Ushbu MHXS ning maqsadi boʼlib sugʼurta shartnomalari boʼyicha bunday shartnomalarni chiqaradigan har qanday tadbirkorlik subʼekti (mazkur MHXS da sugʼurtalovchi deb nomlangan) tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini belgilashdan iboratdir. Ushbu standart BHXS Kengashi sugʼurta shartnomalari boʼyicha oʼz loyihasining ikkinchi bosqichini tugallagunga qadar amal qiladi. Xususan, mazkur MHXS quyidagilarni talab etadi:
sugʼurta shartnomalarini sugʼurtalovchilar tomonidan hisobga olishga nisbatan cheklangan takomillashtirishlarni.
sugʼurtalovchilarning moliyaviy hisobotlaridagi sugʼurta shartnomalaridan yuzaga keladigan summalarni belgilaydigan va tushuntiradigan hamda ushbu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga sugʼurta shartnomalari boʼyicha kelgusi pul oqimlarining summasini, muddatini va noaniqligini tushunishda yordam beradigan maʼlumotlar ochib berilishini.
Tadbirkorlik subʼekti ushbu MHXS ni quyidagilarga nisbatan qoʼllashi lozim:
u chiqaradigan sugʼurta shartnomalari (jumladan qayta sugʼurta shartnomalari) va u egalik qiladigan qayta sugʼurta shartnomalari.
ixtiyoriy ishtirok jihatiga ega boʼlgan va u tomonidan chiqarilgan moliyaviy instrumentlar (35-bandga qarang). MHXS 7 “Moliyaviy instrumentlar: maʼlumotlarni ochib berish” moliyaviy instrumentlar toʼgʼrisida, jumladan bunday jihatlarga ega moliyaviy instrumentlar toʼgʼrisida maʼlumotlar ochib berilishini talab etadi
Tadbirkorlik subʼekti mazkur MHXS ni quyidagilarga nisbatan qoʼllamasligi lozim:
bevosita ishlab chiqaruvchi, diler yoki chakana savdodagi tadbirkorlik subʼekti tomonidan chiqarilgan mahsulot kafolatlari ((BHXS 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” va BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ga qarang).
(b) ish beruvchilarning xodimlarga haq toʼlash boʼyicha yuzaga keladigan aktivlari va majburiyatlari (BHXS 19 “Xodimlarning daromadlari” va MHHS 2 “Аktsiyaga-asoslangan toʼlov” ga qarang) va belgilangan nafaqa tizimlari boʼyicha hisobotlarda aks ettirilgan nafaqa majburiyatlari (BHXS 26 “Pension tizimlar boʼyicha buxgalteriya hisobi va hisobot” ga qarang).
nomoliyaviy moddaga boʼlgan huquqdan yoki nomoliyaviy moddani oʼzidan kelgusida foydalanishga bogʼliq boʼlgan shartnomaviy huquqlar yoki shartnomaviy majburiyatlar(masalan, ayrim litsenziya haqlari, royaltilar, shartli ijara toʼlovlari va shunga oʼxshash moddalar) hamda moliyaviy ijarada ijarachi tomonidan tugatish qiymating kafolatlanishi (BHXS 17 “Ijara”, BHXS 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” va BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” ga qarang).
moliyaviy kafolat shartnomalari, bunda emitent bunday shartnomalarni sugʼurta shartnomalari sifatida oldin aniq taʼkidlamaguncha hamda sugʼurta shartnomalariga nisbatan qoʼllaniladigan buxgalteriya hisobidan foydalanmaguncha, yaʼni ushbu holatda emitent bunday moliyaviy kafolat shartnomalariga nisbatan BHXS 32, MHXS 7 va MHXS 9 yoki mazkur MHXS ni qoʼllashni tanlashi mumkin. Emitent ushbu tanlovni har bir shartnoma boʼyicha amalga oshirishi mumkin, ammo har bir shartnoma uchun tanlov qayta koʼrib chiqilmaydi
biznes birlashuvida toʼlanadigan yoki olinadigan shartli tovon (MHXS 3 “Biznes birlashuvlari” ga qarang).
tadbirkorlik subʼekti egalik qiladigan bevosita sugʼurta shartnomalari (yaʼni tadbirkorlik subʼekti polis egasi boʼlgan bevosita sugʼurta shartnomalari). Biroq, sedent mazkur MHXS ni u egalik qiladigan qayta sugʼurta shartnomalariga nisbatan qoʼllashi lozim.
mazkur MHXS ni sugʼurta tarkibiy qismga nisbatan qoʼllashi lozim.
MHXS 9 ni depozit tarkibiy qismga nisbatan qoʼllashi lozim.
Sugʼurtalovchi har bir hisobot davri oxirida uning tan olingan sugʼurta majburiyatlari mosligini, uning sugʼurta shartnomalari asosida kelgusi pul oqimlarining joriy baholari orqali, baholashi lozim. Аgarda ushbu baholash (tegishli muddati uzaytirilgan sotib olish xarajatlari va tegishli nomoddiy aktivlar, masalan 31 va 32-bandlarda mulohaza qilinganlar, chegirilgandagi) uning sugʼurta majburiyatlarining balans qiymatlari baholangan kelgusi pul oqimlari asnosida mos emasligini koʼrsatsa, butun kamomad foyda yoki zararda tan olinishi lozim