"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

 
 
 
3.Banklarda kreditlash jaryonini tashkil qilishning huquqiy asoslari 
 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, banklar 
faoliyatining mustaqillashuvi va erkinlashuvi yuzaga keladi. Mustaqillik yillarida turli xil 
mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar tashkil qilinmoqda. Xar bir iqtisodiy mustaqil 
korxona faoliyatida aylanma mablag‘larning vaqtinchalik etishmasligi yuzaga keladi. 
Xozirgi sharoitda mamlakatimizda mablag‘ jalb qilishning eng keng tarqalgan yo‘li bu 
bankdan kredit olishdir. SHu sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit mexanizmining 
o‘rni katta.
Bilamizki, tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etishning asosiy mezonlaridan 
biri uning huquqiy asosining qay darajada yaratilganidir. Respublikamiz tijorat banklari kredit 
faoliyatining huququy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
qabul qilingan bank faoliyatiga tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘plami hisoblanadi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Aksiyadorlar jamiyati va ular 
huquqini himoya qilish to‘g‘risida”, “Bank siri”, “Aholi omonatlarini kafolatlash fondi 
to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40 - moddasiga ko‘ra, tijorat 
banklari yuridik shaxs bo‘lib, ularning asosiy maqsadi foyda olishdir
72
. Faqat etarli 
miqdorda foyda oladigan bankgina o‘z aksiyadorlariga dividend to‘lashga, sarmoyani 
ko‘paytirishga, faoliyat ko‘lamini kengaytirishga, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat 
turlarini ko‘paytirishga, filiallar tarmog‘ini kengaytirish bilan birga bozorda o‘z mavqeini 
ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
72
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi Toshkent: -2003. –B. 300-308. 


304 
Banklar aholidan omonatlarni jalb qilib, o‘zi tavakkal qilib riskni o‘z bo‘yniga olgan 
holda jalb qilingan mablag‘larni kredit va investitsiya amaliyotlariga yo‘naltiradi. 
Fuqarolik kodeksining 765 va 785- moddalariga hamda “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida” gi qonunning 39 - moddasiga asosan banklar jalb qilingan omonat va boshqa 
mablag‘larning to‘laligicha saqlanishini va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashlari shart.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish siyosati 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatori bank tizimida ham keng ko‘lamda amalga 
oshirilmoqda. Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarning moliyaviy 
ahvolini tahlil qilish kabi masalalarni to‘g‘ri amalga oshirish kredit riski darajasini 
pasaytirishga, hamda bank kredit portfelini sifatini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarning asosiy 
qismi shu banklarda yig‘iladi, hamda bu banklar huquqiy va jismoniy shaxslarga 
o‘zlarining jozibador xizmatlarini ko‘rsatadilar. 
Tijorat banklarini kreditlash jarayonini tashkil etishdagi keyingi o‘zgarishlarga “Bank 
tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Prezident Farmoni asos bo‘ldi
73
. Bu Farmonga asosan kreditlash borasida tijorat 
banklarining mustaqilligini oshirish, kreditlash jarayonini kengaytirish va takomillatirish 
masalalarini amalga oshirish ko‘zda tutildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir bankni 
siyosiy, iqtisodiy va ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritishi amalda 
mustaqil bo‘lishini talab etadi. Tijorat banklari shunga muvofiq o‘zining mustaqil kredit 
siyosatini va kreditlash nizomini ishlab chiqishdi. Hozirgi kunda har bir tijorat banki 
kreditlash amaliyotini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga, kredit siyosatiga 
va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirmoqda. Bu esa barcha banklarning 
yagona umumiy me’yoriy hujjat asosida emas, balki mustaqil ravishda, o‘z faoliyatining 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditlash jarayonini tashkil etishga imkoniyat 
yaratadi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda tijorat banklari kreditlash jarayonini 
tashkil etib, uni yildan-yilga takomillashtirib bormoqdalar. Tijorat banklari kredit 
operatsiyalarini amalga oshirish va tartibga solish uchun kredit siyosati juda muhim vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Tijorat banklari o‘zlarining faoliyatlaridan kelib chiqib kredit 
siyosatini bir qatoromillar hamda turli me’yoriy va uslubiy qo‘llanmalarga asoslangan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda 
tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 429 – 
Nizomga asosan ishlab chiqadilar.
Tijorat banklarining kredit siyosatini maqsadi quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

yuqori sifatli aktivlarni tashkil etish va daromadlikning doimiy maqsadli darajasini 
taxminlash imkonini beradigan tavakkalchilikning faqat shunday xarakteriga yo‘l qo‘yish; 
73
“Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni Toshkent, 
2000. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. - oshkent: O‘zbekiston, 
2003. 


