- o’quv xonalarini yoritili va isitislishi haqida tushuncha
- o’quv xonalarini gigiyenik baholash
Quyosh nurining inson organizimiga bo’lgan biologic ahamiyati juda katta.
Uning tetiklashtiruvchi, organizmning turli kasalliklarga bo’lgan qarshiligini
orttiruvchi ta’siri hammaga ma’lum.
Quyosh nuri almashinuv jarayonlarini yaxshilab, to’g’ri o’sish va rivojlanishga
zamin yaratadi.
Quyosh nuri almashinuv jarayonlarini yaxshilab, to’g’ri o’sish va rivojlanishga
zamin yaratadi. Ultrabinafsha nurlari bola terisidagi provitamin “D” ni
faoliyatsiz xolatidan faol holatga o’tkazib, suyaklarning o’sishi va
shakllanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yorug’lik psixologik ahamiyatga ega:
yoruqlikning kerakli miqdorda bo’lishi ko’tarinki, xursandchilik kayfiyatini
yuzaga keltiradi. Quyosh spektridagi ultrabinafsha nurlarining bakteriosid ta’siri
ma’lum. Bu esa tashqi muhitning sog’lomlashtirishda muhim gigiyenik omil
bo’lib xizmat qiladi. Bolalar muassasalarida oriyentatsiyasi (kun tomonlariga
nisbatan bo’lgan joylashuvi) quyosh radiatsiyasida kelib chiqqan holda
aniqlanadi. Barcha iqlim mintaqalarda maqsadga muvofiq eng yaxshi
oriyentatsiya bo’lib janubiy, janubiy- sharqiy oriyentatsiya hisoblanadi.
To’g’ri tushgan yorug’likning ko’zni oluvchi ta’sirini bartaraf etish maqsadida
bizning IV iqlim mintaqalarida o’quv va ishlab chiqarish ustaxonalarining
derazalari quyoshdan himoya qiluvchi moslamalar bilan to’siladi.
Gigiyenisistlar tomonidan olib borilayotgan kuzatishlar o’quvchilarning bir
qismida (20-30 %) asosan uzoqni ko’ra olmaslik bilan bog’liq bo’lgan ko’rish
faoliyati pasayishi kuzatiladi. Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiya xastaligi
bolalarning yoshiga bog’liq ravishda miqdor jixatdan ortib boradi.
Uzoqni ko’ra olmaslik- miopiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida boshqa
sabablar qatorida yorug’likning yetishmasligi ham katta ahamiyatga ega. Barcha
ko’rish funksiyalari yorug’lik yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi va uning
yanada pasayishi bilan bu o’zgarishlarning kuchayib borishi isbotlangan.
Mazkur ma’lumotlar bolalar muassasalarida ko’zning faoliyati uchun maksimal
yaxshi sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidlaydi.
Tabiiy yorug’lik yetarli, bir maromda bo’lishi va ortiqcha yorug’ bo’lmasligi
kerak.
Xonalarda tabiiy yorug’likni to’la- to’kis baholay oladigan ko’rsatkich tabiiy
yoruglik koefsentidir (T.Yo.K.).
Xonalarni pardozlashda, mebel va jixozlarga rang berishda oq rang-90%, sariq-
80%, ko’k-70%, yashil-60%, to’q yashil-22% gacha quyosh nurlarini
qaytarishini esda tutish lozim.
Gigiyena talablariga javob beradigan yorug’likni ta’minlashda yorug’lik darajasi
hamda ko’rish maydonida yorug’likning tekis va taqsimlanishiga ham talablar
qo’yiladi.
Barcha o’quv xonalari (o’quv sinflari, laboratoriya (tahlilxonalar, ustaxonalar)
tabiiy yorug’ bo’lishi lozim.
O’quv xonalarining chuqurligi 6 m dan yuqori bo’lganda o’ng tomonlama
biroz yoritilgan qurilmali quyoshdan himoya etadigan qurilmalar ishlatilgan
, yon tomonlama lеntali, chap tomondan yorug’ tushishi – bu tabiiy
yorug’likning eng yaxshi turidir.
To’siq mavjud bo'lgan o’ng tomonlama sal tushgan yorug’likning uzunligi
poldan 2,2 m dan va shiftdan 0,5 m dan kam bo'lmasligi kеrak (Shiftning
balandligi 3 m bo'lganda).
-rеaktsion bo'lmagan dahlizlarning o’tish joylarini, yuvinish xonalarini,
shuningdеk, sport zallaridagi yеchinish xonalarini ikkinchi nur bilan
yoritishga ruxsat etiladi;
-kasb hunar tеxnika kollеjlari turli xonalarining tabiiy yoritish darajalari
"Tabiiy va sun'iy yoritish" talablariga mos kеlishi lozim;
-sinf xonalarida dеrazalardan ancha uzoqlashgan nuqtadagi xonada tabiiy
yorug’lik koeffitsеnti 1,5 % dan kam bo’lmasligi zarur.