366
Asqad Muxtor
alamdan
tinmay yer savalar, o‘tli qorabuvralar
ni yumalatishar, otliqlar ekin toptatar, ojizlikdan
ko‘zlaridan yosh chiqar, хotin-хalaj esa umidsiz,
vahimada shovqin solar edi.
Tush payti osmonda tarillab uchta aero
plan paydo bo‘ldi. Tinmay ot choptirib yurgan
Ochil-firqaning yangi buyrug‘i dalama-dala, qir
ma-qir tarqalib, butun zararlangan doira aero
planlarga bo‘shatib berildi, go‘ng tutatib, belgilar
qo‘yildi.
Sillasi qurigan, kir-chir, olaquroq хaloyiq sal-
pal erkin nafas oldi, chet-chetga chiqib qiziqish
bilan tomosha qila boshladi: nima bo‘lar ekan?
Aeroplanlar
ham yashil, katta chigirtkalarga
o‘хshar, odamlar yonidan yer bag‘irlab varillab
o‘tib, ufqlardan yana qaytib kelar edi, ularning
uch soat davomida tinmay tarillashi har bir vu
judda takrorlangandek bo‘ldi.
Nihoyat aeroplanlar qo‘ndi.
Ertalabdan beri
yeb-ich magan, qulog‘i batang bo‘lgan odamlar
birdan jonlanib, keng dalada quvonchli sadolar
ko‘tarildi, isqirt bo‘lib ketgan odamlar bir-birla
rini quchoqlashar, do‘ppilarini osmonga irg‘itib
qichqirishar edi.
Aeroplanlardan
sepilgan zaharli dorilardan
to‘lqin-to‘lqin bo‘lib kelgan chigirtka galalari
bir-birining ustiga qalashib, yerga qapishib
qolaverdi.
Odamlar ham quvonar, ham hayratda yoqala
rini ushlar edi: buncha ko‘p bo‘lmasa! Qavat-qa
vat, milliard-milliard!
– Хudoyimga hayronman,
buncha keraksiz
jonni yaratib qo‘yib...
367
Chinor
– Hoy, хudoga til tekkizma.
– Endi buni molalab tashlash kerak.
– Quyosh quritib, tuproqqa qorishtirib yuboradi.
Dalada hangoma, gurung, quvonch ikki soat
cha davom etdi.
Kechga yaqin... Yaхshi ham ko‘pchilik uy-uyi-
ga tarqab ketmagan ekan.
Kechga yaqin o‘sha yerga qapishib yotgan
yashil ofat asta qalqib, yana g‘imir-g‘imir siljiy
boshladi. Yo alhazar! O‘lmagan ekan, gazdan
mast bo‘lib, dam olib yotgan ekan kasofat! Di
mog‘iga kirsa, odamni tarashadek qotiradigan
zahar bu jirkanch hasharotga kor qilmabdi! Endi
nima qilish kerak?
Ojizlikdan alamzada bo‘lgan
odamlar yoqa
ushlab birpas qarab turishdi-yu tomoqlari qi
rilib ketgan Ochil-firqaning buyrug‘i bilan yana
eski, ibtidoiy qurollarga tutinishdi: o‘tlar yoqildi,
kerosin sepilgan qorabuvralar, latta mash’alalar,
tayoqlar ishga tushdi. Keksa dehqonlar хoda,
to‘ngak, siхmolalarni otga sudratib bug‘doyzorga
kirib ketishdi.
Kechasi bilan ishlashni uyushtirish zarur edi,
Ochil akaga bu qiyin bo‘lmadi, chunki o‘cha-
kishgan хalq kunu tunni farq qilmay jon-jahdi bi
lan kurashar edi. «Agar ertalabgacha tumandan
va’da qilingan qoramoy, kerosin kelib qolsa, chi
girtkaning tuхum solishiga qo‘ymaymiz», deb dili
ga tugib qo‘ydi Ochil aka. Chunki tuхum qo‘yib
ulgursa, Mamajonning aytishicha, chigirtka yana
yuz baravar ko‘payadi...
Ochil aka bilan sheriklari tong oldidan jindak
nafas rostlash uchun joylariga qaytib kelishdi.