305 

yuqori sifatli kredit portfelini ta’minlovchi kredit xodimlarining yuqori malakali 
jamoasini tashkil qilish; 

bankning strategik maqsadlariga muvofiq keladigan iqtisodiy jihatdan istiqbolga 
ega, rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun ssudalar berish; 

kredit resurslarini jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlashni amalga 
oshirish; 

bank mijozlari bilan uzoq muddatli, daromad keltiruvchi munosabatlarni 
rivojlantirishga ko‘maklashish; 

yuqori darajada raqobatbardosh, biroq, kreditlashning asossiz, shuningdek, bank
amaliyotida vaqtinchalik istiqboli bo‘lmagan usullaridan foydalanishdan chekinish. 
Me’yoriy hujjatlarning ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
tijorat banklarining kredit siyosati bo‘yicha belgilagan talablari muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda 
tasdiqlangan “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 429 – 
Nizomga asosan banklarning redit siyosatiga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
1. Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi 
2. Vakolatlar darajasi va mas’uliyatni taqsimlash 
3. Kredit turlari 
4. Kreditlarning to‘planishi 
5. Kreditlarni to‘lash 
6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot 
7. Garov ta’minotiga nisbatan qo‘yiladigan talablar 
8. Kredit monitoringiga nisbatan qo‘yiladigan talablar 
9. Foiz stavkalari 
10. Bog‘liq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar 
11. Ko‘zda tutilmagan holatlar moddalari(balansdan tashqari moddalar) 
12. Kredit portfelini audit qilish 
13. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar 
Bugungi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatiga ega bo‘lib, uni doimiy 
ravishda takomillashtirib borishga e’tiborni qaratishlari lozim. 
Tijorat banklari faoliyatida kredit risklarini kamaytirish hozirgi kunda kredit 
siyosatining bosh maqsadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kreditlash jarayonida kredit riski 
darajasini pasaytirish maqsadida Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi 557-sonli “Bir 
qarzdor yoki o‘zaro daxldor bo‘lgan qarzdorlar guruhiga to‘g‘ri keluvchi riskning eng 
yuqori darajasi to‘g‘risida”gi nizomida keltirilgan quyidagi talablarga rioya etiladi:
-tijorat banklarining bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan ta’minlangan kreditining eng 
yuqori miqdori bankning birinchi darajali kapitaliga nisbatan 0,25 qilib belgilangan; 
-tijorat banklarining bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan ta’minlanmagan kreditining 
eng yuqori miqdori bankning birinchi darajali kapitaliga nisbatan 0,05 dan oshmasligi 
lozim. 
Shuni alohida aytish lozimki, xalqaro amaliyotda bir qarzdorga beriladigan kredit 
riskini kamaytirish maqsadida sinditsiyalashgan kreditlar turidan foydalaniladi. 


306 
Bank kapitalining 10 foizidan oshadigan bitta mijozga beriladigan kreditga yirik 
kredit deb aytiladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bank uchun “Yirik” toifaga kiradigan va bir 
qarz oluvchiga beriladigan kreditlar miqdorini shu qarz oluvchining o‘z mablag‘lari 
miqdoridan oshmaslik tavsiya etiladi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan yirik kreditlarning umumiy miqdori 
ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi regulyativ kapitalga nisbatan 8 barobar qilib 
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqgan. 
Imtiyozli kreditlash Jamg‘armasi hisobidan beriladigan kreditlar “Tijorat banklari 
tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’ektlari, dexqon va fermer xo‘jaliklariga imtiyozli 
kreditlash maxsus jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risida” gi 
2000 yil 19 maydagi nizomiga muvofiq beriladi. 
Tijorat banklarida imtiyozli kreditlash jamg‘armasi bank foydasidan (soliq 
to‘langandan so‘ng), 25 foiz mikdorida ajratmalar o‘tkazish hisobiga shakllanadi. Bunda 
ajratmalarning 85 foizi filial ixtiyorida qoladi. Jamg‘armaga chorakda bir marta, birinchi 
oyining 10 sanasidan kechikmasdan, bank Biznes-rejasida ko‘zda tutilgan choraklik sof 
foydaning rejalangan summasidan ajratmalar o‘tkaziladi. 
Mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolarning va tadbirkorlik 
sub’ektlarining ishchanlik faolligini oshirish uchun ularning moliyaviy mablag‘lar hamda 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonuni 2006 yil 
15 sentyabrda qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan, mikrokredit, mikroqarz hamda 
mikrolizing tushunchalari ifoda etilgan. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi 
tashkilotlar qonunga muvofiq mikromoliyaviy xizmatlarni amalga oshiradilar.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash 
mexanizmini takomillashtirish hamda kredit berish jarayonini imkon qadar soddalashtirish 
va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida qator me’yoriy hujjatlar muvofiqlashtirildi va 
yangi tahrirda yagona, “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit 
liniyalari hisobidan mikrokreditlar tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Kichik tadbirkorlik 
sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida ”gi Nizomlar ishlab chiqildi. 
Bundan asosiy maqsad, banklarda hujjatlar sonini qisqartirish va tadbirkorlar uchun 
kreditlash amaliyotidan foydalanishda qulaylik yaratishdir. CHunki hujjatlar sonining ko‘p 
bo‘lishi, ularni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash jarayonida ma’lum chalkashliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat 
banklari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2344-sonli Qarori qabul qilindi. 
Mazkur Qaror bank tizimi moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, 
tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash va oshirish uchun qulay muhitni yaratish
banklar investitsion faolligini rag‘batlantirish hamda bank faoliyatini umumqabul qilingan 
xalqaro normalar va standartlarga muvofiq yanada yuqori darajalarga ko‘tarishni 
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.


307 
Mazkur Qaror bilan banklar moliyaviy barqarorligi va likvidliligi hamda ular resurs 
bazasini yanada oshirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 
Unga ko‘ra: 
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli Qarori 
bilan tijorat banklariga berilgan, ularning kredit portfelida investitsion kreditlar ulushidan 
kelib chiqqan holda differensiyalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘idan 
imtiyozlarni 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish; 
-
tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
kreditlar berishdan oladigan daromadlari ana shu mablag‘lar mazkur Jamg‘armaning 
resurslarini ko‘paytirishga maqsadli yo‘lantirilgan taqdirda 5 yil muddatga daromad 
solig‘idan ozod qilinishi belgilab berilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida kreditlarni tasniflash O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 14.07.2015 y. №2696-son bilan ro‘yxatga 
olingan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 13.06.20915 
y. № 14/5son bilan tasdiqlangan “tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar 
bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan 
foydalanish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizomga muvofiq olib boriladi. Tijorat banklarining 
aktivlari sifatiga ko‘ra «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» 
toifalarga tasniflanadi.Mazkur Tartibga muvofiq barcha tijorat banklari o‘z aktivlarini 
tasniflash hamda shubhali va harakatsiz aktivlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni qoplash uchun etarli bo‘lgan zaxirani tashkil etishi shart. 
Ayni vaqtda respublikamiz tijorat banklarining kreditlash jarayonini samaradorligini 
oshirish borasida sezilarli muammolar mavjud. Xususan mamlakatimiz bank tizimida 
kreditlash shakllaridan to‘laqonli tarzda foydalanilmayotganligi, mijozlarning kreditga 
layoqatliligi baholash tizimida sezilarli kamchiliklarning mavjudligi tijorat banklari kredit 
siyosatini tadqiq qilishni, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini olib borish asoslarini 
o‘rganishni amaliy materiallarni tahlil qilishni va shu asosda mavjud kamchiliklarni 
aniqlashni, ularni bartaraf qilish yo‘llarini izlab topishni hamda ularni amalda qo‘llagan 
holda banklar tomonidan beriladigan kreditlarning samaradorligini oshirishni ko‘zda 
tutadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish