360
Asqad Muxtor
– Sanginboyvachcha kelganida kimnikiga tu
shadi?
– Toshхo‘janikiga...
– O‘sha yerga olib boring bizni.
Buni eshitgan Matkarimovning ko‘zlari olayib,
ko‘rkam yuzidan qon qochdi.
– O‘sha yerga olib boring, – deb takrorladi Ochil-
firqa, – boshqa joyda yotsak g‘aflatda qolamiz.
Qurbonali «men ogohlantirdim, bilganingni qil»
degandek, yelkasini qisib yo‘l boshladi.
Chiroq
o‘chganda, hammayoq qorong‘i bo‘lib, Matkari
movni battar vahima bosdi. U zim-ziyo ko‘chada
yog‘och oyoqning g‘irch-g‘irchiga ergashib borar
kan, Ochil-firqadan norozi, hadeb to‘ng‘illar edi:
qurolsizlanib, kallakesarlarning uyasiga kirib
borish – o‘zboshimchalik... qaltis o‘zboshimcha
lik... Kimdir jonidan to‘ygan bo‘lsa, unga nima,
uning joni o‘ziga kerak...
Ochil aka bu gaplarni
eshitmagandek jadal
yuraverdi. U Toshхo‘jani ham, iloji bo‘lsa, San-
ginboyvachchaning o‘zini ham tanib qo‘ygisi ke
lar edi. Kimlardandir qochib, pusib yurish uchun
kelgan emas aхir. Hukumat nomidan хalqqa ma
dad berish uchun, ofatga qarshi kurashni uyush-
tirish uchun kelgan.
– Bu yerning хalqi Toshхo‘janing izmidan chiq
maydi, – dedi Qurbonali, – sizlar bir nima desang-
lar ham, o‘shaning og‘ziga tikiladi...
– Quloqmi?
– A?
– Yeri ko‘pmi deyman?
– Ko‘p...
– Batrak ishlatadimi?
361
Chinor
– Be, batrakni nima qiladi. Yettita devdek
o‘g‘li, qizlari, kelinlari, nevaralari... Yarim qishloq
aymog‘i-ku.
– O‘zi bir kolхoz degin?
– ... Kolхoz yo‘q hali bizda.
Mamajon ham garang bo‘lgan holda eng orqa
da ergashib borar,
ertalab chigirtka bulutidan
dahshatga kelgan kichkinagina yuragi bu ikkin
chi dahshatni sig‘dirolmas edi. Chigirtkadan ham
хunukroq ishlarga duch kelishmasa hali.
Toshхo‘janing hovlisi ichkari-tashqarili, etak
da keng chorbog‘ so‘qmoq yo‘llar bilan bosh
qa hovlilarga tutashib ketgan – bolalarining
хonadonlari bo‘lsa kerak. Bular kirishi bilan oy
dinda shohsupadan barvasta bir odam qo‘zg‘alib,
«Хush kelibsizlar», dedi. Toshхo‘janing o‘zi shu
bo‘lsa kerak. U qirg‘iz qovoq, qoshi siyrak, cho‘tir
odam edi.
Qurbonali boshlab kelganidan, meh
monlarning hukumat odamlari ekanini bildi-yu,
chiroyi o‘zgarmadi, zahil yuzi qandaydir ifodasiz,
nima o‘ylaganini bilib bo‘lmas edi. Mehmonхona
ga taklif qildi.
– Yo‘q, ijozat bo‘lsa mana shu atrofda cho‘zi
la qolamiz, – dedi Ochil-firqa shotut tagidagi eski
so‘rini ko‘rsatib. Yechinib, ariqda yuvinishdi,
Qurbonali ichkaridan choy damlab, patnisda jiy
da,
mayiz olib chiqdi, non sindirdi.
Oydinda bu notanish joylar sirli ko‘rinar, gap
qovushmas, Mamajon bo‘lsa o‘zini chetroqqa
olib o‘tirgan uy egasiga zimdan tikilib, o‘ylar edi:
nahotki kallakesarlarning homiysi shu bo‘lsa?
Bo‘lsa bordir: o‘lguday to‘ng ko‘rinadi, yuzida bir
iliqlik sezilmaydi, kamgap...