5- rasm.
Pul-kredit siyosati usullari2
Bevosita usullar
|
Bilvosita usullar
|
Foiz stavkalarini chegaralash
|
Ochik bozordagi operatsiyalar
|
Maksadli kreditlar
|
Majburiy zaxiralar
|
Xar bir bank uchun kreditlash
mikdorlarini belgilash
|
Valyuta svoplari va bevosita oldi
sotdi operatsiyalari
|
Xar bir bank uchun kreditlash
mikdorlarini belgilash
|
Valyuta svoplari va bevosita oldi
sotdi operatsiyalari
|
Xar bir bank uchun xisobga olish
me’erlarini belgilash va boshkalar
|
Kiska muddatli depozitlar
mexanizmi
|
Kredit auksionlari
|
Lombard va overdraft
mexanizmlari
|
Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar
narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish
orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko‘rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qilinadi.
Bilvosita vositalar esa Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslariga bozor mexanizmlari (majburiy zaxira talablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki monetar siyosatning bilvosita vositalarini qo‘llashga o‘tish, ulardan pul massasi va bank tizimi limkvidligini samarali tartibga solish, pul hamda moliya bozorlarini yaratish va rivojlantirish maqsadida mustaqillik yillarida qator iqtisodiy hamda tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirib, qator ijobiy natijalarga erishganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Ma’lumki, muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish, inflyasiya sur’atlarini tushirish, investor va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxiralar me’yorini o‘rnatadi.
Majburiy zahiralar tijorat banklari mablag‘larining Markaziy bankda majburiy tarzda saqlanishi bo‘lgan qismidir.
Aksariyat mamlakatlarda qo‘llanilib kelayotgan pul-kredit siyosatining
vositalaridan biri bu tijorat banklarining majburiyatlariga nisbatan
majburiy zaxira talablari me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi
qo‘llanilish jihatidan sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga
qobiliyatliligi darajasiga ta’sir qiladi. SHuning uchun hozirda, ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan, O‘zbekistonda eng samarali vosita (instrument) ham aynan shu vositadir.
Majburiy zaxira talablari bu o‘z majburiyatlariga nisbatan tijorat banklarining Markaziybankda saqlashlari shart bo‘lgan depozitning majburiy darajasi (me’yori)dir.
Majburiy zaxira me’yorini o‘zgartirish orqali Markaziy bank mamlakatdagi pul massasi hajmiga va tijorat banklarining kredit berish salohiyatiga hamda tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank majburiy zaxira stavkasini oshirgan taqdirda tijorat banklarining kredit berish salohiyati pasayadi, bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda pul taklifi hajmini pasaytiradi va aksincha, majburiy zaxira stavkasi kamaytirilganda banklarning kredit berish salohiyati ortadi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidagi o‘zgarishlarning
dastlabki bosqichlarida mavjud bo‘lgan cheklovlar pul-kredit siyosatini amalga oshirishni tegishli usullarini tanlashni belgilab berdi.
Amalda Markaziy bank yuqoridagi uchta asosiy instrumentlardan tashqari
diskont siyosati, targetirlash va boshqa usullardan ham foydalanishi mumkin (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |