Banklarning paydo bo‘lishi va ularning pultovar munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni


-rasm. Zamonaviy tijorat banklarining vazifalari



Download 494,19 Kb.
bet5/14
Sana03.06.2022
Hajmi494,19 Kb.
#633892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BANK

2-rasm.
Zamonaviy tijorat banklarining vazifalari

Manba: Rouz Piter “Bankovskiy menedjment”, M. Delo LTD. 2010

Bank faoliyati quyidagi muhim tamoyillar asosida tashkil etiladi:


1) bank muassasasining haqiqiy mavjud bo‘lgan mablag‘lar hajmida faoliyat ko‘rsatishi;
2) bank muassasasining to‘liq iqtisodiy mustaqilligi;
3) bankning o‘z mijozlari bilan munosabati bozor munosabatlari asosida tashkil etilishi;
4) bank faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishda faqat bevosita
iqtisodiy usullardan foydalanish.
Banklarning haqiqiy mavjud bo‘lgan mablag‘lar hajmida faoliyat ko‘rsatishi tamoyili nafaqat banklarni o‘z mablag‘larining miqdori beriladigan kredit hajmiga to‘g‘ri kelishini, balki bank aktivlarini tarkiban jalb qilinadigan mablag‘larga muvofiq kelishini ta’minlashlarini taqozo etadi. Eng avvalo, bu ularning muddatlari bo‘yicha mos kelishidir. Biroq, banklarning katta marja (bank foydasi) ketidan quvishlari mijozlardan mahrum bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkinligi, shuningdek, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat
banklari tomonidan ham nisbatan arzon kreditlar taklif etilishi mumkinligi sababli tijorat bankining yuqori darajada foyda olish imkoniyati cheklangan.
SHuningdek, daromad yoki foyda olmasdan bank faoliyatini tashkil etib
bo‘lmaydi. Bank o‘z faoliyatini amalga oshirishda mavjud qonunchilikka rioya
etishi, bank xizmati bozori haqida etarli axborot olish imkoniga ega bo‘lishi
lozim.
Banklarning to‘liq iqtisodiy mustaqilligi tamoyili ularning o‘z
faoliyatini tashkil etishdagi mustaqilligi hamda natijalar uchun to‘liq
javobgarligini anglatadi. Bu tamoyil banklarga o‘z mablag‘lari va jalb
qilingan pul mablag‘larini mustaqil boshqarishi, mijozlar va omonatchilarni erkin tanlashi, daromadlarni boshqarish, soliqlarni to‘lash kabi huquqlarini beradi. Ma’lumki, bankning bo‘sh turgan pul mablag‘lar bo‘lmasligi, barcha mablag‘lari imkon qadar muomalaga kiritilishi lozim.
Biroq, bank faoliyatini tashkil etish tartibi mablag‘lar bir qismining zaxirada bo‘lishini taqozo etadi.
Natijada zaxiradagi mablag‘lar muomalada ishtirok etmaydi. Mablag‘larning yana bir qismi esa iqtisodiyotni kreditlash uchun yo‘naltiriladi. Kredit sifatida taqdim etilgan mablag‘larning zaxiradagi mablag‘larga nisbatan foydaliligi banklarning to‘liq iqtisodiy mustaqilligi tamoyili sharoitida bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi optimal nisbatni ushlab turishni rag‘batlantiradi.
Banklarni o‘z mijozlari bilan munosabatlari bank kreditlarini berish
jarayonida bozor munosabatlariga tayangan holda ularning foydalilik,
tavakkalchilik va likvidlilik tomonlariga e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Bank faoliyatining muhim qoidalaridan biri shuki, bank iqtisodiy korxona
sifatida o‘z mablag‘i ustidan tavakkal ish tutishi mumkin bo‘lsa-da, mijoz
mablag‘i hisobiga tavakkalchilik qilishi mumkin emas. Bank faoliyatining
muvaffaqiyatsizligidan uning o‘zi jabr tortishi mumkin, biroq mijoz hech qachon jabrlanmasligi kerak. Bankning faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko‘rishi hisoblanib, bankning foydasi keyingi o‘rinda turadi. Tijorat bankning mijozlarga nisbatan sheriklik munosabati o‘zaro manfaatdorlik qoidasiga asoslanishi lozim.
Bank faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishda faqat bevosita
iqtisodiy usullardan foydalanish tamoyili bozor munosabatlari sharoitida bank tizimining samarali amal qilish, moliyaviy va kredit operatsiyalarini bajarishda tashqi ma’muriy tazyiqlarning oldini olish imkonini beradi.
Download 494,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish