§3. Banklarda pul muomalasini tashkil etishning
o‘ziga xos xususiyatlari Bank tizimining taraqqiyoti aniq belgilangan maqsad, vazifalar va
tamoyillarga asoslanadi. Ushbu maqsad, vazifa va tamoyillar respublika
iqtisodiyotini isloh qilish jarayonida umumiqtisodiy masalalarni hal etish bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini keng ko‘lamli isloh qilish
jarayonida muhim institutsional va tuzilmaviy o‘zgarishlarga erishildi. Ikki bosqichli bank tizimi ya’ni, Markaziy bank hamda mulkchilikning turlishakllari asosida tijorat banklari tizimi tashkil etildi va rivojlanmoqda. Bundan tashqari banklarimizning etakchi xorijiy banklar bilan hamkorligi yildan-yilga kengaymoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda bank tizimiga katta e’tibor
qaratilayotganligi, shuningdek, tijorat banklari kapitallashuvini yanada
jadallashtirish borasidagi farmonlariga muvofiq qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida korxona va tashkilotlar tomonidan investitsiyalarga bo‘lgan talabning ma’lum darajada o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pirovard maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bu jarayonda iqtisodiyot pulkredit mexanizmi orqali tartibga solib boriladi, ushbu mexanizmning asosiy dastagi bo‘lgan foiz stavkasidan foydalaniladi.
Pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish
jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida pul-kredit siyosatida qo‘llaniladigan asosiy instrumentlardan yana biri qayta moliyalash siyosatidir. Qayta moliyalash siyosati bu – Markaziy bankning tijorat banklariga beradigan kreditning foiz stavkasi hisoblanadi.
Qayta moliyalash siyosatini qo‘llaganda Markaziy bank stavkani oshirishi yoki tushirishi mumkin. Agar Markaziy bank pul massasini kamaytirishni rejalashtirsa, unda u qayta moliyalash stavkasini yuqori qilib qo‘yadi, bunda tijorat banklari o‘zlarining kredit resurslarini Markaziy bankdan oladigan ssuda hisobiga emas, balki aholi qo‘lidagi pullar hisobiga ko‘paytirishi mumkin, va aksincha. Agar Markaziy bank pul massasini oshirishni xohlasa stavkani pasaytiradi va tijorat banklari uchun resurs bazasini ko‘paytirish uchun eng samarali manba bu – Markaziy bank tomonidan berilgan ssudalar hisoblanadi.
Quyida keltirilayotgan jadvalda Markaziy bankning qayta moliyalash
stavkasining dinamikasini ko‘rishimiz mumkin. Pul bozoridagi foiz
stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirishmaqsadida pul-kredit siyosatida qo‘llaniladigan asosiy instrumentlardan yana biri qayta moliyalash siyosatidir.
Jadvalda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va inflyasiyaning
yillik darajasi o‘rtasidagi aloqadorlik va mutanosiblik darajasiga baho
beramiz (1-jadval).