1-amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
Ekonometrik modellashtirish asoslari.
Maqsad: Ekonometrik modellashtirishning mohiyati, ushbu fanning maqsad va vazifalari, metadalogiyasi, boshqa fanlar bilan aloqasi
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. D.Rasulev, Sh. Nurullayeva, N. Ro’zmetova, M. Mumınova : o‘quv qo‘llanma.–
Toshkent – Iqtisodiyot – 2019 – 248 b.
2. www.ziyonet.uz – O‘zbekiston Respublikasi elektron kutubxonasi.
3. www.Lex.uz
Ishning mazmuni:
Ekonometrika asoslari fanining mohiyati.
Fanning maqsadi va vazifalari
Ekonometrika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
1.1Ekonometrika asoslari fanining mohiyati
Ekonometrikani o’rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo’lishini ta‟minlaydi deyish mubolag’a bo’lmaydi. Buning sababi hozirgi kunda amaliy iqtisodiyotning ahamiyati uzluksiz ravishda ortib borishi hamda miqdoriy hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va gipotezalarni baholash har qachongidan ham ko’proq zaruriyatga aylanib borishidadir. Nazariy iqtisodiyotga ko’ra ikki va undan ortiq o’zgaruvchi orasida bog’liqlik mavjud bo’lsa, amaliy iqtisodiyot kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog’liqlikning dalilini talab qiladi. Real ko’rsatgichlarni qo’llab, iqtisodiy bog’liqlikni hisoblash usullarini o’rgatuvchi fan ekonometrikadir1. So’zma-so’z ekonometrika iqtisodiyotda o’lchashni anglatadi. Mohiyatiga ko’ra ekonometrika o’z ichiga iqtisodiy ma‟lumotlarni tahlil qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik texnikalarni qamrab oladi. Iqtisodiy ma‟lumotlardan bu statistik va matematik vositalari yordamida foydalanishdan asosiy maqsad, muayyan iqtisodiy taklif va modellarni isbotlash yoki rad etishga harakat qilishdir. Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan.
Ekonometrika asoslari fani o’zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga ekonometrika asoslarining mazmuni, uning tarkibi va qo’llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada bo’ladi.1 Ekonometrika asoslarining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo’ladi (1.1-rasm).
Ekonometrika asoslarining predmeti–bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o’zaro bog’liqligini miqdoriy ifodalanishni o’rganish hisoblanadi. Iqtisodchilar “Ekonometrika” atamasidan P.Ts‟empa (1910), Y.Shumpeter (1923), R.Frish (1930) larning tadqiqotlari natijasida qo’llay boshladilar. Ushbu termin ikkita so’z “Ekonomika” va “Metrika” larning birlashishidan hosil bo’lgan. Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) – bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o’lchov ma‟nolarini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |