121
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda
kapitalini joylashtirish borasidagi
bank marjasi
(mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar
- banklarning depozitorlar bilan tuzgan
shartnomalari asosida
depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini
muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni
mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar
ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka
muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy
shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki
jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi.
Barcha
depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta,
cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa,
ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib
tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subektlari singari o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini
ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni rusurslariga ega bo‘lishlari
lozim.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali
tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi.Bank resurslarini ikki kata
guruhga bo‘lish mumkin.
Bular:
banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablaqlardir.Jalb qilingan resurslarni ba’zi
hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi- bu jalb qilingan depozitlar ,
boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurslardir.Bu resurslar bankning aktiv
operatsiyalarini
amalga oshirishda ishlatiladi,ya’ni bank resurslari daromad olish
maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi.
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil qiladi.Bank
boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining etarli darajasi miqdorini
ko‘rsatishi lozim.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir
vaqtning o‘zida bu mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham
oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va
likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining
bo‘sh turgan pul mablag‘larining banka sari oqimini ta’minlaydi.Undan tashqarii bankning
ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini
qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy
faoliyati amalga oshiriladi,kreditlar berish
salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi,banklarning daromadlari vujudga keltirilad. Bank
122
resurslari tarkibida bankning o‘z resurslari alohida o‘rin tutadi. O‘z resurslari ustav
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali tushunchalari farq qiladi. «O‘z mablag‘i»
tushunchasi keng ma’noli, u ыz ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan
hamma passivlarni ya’ni bankning ustav,
rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil
qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.
Bankning o‘z kapitali - bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag‘laridan farqli o‘laroq,
bevosita bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa
korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10
foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortig‘ foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: