1-jadval.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va inflyasiya darajasi
Yillar
|
Qayta moliyalash
stavkasi, (o‘rtacha) %
|
Inflyasiya
darajasi %
|
Farqi
|
2000
|
27,8
|
28,2
|
-0,4
|
2001
|
24,0
|
26,6
|
-2,6
|
2002
|
30,0
|
21,6
|
8,4
|
2003
|
25,7
|
6,8
|
18,9
|
2004
|
18,8
|
3,7
|
15,1
|
2006
|
14,8
|
6,8
|
8,0
|
2007
|
14,0
|
6,8
|
7,2
|
2008
|
14,0
|
7,8
|
6,2
|
2009
|
14,0
|
7,4
|
6,6
|
2010
|
14,0
|
7,3
|
6,7
|
2011
|
12,0
|
7,6
|
4,4
|
2012
|
12,0
|
7,0
|
5,0
|
2013
|
12,0
|
6,8
|
5,2
|
2014
|
10,0
|
6,0
|
4,0
|
2015
|
9,0
|
5,6
|
3,4
|
2016
|
9,0
|
5,7
|
3,3
|
2017
|
14
|
14,4
|
-0,4
|
2018
|
16
|
14
|
2,0
|
2019
|
16
|
13,3 - 15,5
|
2,7 - 0,5
|
Manba: http://www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti.
Davlat qimmatbaho qog‘ozlarining (sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan)
taklifi oshib borgan sari, unga bo‘lgan bahosi pasayadi, o‘z navbatida, unga bo‘lgan foiz (ya’ni, qimmatli qog‘ozlarini sotib olganlarga foiz shaklida haq to‘lanadi) oshadi, bu esa unga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu esa, inflyasiyaning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida amalga oshirilgan chora – tadbir hisoblanadi. Masalan, 2009 yil uchun inflyasiyaning yillik prognoz ko‘rsatkichi 7-9% qilib belgilangan edi. Amalda uning 2009 yildagi yillik darajasi 7,4 foizni tashkil qildi. 2011–2013 yillarda 7,6 foizni tashkil etdi, 2014–2016 yillarda bu ko‘rsatkich bir muncha pastrok tendensiyaga ega bo‘ldi va u 4-6 foiz oralig‘ida bo‘ldi, 2018 yilda 16-17 foizgacha ko‘tarildi, 2019 yil bo‘yicha esa 13,5-15,5 foiz ko‘rsatkichi kutilmoqda.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda, asosiy e’tibor, 2019 yilning
birinchi yarmida tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmlarining keskin oshirilishi natijasida yuzaga kelgan monetar omillar ta’sirini kamaytirish hamda valyuta siyosatini erkinlashtirish jarayonidagi inflyasion xatarlarning oldini olish asosiy vazifa bo‘ldi (3-rasm).
3-rasm.
Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda iste’mol narxlari
indeksi bo‘yicha inflyasiya darajasi (jamiga nisbatan foizda)1
Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2019 yilda iste’mol narxlari indeksi (INI) bo‘yicha hisoblangan inflyasiya darajasi 14,4 foizni tashkil etdi.
Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari– 16,1 foizga va xizmatlar – 8,6 foizga qimmatlashgan.
Iste’mol narxlari dinamikasining oylar kesimidagi tahlili 2019 yil davomida inflyasiya darajasining shakllanishiga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi eng ko‘p ta’sir etganligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021 yillarga
mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash, xususan, ilg‘or xalqaro tajribada
qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini
yanada takomillashtirish, bank tizimini isloh qilishni chukurlashtirish va
barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit
bazasini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrda qabul
qilgan “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3272-son qarorida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush darajasini yaxshilash uchun pul-kredit siyosatining mavjud vositalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi qayd etilgan.
§4. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar
siyosatning usul va vositalari
Monetar siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, uni amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan hamda bu siyosat Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin Oliy Majlis Senatiga bu haqda axborot beradi. Pulkredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini, muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini, Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishi, valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, pul-kreditsohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Pul-kredit siyosatini shakllantirish jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga qarama-qarshi vazifani hal qilishga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan, uomaladagi pul massasining o‘zgarishini mumkin qadar moslashuvchan qilish, xo‘jalik konyukturasi (holati)dagi har qanday o‘zgarishlarga tezkor munosabat bildira olish, o‘sib borayotgan amaliy faollikni qo‘llab-quvvtlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa muomaladagi pul massasining ko‘payishini ma’lum darajada cheklash hamda muomalaga ortiqcha bo‘lgan to‘lov vositalari massasining tushushiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lib hisoblanadi.
YUqoridagi maqsadlarga erishish uchun pul-kredit siyosati bevosita
(ma’muriy) va bilvosita (iqtisodiy usul), vosita (instrument)lar orqali
amalga oshiriladi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |