6-rasm.
Markaziy bank pul-kredit siyoatining asosiy instrumentlari3
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bu Markaziy bankning
Respublikadagi boshqa banklarga taqdim qiladigan puliga qo‘yilgan to‘lov
foizidir. Masalan, sodda tilda aytilsa, Markaziy bank bizdagi banklargakredit beradi, banklar o‘z navbatida ushbu kreditni jismoniy va yuridik shaxslarga kredit yoki qarz qilib qayta tarqatadi. Bunda Markaziy bankdan ma’lum bir foizga olingan kreditning ustiga o‘z foizini qo‘shib tijorat banki aholiga kredit tarqatadi. Masalan, Markaziy bankdan tijorat banki bir million so‘m olsa, endilikda yangi stavkaga binoan ushbu summaga 14 foiz qo‘shib, ya’ni 1 140 000 so‘m qilib qaytarish kerak. Ushbu summadan tijorat banki o‘z daromadini qo‘shib aholiga qarz yoki kredit beradi. Tijorat banki Markaziy bankdan 14 foizlik stavkada olgan bo‘lsa, aholiga uni 20 yoki 22 foizlik stavkada sotadi va o‘rtadagi foizlar bu tijorat bankining daromadidir.
Markaziy bank qayta moliyalash siyosati an’anaviy monetar
instrumentlarning turlaridan biri hisoblanadi. Qayta moliyalash siyosati
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:
a) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi
trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan kreditlash usuli;
b) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi
qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlash usuli;
v) tijorat banklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash usuli. Mazkur usulda
berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar shaklida
beriladi. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik amaliyotida milliy valyutada
emissiya qilingan trattalar muomalasining mavjud emasligi mamlakatimiz
Markaziy banki diskont siyosatini shakllantirish imkonini bermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining muomaladagi pul massasiga ta’sir etish darajasiga va shuning asosida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyatini oshirishga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Respublikamizda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari hamda Markaziy bank
tomonidan qat’iy monetar siyosatining yuritilishi, o‘z navbatida,
mamlakatimizning pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari dinamikasida, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo‘yicha hamda banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |