§5. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini islox qilishning ustvor yo‘nalishlari
Istiqlol yillarida respublikamizda barqaror va samarali ishlovchi bank tizimi asoslari shakillantirildi. Mustaqillik yillaridagi islohotlar, ayniqsa bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bunda, Prezidentimizning mustaqil O‘zbekistonning milliy iqtisodiyotini yaratish, uni yanada rivojlantirishga, qaratilgan beshta muhim tamoillari asos qilib olindi.
Mustaqillik arafasida bank tizimi oldida bir qator jiddiy muammolar turar edi. Xususan, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur texnologiyalar va hatto oddiy kompyuter texnikasiga talabning yuqoriligi, bozor tamoillariga asoslangan bank tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va me’yoriy xujjatlarning mavjud emasligi, nodavlat kapital va resurs bazasining zaifligi, ayniqsa, yangi tartibda samarali faoliyat ko‘rsata oluvchi yuqori malakali bank sohasi raxbarlari va mutaxasislarining taqchilligi kabi o‘tkir masalalar mavjud ediki, ular faqat davlatimiz rahbarining e’tibori asosida muvofaqiyatli hal etildi.
Mustaqillik yillarida zamonaviy bank tizimini shakillantirish va uni xalqaro me’yorlarga mos ravishda rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilinsa, 1991-2000 yillarni o‘zichiga olgan dastlabgi bosqichda quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilganligini guvoxi bo‘lamiz.
Birinchidan, xalqaro me’yorlarga to‘la mos bo‘lgan, iqtisodiyotning “qon tomiri” hisoblanmish bank tizimini barpo etish uchun barcha imkoniyatlardan keng foydalanildi. Hukumat tomonidan Markaziy bank oldiga mamlakat iqtisodiyotining pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishdek g‘oyat muhim vazifalar qo‘yildi va sifat jihatidan yangi bank tizimini yaratish vazifalari belgilab olindi.
O‘zbekistonning avvalgi bank tizim bir pog‘onali, ya’ni sobiq itifoqning ixtisoslashtirilgan Davlat banki. Jamg‘arma bank va boshqa banklarning respublika bo‘linmalaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillikka erishilgandan so‘ng, mamlakatda ikki pog‘onali, ya’ni yuqori pog‘onada bosh maqsadi milliy valyuta –so‘mning barqarorligini ta’minlash hisoblangan, pul-kredit va bank tizimini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi yagona organ – zaxira va emission muassasa – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashkil etildi, rivojlangan bozor mamlakatlariga xos va xalqaro andozalarga mos bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi hamda shu hujjat asosida uning o‘ziga xos maqomi, maqsadi, vazifalari va vakolatlari aniq belgilandi hamda faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Bank tizimining quyi pog‘onasi esa, mamlakat iqtisodiyoti sub’ektlari va axolisining bank xizmatlariga bo‘lgan talabni to‘laroq qondira oladigan turli mulkchilik shaklidagi, mustaqil tijoratbanklarining keng tarmog‘i shakillantirildi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va tijorat banklari faoliyatini huquqiy asoslari aniq belgilab berildi.
Ikkinchidan, istiqlolgacha hamda mustaqillikning dastlabgi uch yilida amalda bo‘lgan katta xajimdagi rubl muomaladan chiqarilib, 1994 yilning iyun oyidan boshlab, milliy valyuta “so‘m” muomalaga kiritildi.
Uchinchidan, mustaqillikkacha va qisman uning dastlabgi yillarida respublikamizning bank muassalarida amalda bo‘lgan va sobiq markazlashgan rajali iqtisodiy tizim talablariga muvofiq bo‘lgan me’yoriy xujjatlar tubdan qayta ishlab chiqilib, bozor iqtisodiyoti tamoillariga xos bo‘lgan maxsus qonunlar va bank faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan va uni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning to‘liq majmuasi shakillantirildi. Jumladan, 1998 yilda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalari va xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar majmui amaliyotga joriy etildi. Manfatdorlikni pasaytiradigan va umuman moliyaviy vositachilik samaradorlik qo‘lamlarini oshirishga to‘sqinlik qiladigan kredit bo‘yicha foiz stavkalari hamda kredit miqdorlari bo‘yicha limitlar bekor qilinib, iqtisodiyotni tartibga solishning bozor tamoillariga mos bo‘lgan monetar siyosatning bilvositainstrumentlari: majburiy zaxira talablari, qayta moliyalash va ochiq bozordagi operatsiyalar mexanizmlari joriy qilindi.
To‘rtinchidan, tijorat banklari buxgalteriyasining tashkiliy tarkibi butunlay yangilandi, xalqaro andozalarga mos bo‘lgan buxgalteriya xisobi tartibi va moliyaviy hisobotlari shakillari joriy etildi, shular asosida masofaviy va joyida tekshirish shakillaridagi bank nazoratining zamonaviy xalqaro me’yorlari amaliyotga joriy etildi.
Bank tizimi rivojlanishining 2001-2010 yillarni o‘z ichiga olguvchi keyingi bosqichda bank tizimini yanada isloh qilish, takomilashtirish, barqarorlik va salohiyatini oshirish, moliya-bank sektori tarkibi va infratuzilmasini rivojlantirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorining qabul qilinishi respublika moliya-bank tizimini islox qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun bank-moliya tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‘zgartirish, qabul qilingan xalqaro me’yorlar, standartlar va baxolash ko‘rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni ta’minlashga asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |