"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

2-jadval
70
Kreditlarning tasniflanishi 
O’zbekistonda 
Xalqaro bank amalyotida 
70
2011yil 11-sentyabrdagi 632 -sonli “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo’yicha yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish” tartibi 
va internet malumotlari asosida tayyorlandi. 


301 
Kreditlar tasnifi 
Zaxira 
(qaytarilmagan 
asosiy qarz 
summasiga 
nisbatan %) 
Kreditlar tasnifi 
Zaxira 
(qaytarilmagan 
asosiy qarz 
summasiga 
nisbatan %) 
Yaxshi kreditlar 
(davlat kafolati) 

Standart kreditlar 
3-5 
Standart kreditlar (30 
kungacha) 
10 
Substandard 
kreditlar 
35 
Substandard kreditlar 
(90 kungacha) 
25 
Shubhali kreditlar 
50 
Shubhali kreditlar 
50 
Umidsiz kreditlar 
100 
Umidsiz kreditlar 
100 
Mamlakatimiz bank amaliyotida esa zaxiralarning faqat balansdan chiqgan qismi 
ozod etiladi. Balansdan tashqarida hisob yuritiladigan kreditlarga “o’stirilmaslik”
71
maqomi beriladi va ular 5 yilgacha saqlanadi. Ushbu davrda kreditlarning asosiy qarzi 
yoki foizi qaytarilsa, ular daromad sifatida kirim qilinib soliqqa tortiladi.
 
Kreditlar soni bo‘yicha kreditlar quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: 
– yagona bank beradigan kreditlar; 
– sindikatlashgan kreditlar;
– parallel kreditlar. Amaliyotda bir bank tomonidan beriladigan ssudalar keng tarqalgan. 
Biroq ayrim mamlakatlar va integratsion guruhlar iqtisodiyotning rivojlanish imkoniyatiga 
qarab yagona bank imkoniyati yetmaydigan yirik kreditlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa 
banklarni guruhlarga qo‘shilib sindikatlashgan kredit berishga undamoqda. 
Sindikatlashgan kreditda (konsorsium) 2 yoki undan ortiq birlashgan kreditorlar bir 
qarzdorga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank-kreditorlar ma’lum muddatga bo‘sh turgan 
moliyaviy resurslarini kreditlash maqsadida bir obyekt yoki qarzdorga birlashtiradi. Bir 
yoki yetakchi bank-koordinatorlarning katta bo‘lmagan bir guruhi butun sindikat nomidan 
qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi, kerakli summa 
yig‘ishini ta’minlaydi. 
Amaliyotda ikki yoki undan ortiq banklar qarz oluvchiga parallel kreditlar berish 
holatlari ham bo‘lishi mumkin. Sindikatlashgan kreditdan farqli o‘laroq, bu holatda mijoz 
71
2004-yil 24-yanvardagi 1304-sonli “Foizlarni o’stirmaslik” to’g’risidagi Nizomga muvofiq.


302 
bilan har bir bank alohida ish olib boradi, so‘ngra esa umumiy kredit shartnomasini 
tuzadilar. Shunday qilib tijorat banklarining kreditlari qaysi belgilarga qarab tasnifl 
anmasin, ularni berishdan maqsad mijozning mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojini qondirgan 
holda bankka yuqori daromad keltirishni ta’minlashdan iborat.
Kredit shakillaridan (ayrim adabiyotlarda kredit turi deb kiritilgan) biri xalqaro kredit 
hisoblanadi, ushbu kredit shaklining o’zi ham bir necha turlarga bo’linadi va tasnif 
qilinadi. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o'rtasida) amalga 
oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Xalqaro kreditga xalqaro 
miqyosda xarakat qiluvchi kredit munosabatlari to'plashi sifatida qarash zarur. Kreditning 
bu shaklini bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-kredit institutlari, tegishli davlat 
hokimiyati, kredit tash-kilotlari va alohida yuridik shaxslar bo'lishi mumkin. 
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, 
uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to'lovlilik asosida beriladigan 
kredit hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan 
munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo'lishi 
mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 
– qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat tashkiloti va muassasalari, banklar, 
kompaniyalar, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar; 
– qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi 
kapital sifatida ishlatiladi
– qarz beruvchi mamlakatga to'lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat 
aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi. Xalqaro kredit mahalliy kredit 
bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. 
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funktsiyalarni 
bajaradi: 
– mamlakatlar o'rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta'minlaydi; 
– kapitalning kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu 
jarayonni tezlashtiradi; 
– har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini 
qisqartiradi. 
Xalqaro kreditlar xarakteri bo'yicha – davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga
– shakli bo'yicha – davlat, bank, tijorat; 
– tashqi savdo tizimida tutgan o'rni bo'yicha – eksportni kredit-lash, importni kreditlashga; 
– muddati bo'yicha – qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga; 
– ob'ekti bo'yicha – tovar va valyuta; 
– ta'minlanganligi bo'yicha – tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan 
ta'minlangan kreditlarga bo'linadi. 
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy import qiluvchilarga 
xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), 
evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan 
evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo'lgan muddatga, o'zgaruvchan foiz stavkada 
kreditlar berish) kabi turlari mavjud.


303 
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan mamlakatlar 
tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to'lash yoki 
foiz to'lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi. 
Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli – 1 yilgacha (xalqaro 
valyuta fondining kreditlari), o'rta muddatli – 5 yilgacha (Jahon tiklanish va taraqqiyot 
banki) va uzoq muddatli – 20 yilgacha (Evropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar) 
kreditlar berishi mumkin. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy 
tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi yiliga 
7-9% ni tashkil qiladi) arzonga tushadi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki kreditning har bir turning o’ziga xos xususiyati, 
afzalliklari va qulayliklari bor. Endi quyida mamlakatni modernizatsiya qilishda kredit 
munosabatlarini rivojlantirish, uning natijasi va undan kutilayotgan natijalarga to’xtalib 
o’tamiz 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish