148
Boshqa dienollar qabi askorbin qislotasi oson oksidlanib, degidroaskorbin kislotasini hosil qiladi
va bu modda vitamin faolligiga ega bo‗lmaydi. S vitamin xam ishqoriy ham qislotali muxitda oson
parchalanadi.
Xayvonot organizmida C vitamini vodorod qo‗chiruvchi sifatida
oqsidlanish jarayonlarida
muxim rol o‗ynaydi. Aminokislotalar - tirozin va fenilalanin almashinishida askorbin kislotasining
ishtirok etishi aniqlangan. Bu vitaminning etishmasligi aminokislotalar parchalanishining buzilishiga
olib keladi. Singa yoki skorbutning tavsifiy belgilari - qon o‗tish tomirlari kapillyarlarining zararlanishi,
ularning sinib qonashi va shikastlanishi kuzatiladi.
C vitamini o‗simlik maxsulotlarida – sabzavot va mevalarda qo‗p tarqalgan. Xayvonot
maxsulotlarida,
jigardan tashqari, S vitamini juda kam uchraydi. Sabzavot va mevalarni quritish
jarayonida askorbat oksidaza fermenti ta‘sirida C vitamini parchalanadi. C vitaminni saqlab qolish
uchun sabzavot va mevalarni quritishdan oldin oltingugurt gazi bilan tutunlatiladi va bunda askorbat
oksidaza parchalanadi. Kislorodli atmosferada isitish natijasida C vitamini parchalanadi. Buni sabzavot
konservalari va murabbo tayyorlashda nazarda tutish kerak. Tayyor ovqatni saqlash va uni qayta isitish
jarayonida C vitamin parchalanadi. Odamning vitamin C ga bo‗lgan sutkalik ehtiyoji yoshga, fiziologik
holatga va bajarilayotgan ishga bog‗liq bo‗ladi. Kattalar uchun 70-120 mg ni, bolalar uchun 30-70 mg ni
tashkil etadi.Kelib chiqishiga ko‗ra vitaminlar quyidagilarga klassifikatsiyalanadi: o‗simlik
va hayvon
tabiatli tabiiy vitaminlar, biotexnologik yo‗l bilan olinadigan yarim sintetik va sintetik vitaminlar.
Eruvchanliq hususiyatiga qo‗ra 2 guruhga bo‗linadi: yog‗da eruvchi vitaminlar: retinol (vit.A),
kalsiferollar (vit.D), tokoferollar (vit.E) va filloxinonlar (vit.K).Suvda eruvchi vitaminlar: askorbin
kislotasi (vit.C), B guruh vitaminlari – tiamin (vit.B
1
), riboflavin (vit.B
2
), xolin (vit.B
4
), pantoten
kislotasi (vit.B
5
), piridoksin (vit.B
6
), inozit (vit.B
8
), sianokobalomin (vit.B
12
), pangam qislotasi (vit.B
15
),
folat kislotasi (vit.B
s
), nikotin qislotasi (vit.PP), biotin (vit.H), dioflavanoid (vit.R), C–metimetionin
(vit.U).
Ko‗pgina vitaminlar
organizmda sintezlanmaydi, balki oziq–moddalari bilan, asosan o‗simlik
ozukalari bilan kiradi. Vitamin tutuvchi usimliq xom ashyolari shunisi bilan qimmatliki, o‗lardan
olingan konsentratlar, vitaminlarni davolovchi xususiyatini kuchaytiruvchi qompleks moddalarni tutadi.
Vitamin tutuvchi preparatlar so‗yuq (yog‗simon eritmalar,
sharbatlar, qonsentratlar,
vitaminlashtirilgan balzamlar, parenteral qo‗llash uchun vositalar) va qattiq (choy tayyorlash uchun
yig‗malar,
drajelar, tabletkalar, kapsulalar) dori shakllarida ishlab chiqariladi. Vitaminlarning turli
uyg‗unliqlaridaga birikmalari boshqa turli dori shakllarida ham uchraydi.
Hozirgi vaqtda vitamin preparatlarning katta qismi sintetik yoki tabiiy mahsulotlarni tashkil etadi
(masalan, baliq moy). Biroq ularning orasida dorivor o‗simliq xom ashyosidan olinadigan ekstraksion
preparatlar ham bor. Bular na‘matak, to‗liq etilmagan yong‗oq, qarag‗ay,archa xvoyasi, qorag‗at,
chakanda va boshqa mevalardan olingan preparatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: