‘iz qol
ishga qo‘rqqandek bobosiga ergashdi.
Ular o‘z хonalariga chiqib yotishdi. Qayerdadir
хirqiroq хo‘roz qichqirardi.
– Adashib qolgan jo‘jaхo‘roz bu. Hali vaqt bor,
uхla, damingni ol, – dedi Ochil buva chiroqni
o‘chirib yotarkan.
Lekin
Azimjon payqadiki, boboning o‘zi
uхlayotgani yo‘q. U hadeb u yoqdan bu yoq-
qa ag‘darilaverdi. Akbaralining fojiasi uni endi
to‘lg‘antira boshladi shekilli. Dam nafasi ichiga
tushib ketar,
dam uzun, chuqur uf tortar edi.
Azimjon bir vaqt boshini ko‘tarib qarasa, bo
bosi qorong‘ida oppoq bo‘lib karavotda o‘tiribdi:
soqoli oq, ko‘ylak-lozimi oq. Tushundiki, bobo-
ning Akbaralining oldidan «Yotamiz, dam olamiz»,
deb chiqib kelgani yotish, dam olish uchun emas
ekan.