2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi.......................................................................................................................
27
Xulosa va takliflar.......................................................................................
Kirish Banklar tashkil topgandan beri ular faoliyatini mustahkamlash, barqarorligini ta’minlash, risklarni boshqarish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash mamlakat bank tizimi barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
SHu sababli, tijorat banklari kapitallashuvi darajasini yanada kuchaytirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini oshirish hamda investitsiya loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirishda ularning ishtirokini kengaytirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3066-sonli qarorida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashish darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash mamlakat bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan.
Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini muntazam va etarli darajada o‘rganish, tahlil etish nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Sababi, ushbu tahlillar natijasida banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy yangilik va amaliy takliflar ishlab chiqish imkoni paydo bo‘ladi.
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
SHu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi bozor infratuzilmasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bank tizimi bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. CHunki banklar iqtisodiyotni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni moliyalashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish hamda aholiga turli moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o‘tish uchun zamonaviy bank tizimini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surildi.