Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

333
Chinor
dan yana qattiqroq qo‘rqib ketgan edi. «Nega 
qichqiryapman? – deb o‘yladi – Bu jinnilik alo­
mati emasmikan? Bu ko‘zimga ko‘ringan odam... 
odam? O‘zim-ku bu! Yo jinni bo‘lganda odam o‘zi­
ga o‘zi ko‘rinarmikan? O‘zim...
Ha, bu uning хuddi o‘zi edi. O‘sha qirra burun, 
yonog‘i chiqqan oriq yuz... Lekin qop-qora. Soya!
Akbaralining yana orqasiga qayrilib qaragani 
yuragi dov bermadi. U qoqila-surila katta yo‘lga 
chiqib olib, bir qo‘li bilan peshanasini ushlagan­
cha shahar chiroqlari tomon yurdi. Peshanasi 
muzdek edi. Lekin u ishonmadi.
«Isitma! Yo‘q, jinni emasman men! Isitma bu! 
Sovuq isitma!» – deb tinmay pichirlar edi, ancha 
yurgandan keyin orqasiga qayrilib qaradi, as­
falt yo‘lga allaqayoqdagi chiroq shu’lasi tushib, 
yiltillab yotar edi. U ko‘prikdan ham allaqachon 
o‘tib ketgan ekan, bilmabdi. «Tavba, o‘ziga ham 
o‘zi ko‘rinadimi odam! Yo‘q, bir nima bo‘lyapti 
menga, biron joyga borib yotishim kerak. Ha­
deb o‘ylagandan. Hadeb o‘ylagandan. Endi o‘y-
lamayman. Borib yotaman. Qayerga bo‘lsa ham. 
Tavba, hamma azoblarni totdim, endi bir kamim 
jinni bo‘lib ko‘cha-ko‘yda tentishmidi? Yo‘q, o‘y-
lamayman. Bektemirni ham, oyimni ham, Had-
yani ham, o‘zimni ham... O‘zimni? Go‘ristondagi 
o‘zim nimi?.. Ha, ha, o‘ylamayman, hech qaysisini 
o‘ylamayman, bas!» ...
U haqiqatan ham hech narsani o‘ylamay qo‘ydi. 
To‘g‘ri borib mehmonхonaga kirdi. Yo‘lakda 
mudrab o‘tirgan semiz хotin biqqi qo‘lini cho‘zib 
uning pasportini oldi-yu, kalitni berib, yana uy­
quga ketdi.


334
Asqad Muxtor
Akbarali kalitda raqami ko‘rsatilgan хonani 
ochib kirdi-da, yechinmasdanoq karavotga 
cho‘zildi. Derazalar lang ochiq, tashqaridan Sho­
dasoyning muzdek shovillashi quloqqa chalinadi. 
Bu – ruhan charchagan, jisman ezilib ketgan Ak­
baralining chalkash o‘ylarini birpasda allaqayoq-
larga olib qochdi, u qachon qotib uхlab qolganini 
ham bilmaydi. Ertalab junjikib o‘rnidan turdi.
Endi u ancha tetik edi. Tungi g‘alati voqeani 
aniq eslab, labining bir cheti bilan salgina ma’yus 
jilmayib qo‘ydi. Qattiq charchagan ekan-da
odamning jinni bo‘lishi hech gapmas. Endi nima 
qilish kerak? Kimga uchrash kerak? Uchrash? 
Nega? Akbarali hech narsaga tayyor emas, hech 
qanday rejasi yo‘q edi. Karavotda o‘tirgancha o‘siq 
soqollarini paypaslab ko‘rdi. Och qoringa papiros 
tutatdi. Eshik taqillaganda cho‘chib o‘rnidan tur­
di, odam tovushi eshitilishi bilan kechagi char-
chog‘i yana qaytib kelgandek, ichida nimadir 
yana so‘ndi, bo‘shashib, loqayd bo‘lib qoldi.
Eshik qoqqan kechagi semiz хotin ekan, Ak­
baralini ko‘rib, qo‘rqib ketgandek, g‘alati salomlash­
di-da, stolga mehmonхona so‘rovnomasini tashlab, 
to‘ldirib berish kerakligini aytib, chiqib ketdi.
Akbarali so‘rovnoma qog‘ozni qo‘liga oldi. Ikki­
ta. Ikkita tashlab ketibdi. Nega ikkita? Har ehti­
molga qarshi deb bo‘lsa kerak, biri buzilib-netib 
qolsa...
Nimalarni o‘ylayapti o‘zi? Shundan boshqa o‘yi 
yo‘qmi? Yo‘q-da, miyasiga tuzuk-quruq o‘y kel­
may qoldi. Miyasi karaхt. Nima gap o‘zi? Nima qi-
lish kerak? Bu yerda nima qilib o‘tiribdi? So‘rov­
noma... mana, so‘rovnoma to‘lg‘azish kerak.


335
Chinor
U beiхtiyor g‘ijimlab qo‘ygan so‘rovnomani 
stolga yozib, kafti bilan tekisladi-da, qo‘liga qa­
lam oldi. Qog‘ozga tikildi. «Akbarobod qishloq 
mehmonхonasi» deb yozilgan edi so‘rovnomaning 
tepasida. Akbarali o‘qidi, negadir iljayib qo‘ydi, 
keyin hijjalab o‘qigandek, yana uzoq tikilib tur­
di. Ko‘zini pirpiratdi. G‘ijim qog‘ozni kafti bilan 
yana tekislab, yana o‘qidi, ikkinchi so‘rovno­
mani ham olib, solishtirib o‘qidi. Ko‘zini chetga 
olib birpas o‘tirgach, yana tikildi. Qog‘oz lovillab 
yonib ketgandek, seskanib o‘rnidan turdi. Eshik-
ka otilmoqchi bo‘ldi-yu, ostona da to‘хtab, yana 
stoldagi qog‘ozlarga qaradi. Oyoq uchida qaytib 
kelib, ko‘zini uqalab, yana o‘qidi. Endi buning 
ro‘yo emasligiga astoydil ishondi, shekilli, yuzi 
qog‘ozdek oqarib, o‘rniga o‘tirib qoldi. Suvdan 
chiqib qolgan baliqdek og‘zini ochib ancha o‘tir­
gandan keyin, qog‘ozga bir nima bo‘lmadimikan 
degandek qiya ko‘z tashladi. Qog‘oz turibdi. Te­
pasiga aniq yozilgan: «Akbarobod qishloq meh­
monхonasi» Akbar... Akbarali... Akbarobod... 
Nega Akbarobod? Shodasoy edi-ku? Oti boshqa 
bo‘libdi-da. Boshqa... boshqa Akbar.
Shu payt ro‘paradagi toshoynaga ko‘zi tushib, 
o‘rnidan sapchib turdi. Ko‘zguga yaqinlashdi
birdan terga tushib, tizzalari qaltiray boshladi: 
unga basharasini soqol bosgan, yonoq suyaklari 
turtib chiqqan, rangsiz, yovvoyi bir odam ko‘zlari 
baqraygancha tikilib turardi.
– Bu boshqa... Boshqa, boshqa! – deb qichqirib 
yubordi Akbarali. Birdan lop etib kechagi go‘ris­
tonda ko‘rgan odam qorasi yodiga tushdi. U Ak­
baraliga ko‘proq o‘хshardi...



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish